Vobkent tuman “Barkamol avlod ” bolalar maktabining 2022- yili davomidagi faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi



Yüklə 58,24 Mb.
səhifə4/12
tarix13.09.2023
ölçüsü58,24 Mb.
#143161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sh.Salimov HISBOT YILLIIK 2022

ma’rifat soati.
Kun tartibidagi masala yuzasidan “Barkamol avlod” bolalar maktabi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha drektor o’rinbosari SH.Salimov “Oliyjanoblik go’zal fazilat” mavzusida so‘zga chiqib quyidagilarni aytib o’tdi. Dinimiz insonlar o'rtasidagi munosabatlarda hamisha insof, adolat, xalollik xukmron bo'lishini talab etadi va musulmonlarni shunga chorlaydi. Bu munosabatlar insonni kamolotga yetaklaydi.
Xalqimiz orasida “Dunyoni obod qiladigan ham, barbod qiladigan ham INSON ! Insonni odam qiladigan ham, ado qiladigan ham INSOF !”, degan ajoyib xikmat bor. Insof xaddan oshmaslikdir. Ba'zan insof xaqida gapiramiz-u, ammo asli insofning nima ekanligini ko'pchiligimiz yaxshi bilmaymiz. Hazrat Alisher Navoiyning “Insof ila adl qasrini kur”degan ishorasida qancha ma'no va mazmun yashiringan.
Xar bir insonning insofli bo'lishida, avvalam bor, uning oilasidagi muhit, ota-ona va maktabdagi o'qituvchi ustozlarning ta'lim-tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Insonni xar bir ishda xam, gapda xam insofli bo'lishi kerak. Insof bu faqat xaqiqatni aytish emas, balki kishilarning ko'nglini topa bilish va ularga mexribonlik ko'rsatishdir.
Hukamolar aytadilar: “O'n hislatni qo'ldan bermaslik lozim: to'g'rilik, xalollik, insof, muloyimlik, keksalarni xurmat qilish, kichiklarga shafqat qilish, qanoatlik bo'lish, vafodorlik, iffat va adolat” Islom dini kishilarni insofga odatlantirish uchun amaliy bir uslubni yo'lga qo'ygan bo'lib, uning asosi Qur'oni karimda kelganidek, mo'minlarning o'zaro aka-uka ekanliklari, shuningdek, hadisi shariflarda aytilganidek, ularning o'zaro munosabatlarida bamisoli bir tana kabi ekanliklari haqidagi o'gitlardan iborat. Jamiyat a'zolari bamisoli bir tana ekan, ulardan biriga nisbatan sodir qilingan insofsizlik va zulm jamiyatning boshqa a'zolariga ham ta'sir qilishi muqarrar. Shu bois ham dinimiz ta'limotlarida insof insoniy aloqalarni muhofaza qilishning asosiy vositasi qilib belgilangan.

Bayrog’imiz faxru g’ururimiz” mavzusi ma’rifat soati.

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Barkamol avlod” bolalar maktabi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha drektor o’rinbosari SH.Salimov “Bayrog’imiz faxru g’ururimiz” mavzusida so‘zga chiqib quyidagilarni aytib o’tdi. Yaqinda davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O'zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 25 yil to'ladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog'i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O'zbekiston davlati borligini anglatadi va o'zida milliy-madaniy an'analarimizni mujassamlashtiradi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro maydonda, jumladan, O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog'ida, xalqaro tashkilotlarda, konferentsiyalarda, jahon ko'rgazmalarida, sport musobaqalarida O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi.
Bayrog'imiz o'zida butun O'zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g'ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo'stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog'imizning davlat idora va muassasalari, o'quv yurtlari, O'zbekiston a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha'ni, xalqimizning g'ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g'alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog'i baland ko'tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug' kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz ifodasidir.
Respublikamiz davlat bayrog'idagi ramzlar O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi millat va elatlarning an'analarini o'zida mujassamlashtirgan.

Bolangiz kitob o’qiyaptimi” mavzusi



Yüklə 58,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin