Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish



Yüklə 220,5 Kb.
səhifə9/14
tarix02.05.2023
ölçüsü220,5 Kb.
#105841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

3.2 Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Programma materiallarini muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirish va o‘yin davomida o‘yinchilarning faolligini oshirish uchun o‘rgatishning didaktik yo‘llarini hisobga olib, shu holda darsining har xil formalarda harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishga bo‘lgan pedagogik talablarni bilish va ularni to‘g‘ri qo‘llana olish lozim. Bunda o‘yinni tanlash, tayyorgarlik ko‘rish, o‘yinga rahbarlik qilish va uni yakunlash o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi.
O‘yinni tanlashda quyidagilar hisobga olinadi: 1. Darsning qaerda va qanday formada (jismoniy tarbiya darsida, tanaffusda, sport seksiyasida, bayram kechasi va boshqalarda) o‘tkazilishi.
2. Dars oldiga jismoniy tarbiya bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar. Masalan: 1 sinfda jismoniy tarbiya darsida quyidagi vazifalar qo‘yilishi mumkin: to‘satdan o‘zgaruvchan sharoitda yugurish yo‘nalishini tez o‘zgarishga o‘rgatish. Bunda darsda “Quvnoq bolalar” singari o‘yinlari qo‘llanilishi mumkin.
3. O‘yin tanlashda yana muhim bir elementni, ya'ni darsning qismini hisobga olish lozim. Ma'lumki, dars 4 qismdan: kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlovchi qismlardan iborat. Birinchi – kirish qismida o‘yinchilarni uyushtirishga yordam beradigan, murakkab bo‘lmagan, kam harakat talab qiladigan o‘yinlar qo‘llaniladi. Ikkinchi – tayyorlov qismida o‘yinchilarning organizmlarini darsni asosiy qismiga tayyorlash zarur. Bu maqsadda umumiy jismoniy tayyorlov mashqlari, ya'ni kurash hamda sakrashlar bilan bajariladigan, o‘rtacha talab qiladigan o‘yinlar qo‘llaniladi. Uchinchi – asosiy qismida harakat malakalarini takomillashtiradigan, jismoniy va psixologik sifatlarni chiniqtiradigan va organizmning funksional tayyorgarligini yaxshilaydigan hamda hamda katta harakat talab qiladigan o‘yinlar qo‘llaniladi. To‘rtinchi – yakunlovchi qismida jadal harakatlardan so‘ng faol dam olishga, shug‘ullanuvchilar organizmning nisbiy tinch holatga o‘tishi va ularning diqqatini bir yerga to‘plashga yordam beradigan o‘rtacha hamda kam harakat talab qiladigan o‘yinlar qo‘llaniladi.
4. Biror pedagogik vazifani hal qilish uchun o‘yin o‘tkaziladigan joyning sharoiti va jihozlarining mavjudligi.
5. Jismoniy tarbiya tarbiya darslarida harakatli o`yinlarni jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari bilan birga qo``lash, bunda ularni boshqa mashqlar orasidagi o`rinni to`g’ri belgilash.
O`yinga tayyorgarlik ko`rish metodik jihatdan to`g`ri o`tkazish, o`yinchilarning ijodiy fikr yuritishi, ularni tashkilotchilik qobilyatini o`stirish mashg`ulot vazifalarni to`la xal qilishda, va nihoyat, mashg`ulotning samarasini oshirishda juda katta ahamiyatga ega.

  1. O`yinni o`tkazish uchun eg avval joy va kerakli jihozlarni tayyorlab olish lozim. Agar o`yinni biron xona yoki sport zalida o`tkazish mo`ljallangan bo`lsa, unda bu yerda qatnashuvchilarning erkin haakatlanishiga xala beradigan narsalar bo`lmasligi kerak. Oynalarning hammasini panjaralar bilan to`silgan, xona yaxshi shamollatilgan, pol nam latta bilan artilgan, o`quvchilarning o`yindan so`ng dam olishlari uchun bir necha gimnastika o`rindiqlari qo`yilgan bo`lishi sahrt. Bu o`rindiqlar bazi bir xarakatli o`yinlarda oydalanishi mumkin.

O`quvchilarni tozalikka, ozodalikka va mehnatga o`rgatish maqsadida hamma o`yinlarga tayyorgarlik ishlarini ular bilan birgalikda bajarish lozim. Ko`pgina harakatli o`yinlarni o`tkazish uchun turli jihozlar: bayroqchalar, rangli boylagichlar, tayoqchalar, to`plar, bulavalar, raketkalar va boshqaalar ishlatiladi. Jihozlar rangli va yetarli miqdorda, kattaligi hamda og`irligi o`yinchilarning kuchiga mos keib, did bilan tayyorlangan bo`lishi lozim.


Dars samarali bo`lishi uchun jhozlar maxsus mxsus ajratilgan joylarga tayyor holda saqlanishi kerak. Jihozlarni ozoda saqlash, qatnashuvchilarga tarqatish va yig’ib olishda o’yinchilarning faol qatnashishlari maqsadida bu muvofiqdir. Jihozlar o’yinchilarga o’yinning maqsad va vazifasi tushuntirib berilganidan so’ng tarqatiladi.
2. O’yinchilarni maydonda saflash va to’g’ri joylashtirish ham mashg’ulot natijasiga katta ta’sir ko’rsatadigan omillardandir. Shuning uchun o’yinni tushuntirish paytida o’yinchilarni maydonda pedagogni yaxshi eshitib va ko’rsatib turadgan qilib joylashtirish lozim. Bunda o’yinning mazmunini xisobga olish va e’tibordan chetda qolmaslik kerak, albatta.
O’yinchilarni quyo’shga yo’ki boshqa yorug’likka qarashi saflantirishi mumkin emas. Chunki bunday paytlarda o’yinchilar raxbarni ko’rmaydilar, natijada uning ko’rsatmalarini tushunmay qolishlari mumkin. O’z navbatida tushuntirish chog’ida pedagog va barcha o’yinchilarni korib turish lozim. Buning uchun u yoru’glik manbaiga yon tomoni bilan turishi darkor.
O’yinchilar maydonda o’yinga kirishish oldidan dastlabki holatni egallab olganlaridan so’ng kapitanlar tanlanadi. Bularning barchasi o’qituvchilarga raxbarning ko’rsatmalarini to’g’r, aniq va tez tushunib olishlariga yordam beradi.
Sardor vazifasini bajaruvchini tanlash uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, bunga jismoniy tayyorgarligi zo’r bo’lsa o’yinchilar tanlanadi. Bu esa o’yin davomida o’yinchilarning faolligini oshirishga yordam beradi. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, kapitan vazifasini iloji boricha ko’proq o’yinchilar bajargani ma’qul. Ana shunday qilinganda o’quvchilarga tashkilotchilik, boshqaruvchilik sifatlari tarkib topadi.
A.Sardorni raxbarning o’zi ham tayinlashi mumkin. Bu usulning ijobiy tomoni shundaki, rahbar tayyorgarligi muayyan o’yin sardorning talablariga javob bo’ladigan o’yingini tayinlaydi. Bundan tashqari, vaqtni tejash imkoni bo’ladi. Ammo bu usulning salbiy tomoni ham bor. Bu ham bo’lsa, o’yingilarning sardorni tanlashda faol qatnashmaslikdadir. Ushbu usul o’yin qatnashchilari bir birlari bilan yaxshi tayinlangan paytida rahbar qatnashuvchilarga nima uchun shu o’yingina tanlanganligini qisqacha asoslab beradi.
B. Sardor qurga tanlash, “ sanash” va boshqa yo’llari bilan tayinlash mumkin. Buning uchun o’yingilar doira shaklida saflanadilar. Bunga “sanash” ohiri kimga borib to’xtasa, shu o’yingi sardor qilib tayinlashadi.
Sardorni yana matematikadan yoki adabiyotdan berilgan savollarga o’yingilarning qaytargan javoblari asosida ham tayimlash mumkin. Masalan “ o’zbek yozuvchilardan kimlarni bilasiz? ” savollariga qaysi o’yingi birinchi bo’lib, javob qaytarsa, shu sardor bo’ladi.
B.Sardorni o’yingilarning o’zlari tanlashlari eng ma’qul usul hisoblanadi. Bolalar odatda, tayyorgarligi va fazilatlari jihatdan o’zlaridan ancha ustun bo’lgan o’yingilarni tanlaydilar.
Mashg’ulot davomida sharoitga, o’yinning harakteri va o’yingilarning kayfiyatlarga qarab sardor tanlashning har hil usullaridan navbatma-navbat qo’llangan maqsadga muvofiqdir.
G. Darsda yoki oldingi o’yinlarda muvaffaqiyatli qatnashgan o’yingilarni rag’batlantirish maqsadida ularni sardor qilib tayinlash ham ancha ma’qul usullardan hisoblanadi.
Z.O’yinning muvaffaqiyatli o‘tishi uni o‘yinchilarga tez va ravshan tushintirib berishga bog‘liq. Bu esa qatnashuvchilarning o‘yinda ongli ravishda faol qatnashishini ta'minlaydi. O‘yinni tushuntirishni quyidagi reja asosida olib borish tavsiya etiladi:
a) o‘yinning nomi;
b) o‘yinchilarning joylashishi;
v) sardorlarning vazifalari;
g) o‘yinning borishi;
d) o‘yin qoidasi;
ye) o‘yin natijasi;
O‘yinning mazmunini hammaga tushunarli qilib qisqacha gapirib berish, uning asosiy qoidalarini tushuntirish katta ahamiyatga ega.
O‘yinchilar o‘yinning mazmunini puxta tushinib olishlari uchun qatnashuvchilarning ba'zi bir harakat usullarining o‘zlari ham jalb qilinsa, yana yaxshi bo‘ladi. Tushuntirishdan so‘ng savollar tug‘ilib qolsa, rahbar bu savollarga hammaga eshitarli qilib javob qaytaradi.
O‘yinga rahbarlik. O‘yinning samarali o‘tishi unga qanday rahbarlik qilishiga bog‘liq. O‘yin shartli signal bilan boshlanadi. Rahbar hamma qatnashuvchilar o‘z o‘rinlarini egallab o‘yinga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qilgandan keyin o‘yinni boshlash uchun signal beradi. U o‘yinning boshdan oxirigacha qatnashuvchilarning harakatlarini kuzatib borib, uning to‘g‘ri rivojlanishini ta'minlaydi. Buning uchun esa o‘yinchilarning hatolarini iloji boricha o‘yinni to‘xtatmasdan turib bartaraf qilishga erishish lozim. Shu bilan birga kelishilgan signal bilan o‘yinchilarni o‘yindan to‘xtatishga odatlantirish kerak.
O‘qituvchi bolalarda o‘yin qoidalarini tushunib, aniq bajarishni tarbiyalashi lozim. Lekin o‘yinchilar o‘yin qoidalarini hali unga yaxshi tushunib yetmaganliklari tufayli, o‘yin qoidasining ba'zi bir elementlariga rioya qilmasliklari mumkin. Buning uchun o`qituvchi o`yinni hadeb to`xtatavermasligi lozim, chunki, o`yinchilarning qiziqishi pasayib ketadi. Shu jihatdan rahbar pedagik nazokatli bo`lishi ayniqsa qo`pollikning oldini olishi va unga yo`l qo`ymasligi lozim.
Pedagog o`yin davomida o`yinchilar orasida o`rtoqlik, do`stlik, o`zaro xurmat kabi fazilatlarning tarkib topishi va mustahkamlanishiga jiddiy e`tibor berishi, ular g’alabalardan mag’rurlanib, mag’lubiyatdan tushkunlikka tushib, o`yindan sovib ketmasliklarining kuzatib borishi muhimdir. Ayniqsa, o`quvchilarni komanda manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yishga o`rgatish katta ahamiyatga molik.
Har bir o`yin xolisona sud`yalikni talab qiladi. Agar o`yinning qoidalariga qanday rioya qilayotgani diqqat bilan kuzatib turilmasa, o`yin o`z pedagogik jihatni yo`qotadi.
Sud`yalik vazifasini o`yinchilardan birontasi bajarsa yana ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`yinchilarda tashkilotchilik qobiliyatlarini tarbiyalaydi. O`yinga o`yinchilar sud`yalik qilgan paytlarida pedagogning o`zi ham chetda turmasligi lozim.
Rahbar – sud`ya butun guruxning va ayni chog’da har bir o`yinchining harakatlarini kuzatib turish lozim. Noto`g’ri sud`yalik qilingan yoki komandalarning birontasiga yon bosgan sud`ya o`z obro`sini yo`qotadi, pirovardida o`yinchilar uning ko`rsatmalariga ahamiyat bermay qo`yadilar, intizom buziladi. Xolisona sud`yalik qilinganda esa o`quvchilarning harakat malakalari, jismoniy sifatlari, psixologik qobiliyatlari o`sadi va takomillashadi.
O`yin bir necha marta qaytarilganida yoki belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘yin to‘xtatiladi. O‘yinchilar charchab qolmasidan, o‘yinni to‘xtatish pedagogdan katta mahorat talab qiladi.
O‘yinni yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘yin tugagandan so‘ng o‘qituvchi butun guruhning va ayni chog‘da har bir o‘yinchining harakatlariga baho berib, uni yakunlaydi. O‘yinda faol qatnashgan va qoidani buzmagan o‘yinchilarni alohida qayd qilib o‘tadi.
O‘yinni to‘g‘ri yakunlash uni yanada chuqur egallashga o‘yinchilarning unga qiziqishlarini yanada chuqur egallashga yordam beradi. Yakunlash vaqtida o‘yinning ayrim noaniq bo‘lgan detallari aniqlanadi, ziddiyatli vaziyatlar esa hal qilinadi.
O‘yinni katta pedagog nazokat va mahorat bilan yakunlashda, o‘quvchilarning intizomlarini darsdan – darsga yaxshilashda, ularda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqishning ortishida ijobiy rol o‘ynaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari orasida o‘yinlarning o‘rni aniq belgilanishi va ular metodik jihatdan o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanish lozim. Darslarda o‘yinlar o‘quvchilarga sog‘lomlashtiruvchi ta'sir ko‘rsatish darkor. Shuning uchun ular metodik jihatdan o‘zaro tug‘ri va ko‘proq ochiq maydonlarda o‘tkazilgani ma'qul. O‘yinlar honalarda o‘tkazilgan vaqtda qulay gigienik sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarur.
Uzoq vaqt davomida, statik holatda sinfda shug‘ullangan o‘quvchilar faol dam olishlari lozim. Shu tufayli harakatli o‘yinlarni tanaffus vaqtida o‘tkazgan ma'qul. Harakatli o‘yinlar ijobiy tuyg‘ular uyg‘otadi, harakat faolligini oshiradi va uni rag‘batlantiradi.



Yüklə 220,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin