I.Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash.
O’qituvchi: Sinfda kim navbatchi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Ustozimga yordamchi,
Pok tutaman xonani
Hamda yozuv taxtani.
Ustozimiz shod bo’ling
Bugun hamma shu yerda
Darsingizni miriqib
Eshitish umidida.
O’qituvchi: Endi sinfdagi o‘quvchilar bilan tanishib olamiz.,,Zanjir“o‘yini orqali o’quvchilar ismlarining bosh harfi bilan boshlanadigan sifatlarini aytadilar.
O’quvchilar: Ahrorbek-a’lochi, Madina-mehnatkash, Saida-sadoqatli, ........
O’qituvchi: Sizlarga savol beraman, javobini aytasiz.
1-savol.Kechqurun yo’llarimizni yoritib turuvchi osmon jismi? ( Oy) 2-savol.Hamma insonlar uning uvog’ini ham ko’zga surtib qadrlaydigan ne’mat? (Non) 3-savol.Inson tug’ilganidan keyin ilk bor eshitadigan onalar qo’shig’i? (Alla) 4-savol. So’zlarni talaffuz qilganimizda faol ishtirok etuvchi nutq organlaridan biri?(Til) 5-savol.Insonni Yuksaklikka ko’taruvchi narsa? (Ilm) 6-savol. Issiqxonlarda yetishtiriladigan meva? (limon) 7-savol.Insonni eng yaqin sodiq do’sti hisoblanuvchi hayvon? ( It) 8-savol.Bizning vatanimiz qayer?(Ozbekiston) 9-savol.Bizning viloyatimiz qayer?(_______________ shahri) 10-savol.O’zbekistning poytaxti qayer? (Toshkent) 11-savol.O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin nimalarga ega bo’ldi? (Bayrog’i,madhiyasi,gerbi,qomusiga) 12-savol Bu yil qanday yil deb e’lon qilindi? 15-savol.O’zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilindi?(1991-yil 31-avgustda) 16-savol.Rassom nima qiladi?(Rasm chizadi) 18-savol.Bayroq qabul qilingan kun? (18-noyabr) 19-savol.Madhiyamiz muallifi?(A.Oripov) 20-savol.Ingliz tilida sanang. O’qituvchi: She’riyat olamiga sayohat qilsak bunda vatanni madh etuvch she’rlardan eshitamiz.Shu paytda vatanimiz haqidagi video rolik namoyish etib qo’yiladi:
Muazzam : Vatan - so’zi naqadar aziz,
Vatan- qadami bunchalar qutlug‘
Tillar ham ojiz uni aytganda,
Sevinchga tulaman she’rlar bitganda.
Begoyim: Vatan ostonang erur tillodan,
Chunki zaminingda jasurlar yotur
Vatan sen uchun Navoiylaring ,
Jannat bog’larida g’azallar bitur.
Malika: Vatan-madhingni kuylayman men ham,
Shamolda tebrangan tetik gul kabi.
Vatan -ertangni o’ylayman men ham,
Intilgan bolaning orzusi kabi.