Transaktsiya xarajatlari: iqtisodiyot sektorlari bo’yicha qiyosiy tahlil
Transaktsiya xarajatlari turi
|
Rasmiy sektor
|
Xufiyona sektor
|
Izoh
|
1. Tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziya olish
|
+
|
-
|
Norasmiy ishlab chiqarish
|
2. Yergaeegalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqini qo’lga kiritish
|
+
|
-
|
Noqonuniy qurilish
|
3. Tegishli qonunlar va normativlarni bilish va ularga amal qilish
|
+
|
-
|
Xufiyona iqtisodiyotning o’yin qoidalariga amal qilish
|
4. Soliqlarni to’lash
|
+
|
-
|
|
5. Kredit olish
|
+
|
+
|
Kredit imtiyozli shartlarda beriladi
|
6. SHartnomalar shartlarining bajarilishini nazorat qilish tizimi
|
+
|
+
|
Bitimlarni noiqtisodiy nazorat qilish
|
Jami
|
6+
|
2+
|
|
Mazkur jadval shuni yaqqol ko’rsatib turibdiki, iqtisodiyotning xufiyona sektorida aksariyat pozitsiyalar bo’yicha faqat tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda transaksiya xarajatlari rasmiy iqtisodiyotga qaraganda ancha past(6+/2+). Masalan, yerga egalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqlarining noqonuniy qo’lga kiritilishi imorat soluvchilar uchun bepulga tushmaydi, lekin barcha rasmiy tartib-qoidalar va ushbu transaksiyani amalga oshiruvchi instansiyalar, sarflangan vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda nolegitim yo’l ayrim subyektlar uchun ancha oson va foydali bo’lib chiqadi. CHunki xufiyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan o’tib bo’linmas to’siq bilan ajralmagan, ko’pchilik xo’jalik yurituvchi subyektlar transaksiyalarni xufiyona sektor yordamida amalga oshirish mumkin.
SHularni inobatga olganda norasmiy sektor faoliyatini cheklash nafaqat qonunchilikni takomillashtirish, balki tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun sarflanadigan transaktsiya xarajatlarini ham qisqartirib berish muhim ahamiyatga ega.
SHuni ham ta’kidlash kerakki, qonunlarga itoat etish “bahosi” to’g’ridan- to’g’ri pul xarajatlarinigina emas, balki u yoki bu protseduralarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni ham o’z ichiga oladi. Aynan shu holat ko’p hollarda xufiyona faoliyat yuritish uchun asosiy sabab bo’ladi. Bu yerda muqobil qarorni izlash natijasida iqtisodiyot sub’yektlari davlat ishtirokisiz, ya’ni xufiyona faoliyat olib borish yo’lini tanlaydilar.
Demak, olimlarning fikricha, qonunga itoat etishning yuqori bahosi bilan xufiyona iqtisodiyot o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud. Lekin yashirin tarzda faoliyat olib borish ham katta sarf-xarajatlar bilan bog’liq. Xufiyona faoliyat olib boradigan xo’jalik sub’yektlari xarajatlarning ba’zi turlarini tejagan hollarida, boshqa, ba’zi holatlarda ko’proq xarajatlarni qilishga majbur bo’ladilar. Jumladan:
- huquqiy sanksiyalardan bosh tortish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ( soliq va boshqa moliyaviy sohalarda maslahatchilar xizmatiga haq to’lash, reklama qilish imkoniyatlari chegaralanganligi natijasida yo’qotilgan foyda, “ikki xil” buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog’liq xarajatlar);
- soliq va ish haqiga qo’shimchalar to’lashdan qochish. Daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta va pensiya fondlariga majburiy to’lovlardan qochish korxonaga ish haqiga sarflanadigan mablag’larni tejab qolish imkonini beradi, lekin mehnatni kapital bilan qoplash, texnik jihatdan qayta qurish, mehnat unumdorligini oshirishga bo’lgan rag’batni pasaytiradi.
- qonun tomonidan mustahkamlangan mulk huquqining yo’qligi bilan bog’liq xarajatlar. Odatda mulkka egalik qilish huquqi an’anaviy ijtimoiy kelishuv asosida belgilanadi va mustahkamlanadi. Xufiyona faoliyatda esa kelishuvlar, odatda, og’zaki tuziladi. Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, davlat iqtisodiyotning ochiq sektorida transaksion xarajatlarni pasaytirish orqali xo’jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini amalga oshirgan taqdirda, ularda qonunga bo’ysunishga rag’bat uyg’onadi.
Iqtisodchilar xufiyona iqtisodiyot kelib chiqishining iqtisodiy sabablarini bozor xo’jaligi doirasida raqobat muammosi bilan bog’lash mumkin, degan fikrni bildiradilar. Ular xufiyona iqtisodiyotni nomukammal raqobatning bir shakli sifatida ko’rish kerak, deb hisoblaydilar. Mukammal bozor munosabatlari shakllanib va rivojlanib borgani sari sog’lom raqobat xufiyona iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning isbotini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko’rish mumkin. Ularda xufiyona iqtisodiyotning ulushi rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.
Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas ekan, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas ekan, xufiyona iqtisodiyot xunuk ko’rinishlarga ega bo’lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyatsiya va valyuta kurslarining keskin o’zgarib turishi, bozor xo’jaligida muvozanat buzilgan sharoitda shiddat bilan kengayib boradi.
Xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining keyingi guruhiga ijtimoiy omillar kiradi. Hozirgi kundagi jamiyatda bir qator ijtimoiy muammolar mavjud bo’lib, ulardan biri jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishidir. Bu bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan jarayon bo’lib, muammoni hal etishga bo’lgan urinishlar aksariyat jamiyatlarda muvaffaqiyatsiz bo’lmoqda. Jamiyatning tarkibiy tuzilishi xufiyona iqtisodiyot ishtirokchilarining potensial sonini belgilaydi. CHunki, aholining kam ta’minlangan va boshqa guruhlari xufiyona sektor doirasiga ko’proq tortiladi.
Xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining yana bir guruhiga huquqiy omillar kiradi. Bu tadbirkorlikning huquqiy bazasini takomillashmaganligi bilan bog’liqdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham tadbirkorlikning huquqiy bazasini rivojlanishi iqtisodiy jarayonlardan orqada qoladi. Bozor xo’jaligidagi o’zgarishlar bilan mavjud huquqiy baza o’rtasidagi ziddiyatlar xufiyona iqtisodiyot subyektlari uchun huquqiy sohadagi kamchiliklardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Uy xo’jaliklari muhim sektor sifatida huquqiy me’yorlar bilan emas, asosan amaliyotda shakllangan urf-odatlar va an’analar bilan tartibga solinadi. Davlat ushbu sektorda amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlarni nazorat qilishi imkoniyatiga ega bo’la olmaydi.
Qonunlar ham xufiyona faoliyat turlariga nisbatan turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi holatlarda yirik korporatsiyalar o’zlarining moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda qonun chiqaruvchilarga tazyiq o’tkazishlari va ma’lum ijtimoiy guruhlar manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishiga harakat qilishlari mumkin.
Xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining boshqa bir guruhiga ma’naviy omillar kiradi. “Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva”, deb nomlangan darslik mualliflarining fikricha, ushbu omillar tadbirkorlik faoliyatining ma’naviy asoslarini zaifligi bilan belgilanadi. Ularning ta’kidlashlaricha, qonunlar ma’lum davrning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini o’zida aks ettiradi. Lekin aynan qonunlar orqali amalga oshiriladigan davlat manfaatlari ko’p hollarda jamiyatning ko’pchiligi manfaatlariga mos kelavermaydi, ayrim holatlarda esa ularga zid bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlikning ma’naviy asosi keng bo’lib, ko’p hollarda xo’jalik huquqidan ham muhimroqdir. Yuqorida nomi keltirilgan darslik mualliflari misol tariqasida Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning natsistlar rejimi bilan xufiyona operatsiyalar o’tkazgan shveytsar banklari faoliyatini keltiradilar. Rasmiy tomondan olib qaraganda bunday faoliyat qonunga zid bo’lmagan, lekin jahon hamjamiyati oldida bu banklar oddiy ma’naviy-ahloqiy tamoyillarni oyoq osti qilganlar. Mana shunday bahoni Germaniyaning yirik korporatsiyalari faoliyatiga ham berish mumkin. Ular ham Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan bosib olingan hududlardagi minglab kishilarning mehnatidan foydalanganlar. Ayni paytda, deb yozadilar darslik mualliflari, hozirga kelib mana shu korporatsiyalar, bir paytda jamiyatning ma’naviy – ahloqiy tamoyillarni buzganliklarini tan olgan holda, kishilarga kompensatsiya to’lamoqdalar15.
Darslik mualliflari ushbu guruh sabablari doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining roliga alohida to’xtalib o’tganlar. Bozor xo’jaligi tizimining murakkablashuvi natijasida davlatning bir o’zi xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurasha olmaydi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarni tekshirish va fosh etish davlatga xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashda katta yordam bo’lishi mumkin.
Aynan fuqarolik jamiyati institutlari davlat hokimiyatini ochiq va shaffof faoliyat olib borishga undaydilar. Fuqarolik jamiyati institutlari rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, davlatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatining ochiqligi Korruptsiya hamda hukumat organlari bilan biznes o’rtasidagi xufiyona operatsiyalarni oldini olishning muhim kafolati bo’lib hisoblanadi.
Va nihoyat, xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining oxirgi guruhiga siyosiy omillar kiritiladi. Ushbu omillar siyosiy tizimdagi ziddiyatlar oqibatida yuzaga keladi. Bunda eng muhim, prinsipial masalalardan biri hokimiyat bilan yirik kapital o’rtasidagi munosabatlar masalasidir. Ma’lumki, ularning birlashishi har narsaga qodir bo’lgan oligarxiyani shakllantiradi. Bu xufiyona iqtisodiyotga sifat jihatdan yangi belgilar beradi16.
Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari bilan olib borilayotgan davlat siyosati o’rtasidagi qarama–qarshiliklar ham xufiyona iqtisodiyotning shakllanish jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’tgan asrning 20-yillarida AQSHda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qonun yo’li bilan taqiqlab qo’yilganligi natijasida xufiyona alkogol biznesi rivojlanib ketgan. 80-yillarda shunday holat SSSRda ham takrorlangan. 1960-yillarda Hindistonda hukumat qarori bilan past probali tilla bilaguzuklar ishlab chiqarish taqiqlanganligi bois, qisqa vaqt ichida xufiyona iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60 foizga yetgan. Hindiston xukumati o’ylamasdan qabul qilingan qarorni bekor qilganidan so’ng iqtisodiyot normal holatiga qayta boshlagan17.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, ta’kidlash kerakki, xufiyona iqtisodiyot tovar- pul munosabatlari paydo bo’lgan davrdan boshlab shakllanib va rivojlanib, ochiq iqtisodiyot bilan parallel faoliyat ko’rsatib kelgan. Ayni paytda uning miqyoslari turlicha bo’lgan. SHundan kelib chiqib uni o’rganishga bo’lgan yondashuvlar ham xilma-xil bo’lgan.
Tadqiqotchilarning katta bir qismi xufiyona faoliyat va xufiyona iqtisodiyotni o’rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar (8 – rasm). Ushbu yondashuv tarafdorlari xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda qonunning buzilishini asosiy mezon qilib oladilar. Xufiyona iqtisodiyotni ikkiga ajratadilar: kriminal («qora») va nokriminal («kul rang»). Bunda biror bir faoliyatni davlatdan yashirish faktini ikki turdagi motiv bilan bog’liq, deb hisoblaydilar. Birinchisi, xo’jalik subyektlarining o’z harajatlarini kamaytirish (birinchi navbatda soliq to’lashdan bosh tortish hisobiga) bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi faoliyatning noqonuniy ekanligi bois uni to’xtatib qo’yilishidan hadiksirash bilan bog’liq.
SHunday qilib nokriminal («kul rang») iqtisodiyotda daromadlar (yoki xarajatlar) yashiriladi, kriminal («qora») iqtisodiyotda faoliyatning o’zi yashiriladi. O’z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik.
Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan huquqiy yondashuv18
Xufyona iqtisodiyot
Nokriminal («kul rang»)
Ноқонуний иқтисодий фаолият
Iqtisodiy jinoyatchilik
Kriminal («qora»)
Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan huquqiy yondashuv19
Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes ko’rinishida tashkil etilgan, qonun yo’li bilan taqiqlangan faoliyat turlarini kiritish mumkin. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- qurol ishlab chiqarish va sotish;
- narkobiznes;
-qimor o’yinlari;
-kontrabanda;
-fohishabozlik va b.
Iqtisodiy jinoyatlar iqtisodiy sohadagi jinoyatlar bo’lib, ular ishlab chiqarishga bevosita aloqasi bo’lmagan va g’arazli maqsadlarni ko’zlab qilingan iqtisodiy jinoyatlardir (ular yaratilgan qiymatni qayta taqsimlash sohasida amalga oshadi):
G’arazli maqsadlarda xizmat mansabini suiste’mol qilish (poraxo’rlik);
firibgarlik
o’g’rilik
ta’magirlik (reket) va b.
Yu.N.Popov va M.E.Tarasovlarning yozishicha, kriminal iqtisodiyotning ushbu turi iqtisodiyotga bevosita tegishli bo’lmay, jinoyatchilikning bir turi hisoblanadi. Lekin shu bilan birga iqtisodiy jinoyatchilik katta iqtisodiy zarar keltiradi va aynan shuning uchun ham kriminal iqtisodiyotning bir qismi sifatida qaraladi.
Bundan tashqari, xufiyona iqtisodiyot sohasi o’zining yuqori daromadliligi va subyektlarining huquqni himoya qilish organlariga murojaat qila olmasliklari bois, iqtisodiy jinoyatchilik uchun yaxshi muhit bo’lib hisoblanadi. Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan statistik yondashuv xufiyona iqtisodiyotni rasmiy statistikadan yashrilgan faoliyat sifatida tavsiflaydi (9-rasm). Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot bo’lsa, yashirin yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi bo’lib hisoblanadi.
Real xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar davlat organlaridan ongli ravishda, ataylab yashirilishi yoki milliy statistika tizimida qamrab olinmasligi mumkin. Bundan tashqari soxta iqtisodiyot ham mavjud bo’lib, unda faoliyat faqat qog’ozda amalga oshiriladi.
Statistik hisob-kitoblardan tadbirkorlik faoliyatining turli elementlari to’g’risidagi ma’lumotlar yashirilishi yoki ongli ravishda ma’lumotlarni buzib ko’rsatilishi mumkin:
-korxonani yashirish (ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki litsenziya olmasdan xo’jalik faoliyatini amalga oshirish);
- xo’jalik operatsiyalarini yashirish ( ularni shartnoma va hisobotlarda aks ettirmaslik);
- ishchi kuchini yashirin ravishda yollash (ishchi kuchini mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmasdan yollash); mehnat sharoitlari to’g’risidagi ma’lumotlarni (ish haqi, pensiya va sug’urta to’lovlari, texnika xavfsizligi, ish vaqti va b.) buzib ko’rsatish;
- daromadlarni yashirish (soliq to’lashdan qochish).
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarni muhim ekanligini tan olgan holda, “Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva” darsligining mualliflari xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvdan foydalanish zarur, degan fikrni bildiradilar.
Mana shunday yondashuv zarurligini asoslagan holda, darslik mualliflari rasmiy-huquqiy yondashuv xufiyona iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib bera olmaydi va bu o’z navbatida davlat va jamiyatning unga ta’sir ko’rsatishda qo’llaniladigan vositalarini chegaralanishiga olib keladi, degan fikrni bildiradilar20.
12 – rasm. Xufiyona iqtisodiyotning iqtisodiy faoliyat sohalari bo’yicha tasniflanishi
Ularning fikricha, bunday yondashuv, yuqorida keltirilgan yondashuvlarga xos bo’lgan belgilarga ega bo’lish bilan birga, ulardan muhim xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Ushbu yondashuv quyidagi mezonlar guruhini o’z ichiga oladi:
- huquqiy;
- statistik;
- iqtisodiy;
- ijtimoiy;
- ma’naviy.
Xufiyona iqtisodiyotni tasniflash uchun yana bir nechta aniq mezonlar taklif etadilar. Xufiyona iqtisodiyotning subyektlari bo’yicha, faoliyatning maqsad va motivlari bo’yicha, oqibatlari va zarar miqyoslari bo’yicha, davlatning javobgarlik darajasi bo’yicha, aholining munosabati bo’yicha mezonlar orqali tasniflashni taklif etadilar.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, tadbirkorlikning tarkibidan, mulk shakllaridan, keltiradigan zarar miqyoslaridan kelib chiqqan holda xufiyona iqtisodiyotni tasniflash ham ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. Ularning fikricha, xufiyona iqtisodiyot agentlari (qatnashchilari) orasida eng ko’p sonligi kichik biznes bo’lsa, ijtimoiy va iqtisodiy zarar keltirishi bo’yicha shubhasiz yirik kapital (oligarxlar) birinchi o’ringa chiqadi.
Demak, xufiyona faoliyatni oldini olish va uni ochiq faoliyatga aylantirish mamlakat iqtisodiyotining xavfsizligini ta’minlaydi, barqaror iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |