Vobkent tuman “Barkamol avlod ” bolalar maktabining 2022- yili davomidagi faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi



Yüklə 58,24 Mb.
səhifə9/12
tarix13.09.2023
ölçüsü58,24 Mb.
#143161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sh.Salimov HISBOT YILLIIK 2022

Malumotnomasi
Joriy yilning 6-dekabr kuni “Xalq Ta’limi Sovrini” ko’rik tanlovi va “Bolalarga bering dunyoni” viloyat ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.Ushbu tanlovda Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyat olib borayotgan karving to’garagi rahbari Toirova Shaxodatning o’quvchisi Musayeva Zahro faxrli 2-o’rinni egalladi. Shu bilan birgalikda kimyo to’garagi azosi Raupova Aziza “Bola huquqlari” yo’nalishi bo’yicha Faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Kimyo to’garagi a’zosi Oripov Diyor va munchoqli bezak to’garagi azosi Nusratilloyeva Ismigullar faol ishtirok etishdi.

8-dekabr- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”qabul qilingan kun mavzusi yuzasidan kengash o’tkazish.


“8-dekabr- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”qabul qilingan kun mavzusi yuzasidan Uslubiy bo’lim boshlig’i so’zga chiqib quyidagilarni so’zladi: Inson hayotda baxtli yashash uchun intiladi. Bunga esa adolat va qonun ustuvor jamiyatdagina erishish mumkin.
Har bir fuqaroni hayotdan rozi qilish yo'lidagi islohotlardan ko'zlangan maqsad ham aslida shu.Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi farovon hayotning mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiya har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to'liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoqda.
Konstitutsiya shaxs, jamiyat va davlat o'rtasidagi munosabatlarda o'zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi. Bosh qomusimiz jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini e'tirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.
Asosiy qonunimizda O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi printsipiga asoslangan. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi kabi muhim normaning mustahkamlab qo'yilishi, o'z navbatida, sud hokimiyatining O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimiga mansubligini hamda uning amalda mustaqil va erkin faoliyat ko'rsatishini kafolatladi.



Joriy yilning 9-dekabr kunida Vobkent tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida 2022-2023-o'quv yilining navbatdan tashqari hisobot kengashi bo'lib o'tdi.
Kengashda viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Mavjuda Jamolova ham ishtirok etidilar va maktabining 2022-o'quv yili sarhisobi va 2023-o'quv yilida maktabimizda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar bo'yicha maktab direktori Gulsara Mirzayeva tomonlaridan hisobot berildi.
Yil davomida olib borilgan ishlar bo'yicha reyting natijalar e'lon qilinib, hududlar kesimidagi muammolar o'rganildi.
O'quv yili davomida dars mashg'ulotlarida interfaol usullardan samarali foydalangan, ko'rik-tanlovlarda iqtidorli o'quvchilari bilan yuqori natijalarga erishgan to'garak rahbarlariga maktab ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi va faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandi.

10-dekabr Madhiya”qabul qilingan kun mavzusi yuzasidan



Yüklə 58,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin