Vi semestr uchun o’quv materiallari 1-Mavzu: Diktant va uning turlari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə23/98
tarix05.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#152405
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98
yozma ishlar

Tasviriy insholar – turmushdagi narsa-buyumlar, hayotdagi voqea-hodisalar, insonlar, jamiki jonli va jonsiz mavjudotning muhim belgilari, xususiyatlarini yoritishga mo‘ljallangan insholardir. Inshoning bu turi uch ko‘rinishga ega: 1) oddiy tasvir; 2) ilmiy tasvir; 3) badiiy tasvir.
Oddiy tasvir – hammaga tushunarli bo‘lgan ifoda shaklidir. O‘quvchi narsa, buyum, voqea-hodisani oddiy so‘zlar bilan, hammaga tushunarli bo‘lgan shaklda bayon qiladi. Bunday inshoda tasvirlanayotgan narsa-hodisaning hamma belgilari ketma-ketlikda ko‘rsatiladi, unda muallifning munosabati ifodalanmaydi hamda badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi.
Ilmiy tasvirda turmushdagi narsa-buyum, voqea-hodisalarning eng muhim belgilari aniq dalillar asosida qat’iy ravishda mantiqiy izchillikda beriladi. Masalan, suv, paxta, quyosh v.h.larning ilmiy tasviri kabi.
Ilmiy tasvirda aks ettirilayotgan narsa-hodisa nomi, qo‘llanish doirasi, nimadan tayyorlanganligi, qanday qismlardan iboratligi, shakli, hajmi ko‘rsatiladi.
Badiiy tasvirda narsa-hodisalarning hamma belgilari emas, balki muallif uchun muhim va aniq bo‘lganlarigina ajratib ko‘rsatiladi. Bunday tasvirda o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish kabi vositalardan, badiiy so‘z va iboralardan bemalol foydalana oladi.
Tasviriy insho o‘quvchi tomonidan yaratilgan mustaqil, kichik hajmli badiiy, ijodiy asardir.
Tasviriy inshodan kundalik, oraliq nazoratlarda unumli foydalanish o‘quvchilarning nutqini o‘stirish, ayniqsa, badiiy tasvir vositalarini o‘rinli qo‘llash uchun keng imkoniyat yaratadi.
Kundalik – birinchi shaxs tilidan hikoya qilinuvchi asar bo‘lib, muallif o‘z hayotidagi u yoki bu hodisa haqida yozishi mumkin. Badiiy adabiyotda qahramonlarning kundalik qaydlari uchraydi, bunday o‘rinlarda kundalik badiiy nasrning bir janri sifatida yuzaga chiqadi. Kundalik mavzuni tanlashda erkinligi, keng kompozitsion imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Fikr va taassurotlarni erkin ifodalash, shuningdek, qahramonning xarakterini to‘la va atroflicha ochib berish, qalbidagi nozik hislarni yetkazishda ham qulaylik tug‘diradi.
Kundalik janrida muallifga namunaviy eslatmalar, mavzuni shakllantirish, maqsadni aniqlash muhimdir. Kundalikda hodisalar to‘la, chuqur va obyektiv ravishda yoritiladi, dalillar izohlanadi, insonlar xarakteri, ularning xatti-harakatlari ochib beriladi; mustaqil fikr, qarashlar, taassurotlar ifodalanadi; kerakli uslub tanlanadi.
Kundalik janrida insho yozuvchilarga eslatmalar:
- insho mavzusi shakllantiriladi;
- maqsad aniqlanadi:
- o‘quvchiga ma’lum informatsiya beriladi;
- o‘quvchi qalbida muayyan tuyg‘ularni uyg‘otishga harakat qilinadi;
- yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish rejalashtiriladi;
- salbiy illatlarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi;
- faktik ma’lumotlar va voqea-hodisalar ifoda etiladi;
- voqea- hodisalar tavsiflanadi;
- bildirilgan fikr-mulohazalarga munosabat ifodalanadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin