Vobkent tuman “Barkamol avlod ” bolalar maktabining 2022- yili davomidagi faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi


Buxoro Viloyati Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida bolaga kitob bering shiori ostida “Men sevgan asar” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati



Yüklə 58,24 Mb.
səhifə3/12
tarix13.09.2023
ölçüsü58,24 Mb.
#143161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sh.Salimov HISBOT YILLIIK 2022

Buxoro Viloyati Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida bolaga kitob bering shiori ostida “Men sevgan asar” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
Buxoro Viloyati Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida bolaga kitob bering shiori ostida “Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati joriy yilning 22-sentabr kuni bo’lib o’tdi. “Barkamol avlod “ bolalar maktabi binosida tashkil qilingan Shaxmat va yosh dasturchi to’garagi a’zolari o’rtasida bo’lib o’tgan ushbu davra suhbatida badiiy adabiyotlar namoyishi bo’lib o’tdi. O’quvchilar o’rtasida Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asari yuzasidan munozara bo’lib o’tdi.

Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil qilingan Zakovat intelektual o`yini


Ma’lumotnomasi
Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo’lim boshlig`i Safarova Malika va uslubshunosi M.Avezova tomonidan Robototexnika a‘zolari bilan birgalikda 2022-yil 27-oktabr kuni ‘‘Zakovat bilimdonlari‘‘ o‘tkazildi. Unda bolajonlar qiziqarli savollarga javob berib mashg‘ulotning qizg‘in o‘tishini ta‘minlashdi.To‘garak rahbari. D. Qo‘ziyeva to’garagi a’zolario`rtasida bo`lib otdi.

2022-yil 21-oktabr, Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tarmoq to'garaklari bilan birgalikda, O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag'ishlab "Til millat ko'zgusi" nomli tadbir tashkil etildi. Jumladan, Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Floristika" tarmoq to'garagi, "Kimyo" to'garagi, "Yumshoq o'yinchoqlar" to'garaklari a'zolari o'zlarining turli xil chiqishlari bilan tadbir tomoshabinlariga iliq taassurotlar qoldirdilar. Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir.Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Tilda millat ruhi yashaydi, millat hayotida yuz berayotgan o'zgarishlar tilda xuddi ko'zgudek aks etib turadi.



Buxoro viloyati Vobkent tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida“Ona tili – o’zlik timsoli”mavzusida o'tkazilgan
ma’naviyat soati
Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar.Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi.Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta’bri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”.Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak.Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi.

Bola – aziz, tarbiyasi undan aziz” mavzusi ma’rifat soati

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Barkamol avlod” bolalar maktabi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha drektor o’rinbosari SH.Salimov “Bola – aziz, tarbiyasi undan aziz” mavzusida so‘zga chiqib quyidagilarni aytib o’tdi. Farzand – inson naslini davom ettiradi hamda oilaning mustahkam zanjiri. Solih farzand ota-onaning baxt-iqboli, ikki dunyo saodatiga yetkazuvchi dilbandi. Farzandlar "jannat rayhonlari" deb tavsiflanishi bejiz emas. Ammo u odobli, yaxshi fazilatlar sohibi, itoatkor va qobil bo’lgandagina ota-onasiga rahmat va baxt-xursandchilik keltiradi.
Muqaddas dinimiz ta'limotiga ko'ra, farzand Alloh taolo insonga bergan ulug' ne'matlardan bo’lishi barobarida, u omonat hamdir. Bu ne'matga sazovor bo’lgan ota-onalar uning qadriga yetishlari, shukrlar aytib, farzand oldidagi ota-onalik burchlarini puxta ado etishlari, ya'ni, unga chiroyli ism qo’yishlari, yaxshi ta'lim­-tarbiya berishlari va oxir­oqibatda Alloh roziligini topadigan, millati, Vatani, ota-onasiga munosib o’g'il-qiz, tengdoshlari hurmati va muhabbatini qozongan yetuk bir inson bo’lishi borasidagi mas'uliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan ado etishlari lozim.
Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey imon keltirganlar!
O’zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo’lmish, dag'al va qattiqqo’l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar xizmat qiladigan do’zaxdan saqlangiz"
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilar: "Kishining o’z farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi ko’p miqdordagi nafl sadaqa berishidan yaxshiroqdir".
Boshqa bir hadisda: "Ota bolaga go’zal odobdan yaxshiroq narsani bera olmaydi", deyiladi.
Abu Ali ibn Sino farzand tarbiyasi haqida vasiyat qilib, bunday degan edi: «Yosh bola ta'lim-tarbiya oladigan joyda odob-axloqli, turish-turmushi namunali kattalar bo’lishi lozim. Zero, yosh bola har bir narsani ularga taqlid qilib o’rganadi va ular bilan do’st bo’ladi".
Muhtaram Prezidentimiz nutqlaridan birida farzandlar tarbiyasi va ularning barkamol avlod bo’lib yetishishida odob­axloqning o’rni katta ekanini ta'kidlab, jumladan, bunday deganlar:
“Yoshlarimizga bugunning o’zida alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Ular nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Ya'ni ertangi kun kutganimizdek bo’lishi uchun bugunning o’zida yoshlar tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratishimiz zarur”.

KONSTITUTSIYAMIZ RANGLAR JILOSIDA” mavzusida rasm ko’rik tanlovini .


Kun tartibidagi masala yuzasidan “Barkamol avlod” bolalar maktabi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha drektor o’rinbosari SH.Salimov “Konstitutsiyamiz ranglar jilosida” ko’rik tanlovi o’tqazish. Konstitutsiya – faravon hayotimizning asosiy mezoni. Bosh qonunimizning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etishda barcha soha vakillari hamqadam bo’lishimiz kerak. Yosh avlod qalbida ona vatanga mehr va sadoqat tuyg’ularini jo’sh urdirish, Konstitutsiyamiz va boshqa qonunlarga hurmat ruhidav tarbiyalash barchamizning asosiy burchimizdur.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag’ishlab “Konstitutsiyamiz ranglar jilosida” mavzusida mamlakatimizning voyaga yetmagan iqtidorli mohir yoshlar o’rtasida rasmlar ko’rik tanlovi o’tkazilishi elon qildi.



Oliyjanoblik go’zal fazilat” mavzusi



Yüklə 58,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin