Virtual ekskursiya



Yüklə 264,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix01.08.2023
ölçüsü264,74 Kb.
#138234
1   2   3   4   5
1524-Текст статьи-4728-1-10-20221113 (1)

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №7)
ISSN 2181-1709 (P)
258
Education and innovative research 2022 y. №7
ahamiyatga ega. Intellektual-ijodiy faoliyat haqiqatan ham o’quvchida kreativlik 
qobiliyatini rivojlantirishning muayyan natijasi sifatida amalga oshadi[3]. Bunda 
innovatsion didaktik shart-sharoitlar muhim o’rin tutadi. 
Ma’lumki, innovatsiya inglizcha “o’zgarish, yangilik kiritish” ma’nosini 
anglatadi. U mutlaq yangi еchim va g’oyalar kiritish yo’li bilan ta’limni samarali 
tashkil etish yoki boshqarishga qaratiladi. Tadqiqot jarayonida innovatsion didaktik 
shart-sharoitlarni imkon qadar ta’minlashda ta’limning innovatsion metodlaridan 
keng foydalanildi. Shuningdek, zamon talablariga mutanosib innovatsion, 
noan’anaviy, an’anaviy metodlar hamda mualliflik texnologiyalaridan tashkil 
topgan qator didaktik metodlardan tizimli foydalanish mumkin. 
Metodlardan tizimli foydalanishda quyidagilar ko’zda tutiladi: 
o’rganilayotgan tarixiy-madaniy materialning mazmuni mashg’ulotlarning 
tuzilmaviy-mazmundor asosi hamda ularning o’zaro mutanosibligi;
ilgarilovchi, murakkab yondashuvdan foydalanishning mumkinligi[4].
Innovatsion, noan’anaviy, an’anaviy metodlar hamda mualliflik texnologiyalarini 
qo’llashda ularning muayyan o’quv predmeti va didaktik tizim tarkibiga taalluqli 
ekanligi, o’quvchilar yosh xususiyatiga mosligi, ularning kreativlik qobiliyatlarini 
optimallashtira olishi, egallagan ijodiy ko’nikma va malakalarini takomillashtira olishi
kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga ko’maklashishi, mashg’ulotlar mavzusi, maqsadi 
va mazmuniga mosligi va mutanosibligi hisobga olinadi. Intellektual-ijodiy jarayonda 
reproduktiv, mahsuldor qobiliyatlarni safarbar qiladigan o’quvchilarning muammoli-
qidiruv faoliyatini faollashtiradigan hamkorlik pedagogikasiga bevosita aloqador ta’lim 
metodlardan foydalanildi. Shuningdek, pedagogik tashkil qilish, boshqarish, pedagogik 
talab, to’g’rilash, nazorat va o’z-o’zini nazorat, rag’batlantirish va taqdirlash, o’z-
o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish kabi tarbiya metodlari ham keng qo’llanildi. 
O’zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklarini o’rganishga qaratilgan intellektual- ijodiy 
faoliyat jarayonida o’quvchilarga me’moriy yodgorliklarga kreativ munosabat qandayligini 
anglatishga yo’naltirilgan didaktik o’yinlar alohida o’rin tutadi. 
Bunday didaktik o’yin turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
improvizatsiya, xayol, ijodiy tasavvur (xayolan o’tmishdan zamonaviylikka yoki 
aksincha zamonaviylikdan o’tmishga tomon sayr etish); 
qadimiy rivoyat, afsona yoki bo’lib o’tgan voqea syujetlarini izlab topish va ularni 
jonlantirib tasavvur etish (masalan, yodgorliklarning qurilishi jarayonlarini); 
O’zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan bevosita bog’liq bo’lgan, mazmunida 
ma’lum harakatlar uchraydigan hikoyalar yozish va ular asosida muloqotli, rolli, vaziyatli; 
musobaqa-o’yinlar tashkil etish kabilar[5]. 
Shuningdek, o‘quvchilarning tushunchalar va lug‘atlar ustida mustaqil ishlashiga 
alohida ahamiyat beriladi. Nazariy-amaliy mashg‘ulot jarayonida Samarqand qadimiy 
me’morchilik san’atini kreativ o‘rganish praktikumi, ijodiy topshiriqlar va o‘quvchilarning 
intellektual-ijodiy va izografik ishlari (berilgan va ixtiyoriy) tashkil etiladi. O‘quvchilarning 
ingliz tiliga ijodiy tarjima bo‘yicha ishlarida qadimiy Samarqand yodgorliklari oldida 
chet ellik sayyohlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishda foydalanish mumkin bo‘lgan so‘zlar, 
iqtiboslar, fikrlar, iboralar, jumlalar, minimatnlar o‘rganiladi. O‘quvchilar o‘z intellektual-
ijodiy mahsulotini ijtimoiylashtirishga tayyorlanadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda 
yuqori sinf o‘quvchilarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirish jarayonida ijodiy yondashuv 
negizida mahsulot yaratilar va u talab etilgan kommunikativ darajada rasmiylashtirilib, 
ijtimoyilashtirilar ekan, bunday intellektual-ijodiy mahsulotning o‘ziga ham qator 
talablar qo‘yiladi. Bular: mahsulotning yangiligi va o‘ziga xosligi; g‘oyaning dadilligi va 
mustaqilligi; yodgorlikning “his etilishi”; uning tarixiy-madaniy jihatdan anglab olinishi; 
yodgorlikning badiiy-me’moriy va estetik jihatdan o‘rganilishi[6]. Sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan predmetning ma’naviy-axloqiy, estetik va badiiy qiymatini 
pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri baholash uchun qadimiy me’moriy san’at yodgorliklarini 
tanlashga talablar ham ishlab chiqilishi zarur, shunga ko‘ra, biz tomonimizdan qator 
talablar ishlab chiqildi. Bunda ularning milliy tarixiy-madaniy meros, umuminsoniy 
tarixiy-madaniy qadriyat, butun jahon merosi sifatida YuNESKO muhofazasida turgan 
yodgorlik hisoblanishi, me’moriy-obrazli ifodaliligi (silueti, shakli), unda tarixiylik va 
zamonaviylikning uyg‘un bo‘lishi, yodgorlikning tarixiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy 



Yüklə 264,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin