Vi-semestr 5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud



Yüklə 299 Kb.
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü299 Kb.
#195759
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-MA`RUZA MASHG`ULOTI

Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:
faoliyatda mashq qilish;
kun tartibi mashqlari;
maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va o'zaro munosabatni yo'lga qo'yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog'liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanish odatiga o'rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq ko'nikma va malakalarini hosil qiladi, mustahkamlaydi.
Topshiriq o'quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida qo'llaniladigan usul. O'quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O'quvchilar o'z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas'uliyatni his etishga o'rganadilar. Mehnat qilish o'quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o'quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma'lum harakatlarni rag'batlantiruvchi yoki to'xtatuvchi hamda o'quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo’lishi mumkin.
Rag'batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko'nglini ko'tarish va uni qo'llab-quvvatlash usulidir. O'qituvchi har bir o'quvchi shaxsida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarni anglay olishi zarur. Shundagina o'quvchi o'zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o'z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo'ladi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u jamoada o'z o'rniga ega. O'qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi uchun rag'batlantiruvchi usullardan foydalanadi. O'quvchining yanada ijobiy sifatlarga ega bo'lishga intilishiga yordam beradi. Maktablar tajribasida rag'batlantirishning quyidagi turlari qo'llaniladi:


Rag’batlantirish

O’quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklash

Maqtash (ota-onalar hamda o’quvchilar jamoasi)



Maqtov yorlig’i bilantaqdirlash



Estalik sovg’asini berish (badiy kitob va o’quv qurollari)



Fotosuratini hurmat taxtasiga qo’yish



Maxsus stipendiyalar tayinlash

Jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish



Qo’llab-quvvatlash

Safda birinchi o’rinda turish



Musoboqalarda bayroqdor bo’lishi



Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish





Yüklə 299 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin