Vi bob. Yengil avtomobil-taksilar ishini tashkil etish


Yengil avtomobil-taksilarning to‘xtash joylari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə2/6
tarix15.12.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#75018
1   2   3   4   5   6
6 YENGIL AVTOMOBIL-TAKSILAR ISHINI TASHKIL ETISH (1)

6.2. Yengil avtomobil-taksilarning to‘xtash joylari
Yengil avtomobil-taksilarning ish unumdorligi va ayniqsa yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifati ularning to‘xtab turish joylarini qanday joylashtirilganligiga bog’liq bo‘ladi. Тo‘xtab turish joylarini shunday joylashtirish kerakki, unga buyurtma berilganda mijozni olish uchun yuriladigan masofa 2 km dan ko‘p bo‘lmasin.
Тaksi to‘xtash joy­lari yo‘lovchilarning ko‘p to‘planadigan joylarida, te­mir yo‘l shohbekati, aeroport, teatr, savdo markazi, metro bekatlari va ayniqsa, bozorlar yaqinida tashkil etiladi.
Тaksi to‘xtash joyi sonining ko‘payishi yengil avtomobil-taksining yo‘lovchisiz yurish masofasini va buyurtmaga yetkazib berish vaqtini kamaytiradi.
Yengil avtomobil-taksi to‘xtash joyi quyidagi belgilariga qarab ajratiladi:
- joylashuv joyiga qarab – shahar, shahar atrofi, bozor yonidagi va h.k.;
- doimiy yoki vaqtinchalik (faqat ma’lum soatlarda) to‘xtash joylari;
- yo‘l yoqasidagi, yarim cho‘ntak yoki to‘liq cho‘ntak to‘xtash joylari;
- yer ostida, yer bilan bir sathda, yer ustida;
- bir qavatli yoki ko‘p qavatli;
- parallel, burchaksimon, perpendikulyar va h.k.
Bir paytda to‘xtab turishi zarur bo‘lgan taksilarning soni, ularga bo‘lgan talabni o‘rganish orqali aniqlanadi.
Тaksilarning to‘xtash joyini joylashtirishda va ularda harakatni tashkil etishda birinchi galda O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g’risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan talablar bajarilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Buning uchun taksilarning to‘xtash joylari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda yo‘l chiziqlari va belgilari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.


6.3. Yengil avtomobil-taksilar ishining texnik-ekspluatatsion korsatkichlari
Тaksi saroylarining ishini (avtobus saroylari kabi) rejalashtirish va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Тaksilar ishining miqdoriy ko‘rsatkichlariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- haq to‘lanuvchi masofa, qatnovlar soni, pullik kutib turish vaqti;
- tashishdan olingan daromad.
Sifat ko‘rsatkichlariga avtomobil-taksilarning ishga chiqish, texnik tayyorgarlik, pullik yo‘ldan foydalanish koeffisiyentlari va boshqalar kiradi.
Avtomobilning texnik tayyorgarlik koeffisiyenti:
a) saroyning bir kunlik texnik tayyorgarlik koeffisiyenti:
(6.3.1)
bu yerda: Att texnik tayyor taksilar soni, avt; Ar – ro‘yxatdagi taksilar soni, avt.
b) taksi saroyining ma’lum bir kalendar kunlari uchun texnik tayyorgarlik koeffisiyenti:


(6.3.2)
bu yerda: ArKtt – texnik tayyor avtomobil-kunlar soni; ArKk – ro‘yxatdagi avtomobil-kunlar soni.
Avtomobilning ishga chiqish koeffisiyenti:
a) saroyning bir kunlik ishga chiqish koeffisiyenti:
(6.3.3)
bu yerda: Aish – ishdagi avtomobillar soni; Ar – ro‘yxatdagi avtomobillar soni.
b) taksi saroyining ma’lum bir kalendar kunlari uchun ishga chiqish koeffisiyenti:
i.sh= AKish / AKk (6.3.4)
bu yerda: AKish – ishdagi avtomobil-kunlar soni; AKk ro‘yxatdagi avtomobil-kunlar soni.
Avtomobilning kunlik bosib o‘tgan masofasi. Avtomobilning kunlik bosib o‘tgan masofasi quyidagicha aniqlanadi:
lkun = lpul + lbosh + lbosh.pul, (6.3.5)
bu yerda: lpul – haq to‘lanuvchi bosib o‘tilgan masofa, km; lbosh – bo‘sh, lekin pullik yurilgan masofa (buyurtma bo‘yicha), km; lbosh – bo‘sh, ya’ni pulsiz yurilgan masofa, km.
yoki:
(6.3.6)
bu yerda: pul – pullik bosib o‘tilgan yo‘ldan foydalanish koeffisiyenti.
Pullik masofa:
lpul = lpul + lbosh.pul (6.3.7)
bu yerda: lbosh.pul – yo‘lovchisiz bo‘sh, lekin pul to‘lanadigan masofa (buyurtma bo‘yicha), km.
Haq to‘lanuvchi qatnovlar bir-ikki yo‘lovchi bilan 70-75% ni, uch yo‘lovchi bilan 15-20% ni, to‘rt yo‘lovchi bilan 5-10% ni tashkil etadi.
Haq to‘lanuvchi masofadan foydalanish koeffisiyenti. Haq to‘lanuvchi masofadan foydalanish koeffisiyenti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
(6.3.8)
O‘rtacha tashish masofasi:
lort= lpul/nqat (6.3.9)

bu yerda: nqat – qatnovlar soni.


Qatnov – yo‘lovchi avtomobilga o‘tirganida taksometrni ishga tushirishlar sonini ifodalaydi.
Тaksining ishda bo‘lish vaqti. Тaksining ishda bo‘lish vaqti – transport vositasining ishdan qaytish vaqtidan ishga chiqish vaqtini va tushlik vaqtlari miqdorlarining ayirmasidan iborat bo‘ladi.
(6.3.10)
bu yerda: - avtomobilning avtosaroyga qaytish vaqti, soat; - avtomobilning avtosaroydan chiqish vaqti, soat; - tushlik vaqti, soat;
Daromad.
(6.3.11)
bu yerda: 1 km uchun tarif, so‘m qatnovlar soni, ta; 1 qatnov uchun tarif, so‘m; haq to‘lanuvchi kutish vaqti, so‘m; 1 soat haq to‘lanuvchi kutish vaqti uchun tarif , so‘m.
Тashilgan yo‘lovchilar hajmi. Yengil avtomobil taksilarda tashish hajmi shaharning rivojlanish darajasiga, joylashish hududiga, aholi soniga va aholining transportda harakatlanuvchanligiga bog’liq bo‘ladi.
Yengil avtomobil-taksilarga bo‘lgan talabni o‘rganish va tak­silarda bajarilishi mumkin bo‘lgan tashish hajmini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlari o‘rganib chiqilib tahlil qilinadi.
Shahar va shahar atrofida ishlaydigan taksilardagi tashishlar hisob-kitoblari alohida yuritiladi.
Bir avtomobil taksida tashilgan yolovchilar soni:
(6.3.12)
bu yerda: qa – taksining yo‘lovchi sig‘imi, yo‘lovchi; – taksining yo‘lovchi sig‘imidan foydalanish koeffisiyenti.
Avtomobil-taksining bir yilda tashigan yolovchilari soni:
Qyil = Qkun ∙ Kki.ch. (6.3.13)
bu yerda: Kk – yillik kalendar kunlar soni; i.ch. – ishga chiqish koeffisiyenti.
Avtomobil-taksilarning ortacha soni:
(6.3.14)
bu yerda: Qreja- taksomotorda reja bo‘yicha tashiladigan yo‘lovchilar soni.
Atomobil-taksilarning yillik haq tolanuvchi bosib otgan masofasi:
Lpul = AKish ∙ lpul (6.3.15)
bu yerda: AKish – avtomobillarning ishda bo‘lish kunlari soni.
Avtomobil taksilarning bir yillik umumiy bosib otgan masofasi:
Lumum= AKish ∙ lkun (6.3.16)
Yillik qatnovlar soni:
(6.3.17)



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin