Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


Voleybol sport turiga tayyorlovchi harakatli o‘yinlar



Yüklə 220,5 Kb.
səhifə10/14
tarix02.05.2023
ölçüsü220,5 Kb.
#105841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

3.3 Voleybol sport turiga tayyorlovchi harakatli o‘yinlar.
Voleybolchilarning to‘p uzatishi.
O‘yin jihozlari joyi: maydoncha, zal yo‘lakcha, 1-2 ta voleybol to‘pi.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar bir – birlaridan 1-2 metr masofa narida doiraga saflanadilar. Boshlovchi to‘p bilan doira o‘rtasida turadi. Qatnashuvchilarning soni ko‘p bo‘lgan paytda o‘yinchilar ikkita mustaqil guruhga bo‘linadilar.
O‘yinning borishi. Boshlovchi to‘pni yuqoriga irg‘itib, keyin o‘yinchilarning birontasiga urib yuboradi. U o‘yinchi ham to‘pni yana boshlovchiga yoki boshqa o‘yinchiga uzatadi va hokozo. To‘p faqat panjalar bilan voleybol o‘yinining qoidasiga muvofiq uzatiladi.
O‘yinning maqsadi – to‘pni iloji boricha yerga tushurmasdan havoda uzatib turish, to‘p yerga tegishi bilan boshlovchilarning o‘rniga to‘pni yo‘qotgan o‘yinchi turadi. Avvalgi boshlovchi esa doiradan joy oladi. O‘yin belgilangan vaqt davomida davom etadi. Biron marta ham boshlovchi vazifasini o‘tamagan o‘yinchilar g‘olib chiqadilar.
O‘yin ikkita guruh orasida musobaqa tarzida o‘tkazilishi mumkin. Bunda to‘pni havoda uzoqroq tutib turgan guruh g‘alaba qiladi.
O‘yin qoidasi.
1. To‘pni faqat bir marta urib qaytarish mumkin.
2. Doiradan tashqariga urib yuborilgan to‘pni yerga tushirmasdan turib yana doiraga qaytarish mumkin.
3. To‘pni panja, bosh va yelka bilan turib qaytarish mumkin.
Voleybol elementlari bo‘lgan estafeta. O‘yin joyi, jihozlari, voleybol maydonchasi, zal, ikkita voleybol to‘pi, ikkita ustun yoki boshqa fanlar.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar ikkita jamoaga teng bo‘linadilar va bir – birlaridan 3-4 metr masofa start chizig‘i o‘tkaziladi. Start chizig‘idan 10-15 metr uzoqlikda g‘ar biri jamoaning ro‘parasiga ustunlar yoki boshqa fanlar qo‘yiladi. Qatorlarning birinchi juft o‘yinchilariga voleybol to‘plari beriladi.
O‘yinning borishi. Rahbarning signali bilan jamoalarning birinchi juft o‘yinchilari bir – birlariga to‘p uzatib, o‘z ustunlarigacha uguradilar va xuddi shu yo‘sinda orqalariga qaytadilar. Start chizig‘iga qaytishlari bilan to‘pni navbatdagi juft o‘yinchilarga uzatadilar. Mashqni bajargan o‘yinchilar qatorning orqasiga borib turadilar. Hamma o‘yinchilar mashqni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng o‘yin tugaydi. Mashqni birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘alaba qiladi.
O‘yin qoidasi
1. Yugurish vaqtida to‘p faqat voleybol o‘yinchining qoidalariga rioya qilgan holda uzatilishi lozim. To‘pni yugurish oldidangina ilib olish mumkin.
2. Yugurish vaqtida to‘p tushirib yuborilsa, o‘yinchi uni olish va mashqni davom ettirishi lozim.
3. To‘pni navbatdagi juft o‘yinchilarga faqat sport chizig‘iga qaytib kelgandan so‘ng uzatish mumkin.
4. Yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun jamoaga jarima ochkolari beriladi.
5. Mashqni tezroq bajargan va kam jarima ochko olgan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.
Voleybolchilar laptasi
O‘yin joyi, jihozlari. Voleybol maydonchasi, 3-4 ta voleybol to‘pi. O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar ikki jamoa to‘p uruvchi o‘yinchilar va voleybol to‘pini qabul qiluvchilarga bo‘linadilar. To‘p uruvchi o‘yinchilar voleybol maydonchasi chizig‘i orqasiga, to‘p qabul qiluvchilar maydoncha chizig‘i ichiga joylashadilar.
O‘yinning borishi. Signal berish, birinchi o‘yinchi to‘pni raqib tomonga uradi, o‘zi esa maydon atrofini yugurib chiqib, yana o‘z joyiga kelib turadi. Raqib komandaning o‘yinchilari esa birinchi o‘yinchi yugurib kelib o‘z joyiga kelib turguncha to‘pni o‘zaro uzatib turadilar. Yugurayotgan o‘yinchi joyga kelib turishi bilan to‘p uzatish to‘xtatiladi. O‘yin jamoaning hamma o‘yinchilari navbat bilan to‘p urib va maydon atrofini yugurib chiqishlariga qadar davom etadi. Shundan so‘ng to‘p qabul qilingan jamoa o‘yinchilarining necha marta o‘zaro to‘p uzatganliklari aniqlandi. Jamoalar o‘rin almashadilar va o‘yin davom ettiriladi.
O‘yin qoidasi.
1. to‘p urishda yo‘l qo‘yilgan xato uchun raqb jamoaga 10 ta to‘p uzatish qo‘shiladi.
2. Agar yugurib kelayotgan o‘yinchi maydon chizig‘ini bosib ketsa yoki boshqa xatolarga yo‘l qo‘ysa, raqib jamoaga besh ochko beriladi.
3. To‘p qabul qiluvchi jamoaning o‘yinchilari to‘pni voleybol o‘yinining qoidalariga rioya qilgan holda bir – birlariga uzatishlari lozim. Bu qoidalar buzilganda, jamoaning hisobidan beshta to‘p uzatish olib tashlanadi.



Yüklə 220,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin