YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Yugurib kelib yuqoriga va uzunlikka sakrash o‘yinlari. Ketma – ket sakrash
O‘yin joyi, jihozlari. Maydoncha, zal, arg‘amchilar.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar ikkita jamoaga bo‘linib, ularning har biri ikkita qatordan bo‘lib saflanadilar. Qatorning oralig‘i 2 metrga teng. Har juft o‘yinchilar arg‘amchilarni poldan 50-60 sm balandlikda tutib turadilar.
O‘yinning borishi. Rahbarning signalidan so‘ng har bir jamoaning birinchi juft o‘yinchilari tezlik bilan arg‘amchilarni polga qo‘yib, bir o‘ng, ikkinchisi chap tomondan o‘z qatorlari bo‘ylab yuguradilar va qatorlarning aylanib kelib ketma – ket yerda yotgan arg‘amchi ustidan sakrab o‘tadilar. So‘ng arg‘amchilarni Yana qo‘llarida 50-60 sm balandlikda tutib turadilar. Birinchi juft o‘yinchilar arg‘amchilarni yerdan ko‘tarishlari bilan ikkinchi juft o‘yinchilari o‘yinni davom ettiradilar. Oldingi o‘yinchilar o‘yin bajarayotgan o‘quvchilarga xalaqit bermay borib saf oxiriga turadilar. O‘yin shu zaylda davom etadi.
O‘yin qoidasi.
1. O‘yinchilar yugurib kelib, poldagi arg‘amchini yuqoriga ko‘targanlaridan keyingina navbatdagi juft o‘yinchi mashq boshlashi mumkin.
2. O‘yinchilar qatorlarining ikkinchi tomonidan – har biri o‘ziga yaqin tomondan yugurishlari lozim.
3. Qatnashuvchilar arg‘amchilar ustidan bir vaqtning o‘zida ham sakrashlari mumkin.
4. Arg‘amchilarni pastlatish man etiladi. Buning uchun jamoaga jarima ochkolari beriladi.
Sakrovchilar va tutuvchilar. O‘yin joyi. Maydoncha, zal, yo‘lak xona.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar ikki komandaga “Sakrovchilar” va “Tutuvchilar” ga bo‘linadilar. Har bir jamoa maydon yon chiziqlarining orqasiga bir qatorga saflanadilar. Maydonning bir chekkasiga birinchi sport chizig‘i chiziladi. Undan 3 metr narida ikkinchi sport chizig‘i o‘tkaziladi. Ikkinchi chiziqdan 10-12 metr narida esa eni 1,5-2 metrga teng bo‘lgan yo‘lak chiziladi.
O‘yinning borishi. “Startga!” komandasi berishi bilan sakrovchilar “jamoaning” to‘rtta o‘yinchisi ikkinchi start chizig‘iga, tutuvchilar jamoasining to‘rta o‘yinchisi esa ularning orqalaridagi ikkinchi chiziq oldiga borib turadilar.
“Diqqat!” bo‘yrug‘i berilishi bilan hamma o‘yinchilar yuqori borib, yo‘lakda yuqori start holatini egallaydilar.
“Marsh” bo‘yrug‘i berilgach, sakrovchilar tezlik bilan yugurib borib, yo‘lak ustidan sakrab o‘tib ketishga, tutuvchilar esa ularni tutushga harakat qiladilar. Bunda tutuvchilar esa sakrovchilarni yo‘lakdan sakrab o‘tgunlariga qadar tutushlari mumkin. Tutilmasdan yo‘lakdan sakrab o‘tib ketgan har bir o‘yinchi o‘z komandasiga bir ochko keltiradi. Shundan so‘ng o‘yinda navbatdagi o‘yinchilar qatnashadilar. Hamma musobaqalashib bo‘lgach, jamoalar o‘z rollarini almashadilar. Ko‘proq ochkoga ega bo‘lgan jamoa o‘yinda g‘alaba qiladi.
O‘yin qoidasi.
1. Tutuvchilar hoxlagan sakrovchilarni tutishlari mumkin.
2. Sakrash uchun depsingan o‘yinchini tutish mumkin, emas.
3. Yo‘lakdan sakrab o‘tmagan yoki uni chegaralab turgan chiziqni bosib ketgan sakrovchi ham o‘yinda tutilgan hisoblanadi.
Balandlikka sakrash o‘yini
Qarmoq
O‘yin joyi, jihozlari. Maydoncha, zal. Uzinligi 3-4 metrga teng, uchiga yarim qilib yirik qum to‘ldirilgan xaltacha bog‘langan arqoncha.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar doira hosil qilib turadilar, boshlovchi esa uning o‘rtasiga turadi.
O‘yinning borishi. Boshlovchi arqonchaning doira bo‘ylab aylantiradi. Hamma o‘yinchilar arqon oyoqlariga tegib ketmasligi uchun sakrab – sakrab turadilar. Oyog‘iga xaltacha yoki arqoncha tegib ketgan o‘yinchi davra o‘rtasiga kelib turadi va arqonni aylantiradi, boshlovchi bo‘lgan o‘yinchi esa uning o‘rniga davraga borib turadi. O‘yin belgilangan vaqtgacha dasom etadi. Biron marta ham xaltacha oyog‘iga tegmagan o‘yinchi g‘olib chiqadi.
O‘yin qoidasi.
1. Arqoncha aylantirilganda doiradagi o‘yinchilarga orqaga chekinish ta'qiqlanadi. Bu qoidani buzgan o‘yinchi tutilgan bo‘lib hisoblanadi.
2. o‘yinchilarni birinchilar va ikkinchilar deb, ikki jamoaga ajratish mumkin. Qaysi bir jamoa o‘yinchilari kamroq qarmoqqa tushgan bo‘lsalar, shu komanda yutgan hisoblanadi. O‘yin oxirida komanda g‘olibini tezda aniqlash uchun kimning necha marta qarmoqqa ilinganini hisoblab boriladi.
Polizdagi quyonlar
O‘yin joyi. Maydoncha, zal, yo‘lak.
O‘yinga tayyorgarlik. Maydonga ikkita doira chiziladi. Ularning diametri 3-4 va 6-8 metrga teng. Boshlovchi – “Qoravul” kichik doiraga “Polizga”, qolgan o‘yinchilar – “Quyonlar” – katta doiraning tashqarisiga joylashadilar.
O‘yinning borishi. Signal berilgach, quyonlar ikki oyoqlari bilan sakrab polizga tushishga, qoravul esa katta doira ichiga yugurib, quyonlarni tutishga harakat qiladi. Qoravulning qo‘li tekkan quyonlar tutilgan hisoblanadi va o‘rindiqqa borib o‘tiradi. 3-5 ta quyon tutilgandan so‘ng, eng chaqqon quyonlardan yangi qoravul belgilanadi. O‘rindiqdagi quyonlar yana o‘yinda qatnashishni davom ettiradilar. O‘yin oxirida biron marta ham tutilmagan quyonlar va quyonlarni ko‘p tutgan qoravullar g‘olib deb e'lon qilinadi.
O‘yin qoidasi.
1. Qoravul quyonlarni poliz ichida ham, katta doira ichida ham tutishi mumkin.
2. Quyonlar rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq bir yoki ikki oyoqlarida sakrashlari mumkin. Bu qoidani buzgan o‘quvchi tutilgan bo‘lib, hisoblanadi.