Himoya texnikasi, tо‘pni qabul qilish texnikasi. Tо‘pni qabul qilish texnikasi bu о‘yinchining о‘z maydonchasida tо‘pni qoidaga binoan yerga tushishiga qarshi qо‘llaydigan harakat malakasidir. Tо‘pni qabul qilish turli usullarda va о‘ziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Pastdan ikki qо‘l bilan qabul qilish zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri bо‘lib dastlab tez va aniq tо‘pni yо‘nalishiga qarshi chiqish tana og‘irlik markazini pastroq tushirib ikki qо‘lni tо‘g‘ri yozilgan holatda bir-biriga qulf tarzida amalga oshiriladi. Pastdan ikki qо‘l bilan tо‘pni qabul qilish texnikasi ya’ni mazkur malakani ijro etishda tana og‘irlik markazini baland pasligi, oyoqlarning tizza qismini bukilishi burchagini katta kichikligi gavdani biroz oldinga egilishi yoki vertikal ravishda bо‘lishi yiqilib qabul qilishlar о‘yin vaziyatiga о‘yinga kiritilgan tо‘pni yoki hujum zarbasining kuch tezligiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq bо‘ladi.
1.3. O‘yin vaqtida hujum, himoya va to‘pni uzatish taktikasini takomillashtirish metodologiyasi Orqa chiziqda himoya harakati uchun eng yaxshi texnika bu zarbani yumshatish imkoniyati bilan to’p pastdan uzatishdir. Ana shu maqsadda to’pni uchish yo’nalishini va uni qo’nish joyini aniqlashi zarur. Bu erda eng avvalo sharoitni shunday baxolash kerakki: to’rga va to’pga nisbatan zarba beruvchi o’yinchi to’pga to’g’ri holatda turishi kerak, hujumkor zarba berishdan ko’proq to’pni uchish yo’nalish ehtimoli bu bilan mos kelishi qanday uni uchish traetoriyasini tikligi qanday bo’lishiga bog’liq bo’ladi.
Zarba bergandan keyin (to’siqsiz) to’pni uchish burchagi to’r va to’p o’rtasidagi masofaga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hujumkor zarba berish uchun to’pni to’rga yaqin uzatishda to’pni qabul qilishda zarur joyni egallash uchun oldinga aralashib ketmasligi kerak.Quyida raqibni oshirishi bilan to’pni uchish tezligi va traektoriyasiga bog’liq holda maydonda o’yinchilarni eng ko’p maqsadga muvofiq joylashtirishi keltiriladi.To’pni oshirganda yuqori traektoriya bo’ylab va kichik tezlikda to’pni uchishida o’yinchilar butun maydoncha bo’ylab imkoniyat bo’yicha bir tekisda joylashadilar chunki to’p uni hoxlagan qismiga tushishi mumkin.
To’pni oshirgandan keyin past traektoriya bo’ylab va katta tezlikda to’pni oshirgandan keyin uni uchishida, ma’lum balandlikda past – to’rga yuqori maydon tashqarisida ketayotgan to’p faqat maydonga tushishi mumkin.Ana shunga mos ravisha o’yinchilar o’sha joyda bir chiziqda turishadiki to’pni oshirilgandan keyin qabul qilib olish uchun qulay joyda turiladi. O’yinchilarni bunday joylashishida ularning birontasiga uchib kelayotganday bo’ladi. Agarda to’pni qabul qilib olish uchun boshqa bir joyga o’tish kerak bo’lsa unda oldinga orqaga yon tomonga bir qadamdan ortiq qadam qo’yilmasligi kerak. Bu jiddiy holatga rioya qilib jamoa ni keyinga harakatiga bog’liq holda o’yinchilarni har xil variantlarida joylashtirishdan foydalaniladi.Orqa chiziqdagi o’yinchilarni himoya harakati taktikasi to’siq qo’yishda hujumkor zarba beruvchini nafaqat o’yin sifatiga va to’pni holatiga bog’liq holda tashkil etiladi, balki to’siq qo’yuvchini qo’l holati ham hisobga olinadi. 1 zonada turgan o’yinchi to’siq qo’yib bekitilgan u esa oldi chiziqdan joy egallab turadi. 5 zona o’yinchisi to’pni qabul qilib olish uchun chiqadi, 1 zonadagi o’yinchini (javobgarlik zonasi) faoliyatini ko’rsatuvchi joyni mayda chiziq bilan ko’rsatilagn bu erga to’siqdan sapchib qaytgan to’p qaytishi mumkin, shu erda himoya chizig’idagi o’yinchi uni uzatadi. Maydonni tashqarisidagi (javobgarlik zonalar) maydonni katta – kichikligi (o’lchami) o’yinchilarning harakatchanligiga va to’pni uchish balandligiga bog’liq bo’ladi.
