Vi. Ma'Ruzalar kursi fanni o`qitish tеxnologiyasi: 1- “manbashunoslikning prеdmеti va vazifalari” mavzusi bo`yicha ma'ruza darsining tеxnologik xaritasi



Yüklə 212,17 Kb.
səhifə36/42
tarix12.05.2023
ölçüsü212,17 Kb.
#112415
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
portal.guldu.uz-MANBAShUNOSLIK

Birinchidan, istiqlol yillarida O'zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o'ziga xos nufuzga ega bo'ldi. U o'zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko'rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og'ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o'tish davrining o'ziga xos murakkabliklari mavjud bo'lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g'oyalar ta'sirida bo'lgan aholining talab-ehtiyojlarini o'z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat'iyatlikni talab etadi. O'zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat'iyatni ko'rsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo'lgan qonun ustivorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta'minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlarning Prezident 1.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to'la tan olindi.
To'rtinchidan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o'zgartirish, uni jahonning eng ilg'or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo'li tutildi. Bu O'zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o'rtasida eng to'g'ri yo'l tanlaganini ko'rsatdi.
Beshinchidan, O'zbekiston hukumatining islohotchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an'analari bilan uyg'un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilishi kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo'lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg'un holda dunyoga keldi. Bugungi O'zbekistonning tom ma'noda ma'naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg'unligi natijasidir.
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, o'tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o'rni yana ham yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Chunki, bu paytda hali ma'lum bir siyosiy tuzum, siyosiy qatlam va jamiyatni yo'naltiradigan oqim shakllanmagan, qarashlar bir o'zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo'lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o'z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. O'zining iymon-e'tiqodini, taqdirini u bilan bog'laydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o'tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koiamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog'lanib ketgan. Xohlaymizmi-yo'qmi, davlat arbobining siyosiy qiyofasi o'tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida Bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o'rnashgan bo'ladi. Demak, mustaqillik davri tarixini o'rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy bog'langanligini yaqqol ko'ramiz va uni sahifalarga aynan ko'chirishga intildik. Tarixiy haqiqat ham, hayotiy va ilmiy haqiqat ham shuni taqozo etadi.
Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni o'rganish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yoshlarni tarixiy an'analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko'maklashadi.



Yüklə 212,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin