Kompyuter viruslari va antiviruslar haqida ma’lumot. Mundarija
Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi? Biologik viruslardan farqli ularoq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta
zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini to`xtatadi yoki qattiq diskdagi ma’lumotlarni uchiradi. Virus sistemaga bir necha yo`llar bilan tushishi mumkin: disketalar, dastur ta’minot yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog`lanish, global Internet tarmog`idagi elektron pochta.
Disketa virusdan zararlanishi oson. Zararlangan kompyuterga disketni solib o`qitilganda diskning bosh sektoriga virus tushadi.
Internet ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma’lumotlarda virus bor deb bo`lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internetda ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus ximoya zarur. «Kasperskiy laboratoriyasi» texnik ta’minot xizmati statistikasiga ko`ra, viruslardan zararlangan holatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo`lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko`rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus ximoyasi kerakligini ta’kidlaydi.
Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, ommabop dasturlar, operastion sistemalar, ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar ko’plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa soxalarda muloqot uchun asosiy vosita bo’lib qolmoqda. Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini
qaratmoqda.
Virus paydo bo`lish belgilari. Zararlangan kompyuterda eng muximi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy belgilarini bilish kerak:
1. Funksional dasturlarni ishini to`xtatish yoki noto’g`ri ishlashi;
2. Kompyuterni sekin ishlashi;
3. OS ni yuklanmasligi;
4. Fayl va kataloglarni yo`qolishi yoki ulardagi ma’lumotlarni buzilishi;
5. Fayllar modifikasiyasining sana va vaqktining o`zgarishi;
6. Fayl hajmining o`zgarishi;
7. Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko’payishi;
8. Bo`sh operativ xotira hajmining keskin kamayishi;
9. Kutilmagan ma’lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi;
10.Kutilmagan tovushlarning paydo bo`lishi;
11 .Kompyuterning tez-tez osilib qolishi.
Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga ko`ra xam bo`lishi mumkinligini eslatib o`tamiz.
Qisqacha tarix. 80-yillarda IBM-PC bilan ishlagan kishilar bo`lsa 1987-89 yillardagi viruslarni tarqalishini unutishganicha yo`q. Ekrandagi harflar har xil
ko`rinishda buzilgan va foydalanuvchilar ommasi mutaxassislarga displeylarini olib kela boshlashgan. Keyinchalik kompyuter «Yankee Doodle» deb nomlangan o`zgayerlik virusini chalishni boshlagan. Lekin, buni tuzatishni xech kim tashlamadi, juda tez hal bo`ldi. Bu o`nlab viruslar to`plami edi.
Shunday qilib, viruslar fayllarni zararlay boshladi. «Brain» va ekranda shariklar paydo qiluvchi «Pingpong» viruslari Boot-sektor ustidan ham g`olib chiqishdi. Bu hammasi IBM-PC dan foydalanuvchilarga unchalik yoqmadi va antiviruslar paydo bo`ldi. Birinchi antiviruslardan biri ANTI-KOT: afsonaviy Oleg Kotik o`zining antivirusining birinchi versiyasi dunyo yuzini ko`rdi. U 4 ta virusni yo`k qildi. Afsuski, ANTI-KOT MSDOS kombinastiyasidan foydalanib fayl oxirida «Time» virusini Aniqlandi. Boshqa antiviruslar esa .som va .exe kengaytmali fayllarning har bir harfigacha zanjirlaydi.
Vaqt o`tishi bilan viruslar ko’payib bormoqda. Bularning hammasi bir-biriga o`xshash, xotiraga o`rnashadi, sektor va fayllarga bog`lanadi, fayllarni, disket va vinchesterlarni yo`k qiladi. Birinchilardan bo’lib, «Frodo.4096» virusi ommabop bo’lib chiqdi. Bu virus INT2Ih ni egallab, DOS ga murojaat etilganda zararlangan fayl xuddi xech narsa bo’lmaganday xolda ko`rinish bergan. Ammo, bu MSDOS ustidan o`rnashib hukmini o`tkazgan. Bir yil ham o`tmasdanoq «elektr suvaraklar» DOS yadrosiga o`rnashib olishgan. Ko`rinmas virus «Deast.512» deb atalgan. Ko`rinmaslik fikri ko’payib rivojlanib
bordi: 1991 yil yozida kompyuter o`lati - virus «Dir_n» paydo bo`ldi. Biroq ko`rinmaslarga qarshi kurash sodda: RAM ni davolab xotirjam bo`lish mumkin.
Shunday viruslar xam kelib chiqdiki, ular o`zlarini shifrlab olish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Bu viruslarni davolash va yo`q qilish uchun maxsus kiem dasturlar yaratish kerak bo`lgan. Lekin bunga xech kim e’tibor bermadi, toki bu viruslarning yangi avlodlari kelib chiqmaguncha.