Agarda to’siq 4 zonada qo’yilgan bo’lsa, unda har bir o’yinchini javobgarlik zonasi (kontur chiziq bilan ko’rsatilgan) zarba berish joyidan uzoqlashish me’yori bo’yicha oshib boradi. Chunki bu zonadagi o’yinchilar to’siqdan urilib qaytgandan keyin to’pni tushish vaqtigacha maydon bo’ylab almashish uchun ko’proq vaqtga ega bo’ladi.
Ikki kishilik to’siqni to’g’ri qo’yilganda to’rga yaqin uzatish (to’siq ustida yuqorida zaraba bergandan tashqari) bilan hujumkor zarba berishdan keyin to’r ustidan to’pni erkin o’tish imkoniyatidan tashqari shuning uchun o’yinchilarning asosiy himoya faoliyati to’siqdan qaytgan to’pni uzatishga olib keladi.
Ikkita eng ko’p tarqalgan ikki kishi bo’lib to’siq qo’yishda o’yinchilarning joylashishini to’siqni 2 va 3 zona yoki 3 va 4 zona o’yinchilari qo’yadi. 6 zona o’yinchisi 4,5 va 1 zona o’yinchilariga himoyada asosiy haraktni uzatib faqatgina muxofaza vazifasini bajaradi.Bunday joylashtirish oldindagi burchak deb aytiladi. 6 zona o’yinchisi to’siqdan to’p qaytargandan keyin va to’siq qo’yuvchilarni qo’llarini orasidan, to’siq ustidan hujumkor zarba berishdan oldin to’pni uzatish uchun eng ko’proq qulay, joyni egallaydi. Ana maqsadda oldi chiziqqa qarab tortadi. O’yinchilarni bunda joylashtirish «burchak bilan orqaga» degan nomni oladi. O’yinchilarni bu joylashishini faqat jamoa larga tavsiya qilish mumkin, unda 4 va 1 zonadagi o’yinchilar yuqori haraktchanlikka ega bo’ladi va bir vaqtni o’zida himoya hamda muxofaza harakatini bajarish mumkin. Orqa chiziqdagi o’yinchi to’siq qo’yuvchilar tomonidan qo’yilgan xatoni bilib qolib (qo’llar orsidagi bo’shliq, to’siqni noto’g’ri qo’yilishi, ular o’rtasidan to’pni o’tishi etarliligi yoki maydonchaga to’pni uchish yo’nalishini bekitmasdan qoldirilishi) huddi shunday barcha boshqa holatlarday harakat qiladi, hujumkor zarba berishni o’tkazish vaqtida to’pn unga ko’rinadi ya’ni to’pga chiqadi. Orqa chiziqdagi holatda o’yinchining harakati qachonki hujumkor zarba berishni bajaruvchi uni o’yinchi oldindan yaxshi o’rgangan bo’lsa shuni bilib turib to’pga zarba bergandan keyin qanday holatdan qaysi yo’nalishda extimol jami uchishi uni uzatishi uchun joyni tanlashda himoyachilar ustunlikka erishadi.
Ko’pchilik holatda o’yinchini harakat havfziligini ta’minlashga extiyoj tug’ulishi mumkin: ayrim o’yinchilarni yomon harakatchaligi, uzatishni to’liq egallay olmaganligi va b.q. Ularni jamoa dagi o’rtoqlar muxofaza (straxovka) qiladilar. To’siq qo’yishda va hujumkor zarba berishda doimiy ravishda muxofaza qilish zaruriyati kelib chiqadi. Sakrab turgan holatda na hujumchi, zarba berayotagan, na to’siq qo’yuvchi o’yinchi, raqibni harakatiga va qarshi harakati ta’siriga javob bermasdan surilishi mumkin emas. Shu bilan bog’liq bo’lgan bu o’yinchilarni muxofaza qilish zarur.
Hujumkor zarbani berishni bajarishda muxofazani to’siqda to’pni urilib qaytishini ko’proq zonaga extimolini yo’nalishida, bo’ning uchun oldinga aralashtirib, qolgan o’yinchilarni barchasi amalga oshiradi. To’siq qo’yishda muxofazani bir nechta usullar bilan amalga oshirish mumkin.
Birinchi usul – maxsus muxofaza qiluvchi o’yinchi, o’z navbatida 6 zonaga, shu erdan to’siqni bajaruvchi o’yinchilarga kiradi. Ushbu chiqishni iloji boricha barvaqt bajarishi shart, chunki shu bilan birga 1 va 5 zonadagi o’yinchilarni himoya harakatiga halaqit bermasiligi kerak. Ikkinchi usul – raqibni hujumkor zarba berishi uchun unga to’pni yo’naltirganligi, zonaga bog’liq bo’lgan orqa chiziqdagi barcha o’yinchilar bilan muxofaza qilishidir. Shunday qilib, 4 zonadagi to’siq qo’yuvchi, 5 zonadagi o’yinchini muxofaza qiladi, 2 zonadagi to’siq qo’yuvchisi 1 zonadagi o’yinchi muxofaza qiladi. Shu bilan birga ushbu usulda to’siqdan yoki to’siq tepasida uchib kelayotgan, to’pni uzatish uchun (old chizig’iga) 6 zona o’yinchisi orqaga qaytadi, uni vazifasini to’siq qo’yishda qatnashmaydigan oldingi chiziqdagi o’yinchi bajarishi mumkin. Masalan, agarda 2 va 3 zonadagi o’yinchilar to’siq qo’yishni amalga oshirsalar, unda maydonni o’rtasini 4 zona o’yinchisi berkitadi, biroq o’zini zonasini ham berkitishni esdan chiqarmasligi zarur.
Ikkinchi usul jamoa ni himoya imkoniyatini bir muncha kuchaytiradi, chunki himoya harakatida ikkita emas, balki uch ta o’yinchi qatnashadi. Biroq to’siq qo’yishda qatnashadigan oldingi chiziqdagi o’yinchini siljishi o’yinni oxiriga etkazishda uni harakatini markazdan qiyinlashtiradi, qachonki himoyada muvoffaqiyatli o’ynagandan keyin hujumda harakat boshlanadi.
Muxofazani ko’proq samaraliy shakli doimiy o’yinchini erkin muxofaza qilish hisoblanadi. Ushbu usul tajribali o’yinchilarni faqat bor bo’lishida yoki mavjudligida bo’lishi mumkin, maydonchadagi vakillarni keyinchalik rivojlanishida extimol ko’proq kuchlilar muvofaqqiyatli hal etadi. Muxofazani amalga oshiruvchi o’yinchi doimiy ravishda orqa chiziqda turgan holda qoladi yoki 6 zonaga o’tadi va bo’sh bo’ladi, o’zini qarashiga ko’ra harakat usullarini tanlaydi: muxofaza qilish uchun oldinga chiqadi yoki old chizig’ida qoladi, o’zlarini to’siq qo’yuvchilari muxofaza qilishga ketgan, qoldirilgan o’yinchilarni 1 yoki 5 zonani berkitish uchun zaruriyat tug’ilganda yon tomonga siljiydi. Ushbu usulda eng ko’proq eng yaxshi himoya qilinmagan maydon markazida turadilar, chunki o’yinchilar bilmaydi, uni kim berkitishi kerak. Maydon markazidagi berkitishni erkin muxofaza qiluvchi o’yinchi amalga oshiradi (uni oldinga chiqishida) yoki raqibdan to’pni uchish yo’nalishiga bog’liq holda boshqa o’yinchini zimmasiga yuklanadi. Shunday qilib agarda maydon markazida aldashda to’p 4 zonadan yo’naltiriladi bunda markazni yopish uchun 5 zonadagi o’yinchi chiqadi, ya’ni o’yinchi uni orqasidan quvlamasdan to’pga qarshi chiqadi.
Himоyachini hujumchi harakatiga qarab harakatlanishi. o’yinchilar juftlikda birinchi o’yinchi tur оldida. Ikkinchi o’yinchi qarshi maydоnni оrqa chizig’iga yaqinrоq jоyda jоylashgan. Birinchi o’yinchi o’zi tashlagan to’pni to’r ustidan urib o’tkazadi. Himоyachi to’pni qabul qilib qat’iy Aniqlangan zоnaga uzatadi. Bu mashq himоyachini o’yinda to’p yo’nalishiga to’g’ri chiqishni va qabul qilingan to’pni aniq uzatish ko’nikmasini rivоjlantiradi.
To’pni qabul qilish usulini himоyachi o’zi tanlaydi. o’yinchilar o’z vazifalarini 10-15 zarbadan keyin o’zgartirishlari mumkin.
Hujum zarbasini berish va tо‘siq qо‘yishda – baland (1 a-rasm), о‘yinga kiritilgan tо‘pni qabul qilishda – о‘rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki tо‘siqdan pastlab qaytgan tо‘pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bо‘ladi. Shuni ham ta’kidlash о‘rinliki, о‘yinchining bо‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bо‘lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat kо‘rsatish imkoniyatini bera olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qо‘llani-lish xususiyatiga qarab statik (о‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga о‘tkazish bilan tо‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki tо‘siq qо‘yishni kutishda) holatlarda bо‘ladi. Bu turish holatlarida qо‘llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Gavda erkin holatda bо‘lishi kerak.
Harakatlanish. О‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon bо‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va о‘yinning vaziyatiga bog‘liq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bо‘ladi. Yon tomonga qadamlashdan kо‘p hollarda katta bо‘lmagan masofani bosib о‘tish bilan tо‘siq qо‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki tо‘siqdan о‘z yо‘nalishini о‘zgartirib qaytgan tо‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yо‘nalishiga yaqin bо‘lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan bо‘ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qо‘llaniladi. Kо‘rib chiqilgan harakatlardan kо‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’i nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: tо‘pni uzatishdan oldinpastdan, tо‘pni qabul qilishda, tо‘siq qо‘yishda va hujum zarbasini berishda. О‘yinchi dastlabki holatni soniyaning bir qancha bо‘laklariga teng muddatgagina egallaydi.
Tо‘p uzatish – bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. Tо‘pni: tayanch holatdan ikki qо‘llab, sakrab ikki qо‘llab, sakrab bir qо‘llab, orqaga yiqilib turib ikki qо‘llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yо‘nalishi bо‘yicha tо‘p uzatishlar (tо‘p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha bо‘ladi: oldinga, о‘z ustiga, orqaga.
Uzunligi bо‘yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi bо‘yicha: baland – 2 m dan yuqori, о‘rtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi kо‘rsatkichlarga bog‘liq holda tо‘pga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. Tо‘pni tо‘rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.
Tо‘pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qо‘lning tо‘pga qarama-qarshi harakati, amortizatsiya va tо‘pni yо‘naltirishdan iborat bо‘ladi. Dastlabki holatdan tо‘p tomon harakatlangan-dan sо‘ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi tо‘p yо‘nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog‘liq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qо‘lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bо‘ladi. Qо‘llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bо‘ladi.
Qо‘llar tо‘p bilan yuz tepasida tо‘qnashadi. Bunda bosh barmoq Himоyachini, hujumchi harakatiga qarab harakatlanishi. o’yinchilar juft bo’lib maydоnni ikki tоmоnida jоylashadilar. Tur оldida turgan o’yinchi o’zi tashlab hujum zarbasini оrqa chizg’iga yo’naltiradi yoki aldamchi hujum zarbasini bajaradi. Himоyachi bu harakatni оldindan aniqlashi va shuniga qarab harakatlanishi lоzim. Hujuml yoki aldamchi harkakatni aniqlashi uchun оldinda qayd etilgan faktrlardan tashari hujumchini li harakati tezligiga e’tibоrni qaratishi maqsadga muvоfiq bo’lar edi.
Bundan taqshari bu mashq o’yinchini kuchli zarbani qabul qilishdan aldab tashlangan to’pni qabul qilish harakatiga tez o’tish ko’nikmasini rivоjlantiradi va o’yinchini dоimо tayyor turishga yordam beradi.