O’qituvchi: 5 tashabbus nima ?
O’quvchilar she’riy usulda javob beradilar:
Mashxura: Dunyolarni egallab,
Cho’qqilarga chiqdik biz.
Yurtboshimiz madadkor ,
Qo’llar beshta tashabbus.
Shodiyor: Musiqa chal,she’rlar yoz,
Sen hohlasang rasm chiz.
Aktyor bo’lmoqchimisan,
Qo’llar beshta tashabbus.
Elbek: Sport bilan shug'ullan
Boks ,tennis ,suvda suz
Jismonan chiniqasan
Qo’llar beshta tashabbus.
Hayotbek: Kompyuter asri bu
Kerakli dasturlar tuz
Xalqqa tegsin zo’r foydang
Qo’llar beshta tashabbus.
S hohruh: Kitob nurdir ilmning
Dengizida sho’ng’, suz,
Boshqarasan dunyoni
Qo’llar beshta tashabbus
Shahnoza: Bizda hamma teng erur
Teng huquqli yigit –qiz
Bo’sh o’tirma tik, pishir
Qo’llar beshta tashabbus.
II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Rasmlarga qarab savollarga javob bering.
III. Yangi mavzuni tushunturish. Sharikning tug’ilgan kuni Eduvard Uspeniski 1-qism
Kuz yaqinlash ib qolgan edi. Barglar sarg‘ayib, suvlar sovib, chug‘urchuqlar “majlis” o‘tkaza boshlagandi. Shunday kunlarning birida Sharik:
– Mening tug‘ilgan kunim qachon? – deb qoldi.
Hamma o‘ylanib qoldi. To‘g‘ri-da, taqvimda Neftchilar kuni bor, Quruvchilar kuni bor, hatto Qushlar kuni bor, Itlar kuni esa yo‘q.
– Buning nimasini o‘ylaymiz? – dedi Matroskin.
– Sen o‘zing yildagi eng yaxshi kun 30-sentyabr,
chunki shu kuni ov mavsumi ochiladi, deganding.
Ana shu kun sening tug‘ilgan kuning bo‘la qolsin.
– Ammo ba’zan ov mavsumini bekor ham qilishadi,
– dedi Sharik.
– Hechqisi yo‘q, – dedi Matroskin. – Biz sening
tug‘ilgan kuningni hech qachon bekor qilmaymiz.
– Bugun qaysi sana? – so‘radi Sharik.
– Hozir avgust tugayapti, – javob berdi Fyodor
amaki (Fyodor amaki aslida bola, lekin juda aqlli va
pishiq bo‘lganidan uni shunday chaqirishadi).:
S harik taqvimga qaradi:
– Voybo‘y! Hali qancha kutish kerak ekan!
A mmo boshqa iloji yo‘q Sharik rozi bo‘ldi...
Bu orada sentyabr ham boshlanib qoldi. Fyodor amaki bilan Matroskin sovg‘a haqida o‘ylay boshlashdi.