YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
1.4 O‘yinlar. Harakatli o'yinlar bolalar va o'smirlami tarbiyalashda eng muhim va amaliy vositalardan biri bo'lib hisoblanadi.
Harakatli o'yinlar turli xarakterdagi to'siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlami ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan jismoniy mashqlaming turli kompleksini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda bolalarga quvonch baxsh etadigan musobaqa momentlari ham harakatli o'yinlar jumlasiga kiradi.
Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o'yinlari taqlid qilish xarakteriga ega bo'ladi. Bola tevarak-atrofdagi borliqni kuzatadi, uning elementlarini o'yinga kiritadi va shu o'yin vositasida o'zini qurshab turgan olamni bilib oladi, unda rurmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo'ladi.
O'quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi, tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o'ynash bilan bu hodisa va harakatlaming ma'nosiga tushuna boradi, asta-sekin hayotiy tajribaga ega bo'ladi, qiyinchiliklarni yengishga o'rganadi, unda harakat ko'nikmalari hosil bo'ladi va uning tasawurlari boyib boradi.
Boialarning o'zlari ijod qilib o'ynaydigan o'yinlariga keng o'rin berilishi zarur. Ammo bunday o'yinlarni ota-onalar hamda tarbiyachilarning e'tibori va rahbarligidan chetda qoldirib bo'lmaydi. O'yinni asta-sekin to'g'ri yo'lga solish bilan bolalarda kuzatuvchanlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, mehnatsevarlikni o'stirish va ularni atrofdagi vaziyatga, o'zining va o'rtoqlarining harakatlariga to'g'ri baho bera bilish hamda shaxsiy muvaffaqiyatsizlikka nisbatan to'g'ri rrtunosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash lozim.
Shunday qilish bilan bola asta-sekin zaruriy malakalarga ega bola boradi va shu malakalar rufayli u o'z kuchini to'g'ri saiflay oladigan, o'yin paytidagi turli vaziyatlarda yaxsrti o'ytab harakat qila oladtgan va kelgusida, tajribasining ortishiga qarab, turmushdb uchraydigan qiyinchiliklarni osongina yenga oladigan bo'ladi.
Bolani oilada tarbiyalashda ham, bog'chada tarbiyalashda ham uning tevarak-atrofdagi olamni bilishga aknv intilishi dastlab o'yinda n -noyon bo'ladi. O'yin protsessida ulaming biuliq haqidagi tushunchalari chiiquriashadi va mustahkamlanadi.
Xalq o'yinlarini sport amaliyotida qo'llash imkoniywiEar?
Ma'Iumki, yosh bolalarni sport bilan munta2an. shug'ullantirishga jalb qilish tanlov asosida olib boriladi. Tarvlov dasturining talablari bolani bo'yi, og'irligi, gavdasini tuzilishi - qomati kabi belgilarni aniqlash va ularga baho berishdan iborat. Bundan tashqari, tanlov, psixologik va jismoniy qobiliyatlarni baholovchi sinov vositalari yordamida qilinadi. Mazkur sinov natijalari u yoki bu sport turiga mos kelsa, bola shu sport turiga shu sport bilan shug'ullanishga qabul qilinishi maqsadga muvofiq deb topiladi. Bu masalaga to'g'ri yondoshish demakdir.
Afsuski, kuzatish natijalariga ko'ra va tanlov dasturida, na tanlab olingan bolani boshlang'ich sport tayyorgarligi davrida xalq o'yinlari yoki ularni mazmunan shakllangan tarkibiy qismini sport amaliyotida qo'llash mumkinmi?
- Ha, - deb javob bersak yanglishmagan bo'lamiz. Buni quyidagi misolda ko'rish mumkin. Bolani sport malakasiga o'rgatishda, mazkur malakani texnik nuqtai nazaridan klassik namunasi, ya'ni nusxas; namoyish etiladi. Bolalardan ana shu nusxani o'xshatib bajarishni talab qilinadi. Lekin bunday talab texnik mahoratni ko'chirma shaklida takomillashishiga olib kelishi mumkin, jumladan o'ziga xos shaxsiy texnik mahorat shakllanmasligi ehtimoldan xoli emas. Shu o'rinda: "Texnika" o'zi nima, u qanday ma'noni bildiradi? - degan savol tug'iladi. Bu savolning javobi tafsil qilinayotgan masalaga to'g'ri yondoshishga yordam beradi deb o'ylaymiz.
"Texnika" atamasi aslida yunoncha (texnus) so'zi bo'lib, o'zbek rilida "san'at" ma'nosini anglatadi. Miloddan avval 776 yiildan boshlab har 4 yilda Olimp tog'ida xudo Zevs sharafiga o'tkazilgasi Kmumyunon bayrami musobaqalarida ishtirokchilar 2 g'ildirakli aravada tez yurish, mushtlashish, beshkurash sport turlari bo'yida o'z san'atlarini namoyish etishgan. Demak, sport 'ham o’ziga hos qoidalari asosida bajariladigan san'atdir.
Sport malakalalri faqat muhtazam ravishda, maqsadga muvofiq takomillashtirilib borilsagina san'atga aylanadi. Mashg'ulotlarda harakat malakalariga yangi texnik uslublarni kashf etish shaxsiy texnik mahoratni oshishiga olib keladi, g'alaba sari yetaklaydi. Texnik tornondan yangi harakat uslublari ko'proq vaziyatli o'yinlarda sportchi yoki o'yinlar tomonidan kashf etiladi. Masalan: voleybolda yaponcha usulda to'pni o'yinga kiritish yoki yapon voleybolchisi Morita kashf etgan, hujumda qo'llaniladigan harakat finti. Yengil atletikada: 'Flos-beri Flop" o'zining balandlikka sakrash usulini kashf etib, uni burun jahonga tanitdi.
Demak, mashg'ulotlarda bo'lajak sportchilardan bajariladigan bir yoki bir necha harakat malakalarini nusxasini talab etmasdan ma'Ium darajada ijodiy harakat ekanligini yaratadigan imkoniyat, vaziyat tug'dirish kerak.
Shuni aytish muddaoki, ijodiy harakat erkinligi ayniqsa xalq o'yirdarida, jumladan milliy sport turlarida, harakatli o'yinlar jarayonida o'z aksini topadi. Bunday o'yinlar o'z mazmuni va o'yin harakatlarini bajarish sharriga qarab bo'lajak sportchiga zarur bo'lgan, ya'ni vaziyatga munosib malakalami rivojlantirishga yoki harakatni yangi uslublarini kashf etishga imkon tug'dirib beradi. Jismoniy sifatlarni, maxsus texnik malakalami takomillashtirishda qo'llaniladigan jismoniy mashqlar ko'pincha bolalar organizmiga keskinroq va "chuqurroq" ta'sir qilishi mumkin, natijada charchash holati tezroq vujudga keladi.
Bu borada xalq o'yinlari va umuman harakatli o'yinlar bolalarni charchashdan chalg'ituvchi tarbiyaviy va ijtimoiy mazmunga'ega bo'Igani uchun organizmga ancha yengliroq ta'sir etadi. Shunday ekan, bu o'yinlar tanlab olgan sport turiga xos-maxsus malakalami takomillashtirishga juda qo'l keladi.
Jismoniy sifatlarni rivojlanririshda esa, ayniqsa yosh bolalarda o'zbek xalq o'yirdarini aharniyati cheksizdir. Q\unki standart jismoniy mashqlarni qayta-qayta bajarish boia organizmida tezda charchash holatlarini vujudga keltiradi. Bu holat bolaxu ruhiyatiga ta'sir etish nadjasida ro'yobga keladi.
Milliy harakatli o'yinlarni mashg'ulollar davomida qo'llash bolalarda katta qiziqtsh uyg'otadi, ularning kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 'Ushbu holatlar asa organizmda charchash asoratlarini ertaroq vujudga kelishiga yo'l qo'ymaydi, zo'riqish holatlarini oldini oladi.
Bolatar oilada va bolalar muassasalarida , tatbiyalahganda butunlay o'yin va ermaklar bilan band bo'lsalar, maktabga kirish bilan ularning asosiy qiziqish va e'tibori o'qishga qaratiladi.
O'yin boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun shunday bosqichki, bunda ular yangi bilim va tushunchalarni egallashga qaratilgan mustaqil faoliyatni boshlaydi. Bolalar maktab tajriba uchastkasida ishlash va uyda foydali mehnat qilishdan tashqari, bo'sh vaqtlarining bir qismini turll o'yin va ermaklarga sarflaydilar.
Bunday qilish ularga o'z ehtiyojlaiini qondirish va yaxshi dam olish imkonini beradi.
Harakatli o'yinlar bola harakatlarini o'stirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan yurish, yugurish, sakrash, biror narsani irg'itish yoki uloqtirish, biror narsaga tirmashib chiqish kabi mashqlarni o'z ichiga oladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy etadi, yurak va nafas olish sistemasining faoliyati yaxshilanadi.
Biindan tashqari harakatli o'yinlar bolalarni jismoniy jihatdan o'stirish uchungina emas, balki aqliy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jamoa bo'lib o'ynaladigan o'yinlarda bolalarda maqsadga erishish uchun farosatlilik va qat’iyatlilik ko'rsatish, jamoa oldida, o'z xatti-harakatlari uduihgina etnas, balki o'rtoqlarining xatti-harakalaii uchun ham mas'uliyatni sezish xislatlari tafbiyalanadi.
O‘yinlar jismoniy tarbiyaning keng tarqalgan vositalaridan biri bo‘lib, shug‘ullanuvchilar tomonidan ixtiyoriy tarzda belgilangan shartli maqsadga erishishga qaratilgan ongli, faol va tashabbuskorlik faoliyatidan iboratdir.
O‘yinlarning harakatli va sport turlari mavjud.
Harakatli o‘yinlarga asosan umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan va o‘yinchilardan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan o‘yinlar kiradi: ular erkin, xilma – xil va oddiy harakatlardan tuzilgan bo‘lib, asosan katta muskul guruhlarni ishga jalb qiladi va o‘z mazmuni qoidalariga ko‘ra soddadir.
Sport o‘yinlariga sport harakteridagi belgilarga ega bo‘lgan o‘yinlar kiradi: ular o‘yinchilarning tayyorgarligini va sport mahoratini oshirishni talab qiladi.
Sport o‘yinlari o‘yinchilarning o‘z jamoasi g‘alabasi va shaxsiy birinchilik uchun olib boriladigan kurashi bilan xarakterlanadi. Ular qoidalari va texnikasining murakkabligi, o‘yin shartlari va qoidalarining barqarorligi bilan harakatli o‘yinlardan farq qiladi. O‘yinlar ayniqsa bolalar va o‘smirlarni har tomonlama jismoniy tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, chunki bu o‘yinlarga odatda kishining asosiy tabiiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ilib olish, qarshilik ko‘rsatish va boshqalar) qilinadi. Bundan tashqari, o‘yinlarda bu harakatlar juda xilma – xil birikmalar holida uchraydi.
Bolalar va yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida o‘yinlarni muntazam o‘tkazib turish ularda asosiy ko‘nikmalarning shakllanishga, tezkorlik kuch va chidamlilikning o‘sishiga yordam beradi, ular organizmning faoliyatini yaxshilaydi, ish qobiliyatini kengaytiradi va sog‘liqni mustahkamlaydi.
O‘yinlar o‘zining serhayajonligi bilan ajralib turadi, chunki ularda hamisha shaxsiy sifatlar, tashabbuskorliklarini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar mavjud. O‘yinlar zavq bag‘ishlaydi, yaxshi kayfiyat hosil qiladi, do‘stlik, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.
O‘yinlarda ishtirok eta turib bolalar fan va tabiat haqidagi to‘g‘ri tushunchalarni o‘zlashtiradilar hamda tabiatshunoslik, arifmetik va geografiyaga oid mashg‘ulotlarda olgan ayrim bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlaydilar. Bolalar o‘ynayotib o‘yin qoidalariga vijdonan amal qilishning ahamiyatini bilib oladilar. Bu faqat ayrim o‘yinchi uchun emas, balk umuman jamoa yoki boshqalar uchun ham muhim ahmiyatga ega. Bu yerda umumiy maqsadga erishishda ahillik, birgalikda harakat qilishning zarurligi tushunib yetiladi. Bu o‘z navbatida bolalarda o‘rtoqlik hislarini tarbiyalashga yordam beradi.
Turli xil o‘yinlarga kiritiladigan murakkabliklar, uchraydigan qiyinchiliklarni yengish vash u bilan bog‘liq ravishda eng oqilona harakat va usullar qo‘llash, shuningdek, ilgari o‘zlashtirilgan harakat ko‘nikmalaridan keng foydalanish bolalarda matonatni, botirlik va qiyinchiliklarni yenga olishni tarbiyalaydi. O‘yin qoidalariga rioya qilish va barcha zarur harakatlarni bajarishga oid talablar intizomini tarbiyalaydi. O‘yin qoidalarini N.K.Krupskaya o‘yinlarga katta ahamiyat beradi. U “o‘yinlarda bolalarning o‘sish yoki kuchi o‘sadi, qo‘li qattiqlashadi, tanasi chayirlashadi, ko‘zi aniq ko‘radigan bo‘ladi, faxmi, topqirligi, tashabbuskorligi o‘sadi”, - deb yozgan edi. U o‘yinlarning yaratuvchilik va tarbiyalovchi ahamiyatini ta'kidlash maqsadida bunday degan edi: “Bilamizki, bolalar faqat o‘qishdagina o‘sib qolmaydilar, balki, o‘yin jarayonida ham o‘rganadilar, uyushishga, hayotni anglashga o‘rganadilar”.
N.K.Krupskaya shunday ta'lim bergan ediki, o‘yinlar mohirona tanlanganda va o‘tkazilgandagina ular biz kutgan foydani keltirish mumkin.
“Bag‘ritoshlik, qo‘pollik, milliy nafrat uyg‘otuvchi, asab tizimiga yomon ta'sir etuvchi, jazava uyg‘otuvchi, shuxratparastlikka undovchi o‘yinlar mavjud. Muhim tarbiya ahamiyatiga ega bo‘lgan, irodani mustahkamlovchi, adolatlilik, mushkul ahvolda qolganda yordam berish hissini tarbiyalovchi o‘yinlar ham bor”.
O‘yinlarga jismoniy tarbiya vositasi sifatida A.S.Makarenko ham katta e'tibor bergan edi. U o‘yinlar bolalar uchun zarur hamda ular bolalar va o‘smirlarni mehnatga tayyorlashning ta'sirchan vositalaridan biri deb hisoblangan edi.
“Ish, - deb yozgan edi Makarenko, - kishining ijtimoiy ishlab chiqarishda yoki unga rahbarlik qilishda ishtirok etishidir. O‘yin o‘z oldiga bunday maqsadlarni qo‘ymaydi, uning ijtimoiy maqsadlarga bevosita aloqasi yo‘q, lekin o‘yin ijtimoiy maqsadlarga bevosita aloqasi yo‘q, lekin o‘yin ijtimoiy maqsadlarga bevosita daxldor: u kishini ish uchun zarur bo‘ladigan jismoniy va psixik harakatlarga ko‘niktiradi”.
O‘yinlar bolalar va o‘smirlarda ongli intizom, burch va mas'uliyat hissini, bo‘lajak xodim fuqoroga xos yaxshi, ilg‘or fazilatlarni tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi, shuning uchun bolalarning o‘yinga bo‘lgan barcha intilishlarni har tomonlama rag‘batlantirish kerak.
A.S.Makarenko o‘yinlarni tanlashaga va ularni o‘tkazish uslubi katta talablar qo‘ygan edi. Ana shu majburiy talablardan biri o‘yinlarda bolalarning ijodiy, faol faoliyat ko‘rsatish hisoblanadi. Agar bolalar bunday o‘yinlarni o‘ynashda passiv bo‘lsalar, qiyinchiliklarni yenga olmaydigan loqayd kishilar bo‘lib yetishadilar.
A.S.Makarenko tarbiya sohasidagi katta tajribaga asoslanib, o‘zining o‘yinlar to‘plamini yaratdi. U bolalar o‘yinining rivojlanishida uch bosqichni farqlash kerak, deb hisoblaydi. Birinchi bosqichdagi o‘yinlar 6 yoshgacha davom etadi. Bu davrda o‘yinlar individual xarakterda bo‘ladi, ular hali bolalarni harakterda birlashtirmaydi. Bu o‘yinlar bolalarning jismoniy kuchi va aqliy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lish kerak.
Ikkinchi bosqich 11-12 yoshgacha davom etib, kichik maktab yoshdagi bolalarni qamrab oladi. Bunda o‘yinlar jamoa xarakter kasb eta boshlaydi; ularda hali o‘quvchilarning o‘zaro munosabati, o‘yin qoidalari murakkab emas, lekin o‘yinlarda har xil o‘quvchi o‘yin jamoasining a'zosi hisoblanadi. Ikkinchi bosqich o‘yinlarda asta – sekin uchinchi bosqichga o‘tish ro‘y beradi. Bu vaqtga kelib bolalar faqat o‘yinda, emas balki o‘qishda, mehnatda ham jamoaga mustahkam birlashadilar. Uchinchi bosqich o‘yinlarida qatnashuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashadi, qoidalar aniqlashadi, texnik ko‘nikmalar o‘yinda ishtirok etishda zarur bo‘lib qoladi. Jamoa manfaati asosiy, xal qiluvchi bo‘lib, qoladi. Shunday ekan butun jamoa harakteri asosiy harakterga aylanadi. O‘yinlar sport o‘yiniga xos harakter kasb etadi.
A.S.Makarenko o‘yin bosqichlarini shartli ravishda uchga bo‘lib, bolalar o‘yinini ota – onalar, pedagoglar, tarbiyachilar tomonidan sistemali kuzatilishi mustahkam nazorat, rahbarlik qilinishi kerakligi haqida gapirgan edi. Birinchi bosqichda shunga erishishi kerakki, bolalar o‘z o‘yin faoliyatlarini oxiriga yetkazmasinlar, birinchi o‘yinda qo‘yilgan vazifani unitib, hal etmasdan boshqa o‘yinga o‘tib ketmasinlar. Ikkinchi bosqichdagi harakterli o‘yinlarni o‘tkazishda bolalar jamoa o‘yinlarda ishtirok etayotganliklarini, ularga o‘yindagi sheriklarga, kishilarga to‘g‘ri munosabatni singdirishni, ular ijtimoiy xulq namunasini berishni yodda tutish kerak. Rahbar o‘yinda alohida bolani emas, balki butun jamoani nazarda tutish lozim. Uchinchi bosqichda har bir o‘yinchi va butun jamoaning uyushganligi, intizomliligi oldingi o‘rinlardan biriga chiqadi.
O‘yinlar shunday yo‘nalish kasb etadiki, natijada bola jamoa manfaatini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yishga o‘rgatsin, o‘yinda o‘z o‘rtoqlarini, jumladan, o‘z rahbarlarini hurmat qilsin. O‘yinlar oldidan muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib turilishi lozim. Chunki bu o‘yinchining o‘z kuchiga ishonchini tarbiyalaydi, o‘yin jarayoni unga zo‘r qoniqish beradi. O‘yinga tayyorgarlik qanchalik muntazam, ratsional bo‘lsa, ular shunchalik qiziqarli bo‘ladi.