Shahar yo‘lovchi transportining munitsipal boshqaruv organi subsidiyalar miqdorini belgilashda transport korxonalarining o‘zlari tomonidan yo‘lovchi tashishdan ko‘rgan zararlari miqdori to‘g’risidagi ma‘lumotlarga amal qilishga majbur bo‘ladi. Natijada ikkita muammo yuzaga keladi:
Imtiyozli toifadagi yo‘lovchilarni tashish hajmini hisoblashning mavjud metodologiyasining nomukammalligidan foydalangan holda, korxonalar yo‘lovchilarni tashish bilan bog’liq har qanday yo‘qotishlarni nazariy jihatdan asoslashlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda 6170,8 mln. kishi yo’lovchi tashilgan bo‘lib, uning asosiy qismi avtomobil trarsporti orqali amalga oshirilgan. Yo’lovchi aylanmasi 2022 yilda 144,7 mlrd. yo’lovchi kilometrni tashkil qilib, 2000 yilga nisbatan 4,7 marta oshgan. Temir yo’lda yo’lovchi aylanmasi 2000-2022 yillarda 60,8 foizga, avtomobilda yo’lovchi aylanmasi 5,5 barobarga oshgan. Metropolitenda yo’lovchi aylanmasi 2022 yilda 1 mlrd. yo‘lovchi-kmni tashkil qilib, 2000 yilga nisbatan 10,8 foizga o‘sgan xalos. Ammo mitropoliten yo’lining uzunligi 2 barobarga oshgan.
Munitsipalitetlarning ma‘muriyatlari korxonalar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning haqiqiy miqdorini va shunga mos ravishda shahar byudjetlarining umumiy nomutanosibligi sharoitida yo‘qotishlarni aniqlay olmay, byudjet subsidiyalari miqdorini kamaytiradi.
Amaldagi moliyalashtirish mexanizmi shahar yo’lovchi tashish korxonasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va korxona boshqaruvi samaradorligidan qat‘iy nazar, shahar byudjeti hisobidan shahar yo’lovchi tashish korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Natijada shahar yo’lovchi tashish korxonalari o‘z faoliyatining real samaradorligini oshirishdan, shuningdek, yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdan manfaatdor emas.