Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə24/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
yozma ishlar

Epistolyar janr (maktub janri) kundalik yozishmalar orqali shakllantiriladi.
Maktublar asar qahramonlariga o‘z ichki olamini ochishga imkon beradi. Bundan tashqari, maktublar fikrning asosliligi, ma’lumotning to‘g‘riligiga, ishonchli ekanligiga, haqqoniyligiga zamin yaratadi. Maktub shakli o‘zbek adabiyotida doston, romanlar va qissalarda uchraydi. Epistolyar janrda insho yozishda qahramonlar tilidan hikoya qilish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday yondashuv matnni talqin qilishni murakkablashtiradi.
Epistolyar janrda insho yozuvchilarga eslatmalar:
- mavzu shakllantiriladi, qahramonlar, yozishmalar mualliflari aniqlanadi;
- maktub muallifi nomidan xabar beriladi, uning fikrlari, qarashlari, taassurotlari ifodalanadi;
- insho matni muayyan uslubda bayon etiladi.
Rivoyat-insho ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llanadi. Inshoning bu turi tasviriy inshodan mazmunan bir-biriga bog‘liq voqea-hodisalar haqida fikr yuritilishi bilan farq qiladi. Shuning uchun bu insho “kichik hikoya”, deb ham yuritiladi.
Ertak-insho ham ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llanadigan insho turlaridandir. Ertak-insho muallifning xayolot dunyosini tasvirlash imkonini beradi.
Yuqorida keltirilgan adabiy janrlarning xususiyati insho belgilarini aks ettirgani bois insho deb nomlangani ko‘rinib turibdi. Insho termini semantik jihatdan torayib, faqat ta’lim jarayoni va tanlovlarda o‘tkaziladigan yozma ish turini ifoda etadi.
Pedagogik maqsadiga ko‘ra inshoslar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:

  1. Ta’limiy insholar.

  2. Nazoratga qaratilgan insholar.

  3. Ko‘rik-tanlov insholari.

Insholarning asosiy qismini ta’limiy insholar tashkil etadi. Bunday insholar, asosan, o‘qitishga qaratilgan, o‘rgatishni maqsad qilgan insholardir. Til hodisalaridan amalda foydalanishga o‘rgatish, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish kabi zarur malakalar, asosan, ta’limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu insholarning qoralama va oq nusxalari bo‘lmaydi. Ular, odatda, o‘quvchilarning mashq daftarlarida bajariladi. Shuning uchun matndagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan shartli belgilardan o‘quvchi o‘z inshosida bemalol foydalanishi mumkin.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin