Yugurib kelib uzunlikka sakrash o‘yinlari. Uzunlikka sakrash estafetasi
O‘yin joyi, jihozlari. Maydoncha, zal, jamoalar nechta bo‘lsa, shuncha bayroqcha va tayoqchalar.
O‘yinga tayyorgarlik. Maydonchaning bir tomoniga start chizig‘i chiziladi. Bu chiziqdan 6-8 metr narida 1 metr kenglikda to‘siq undan 1-3 metr narida esa 3 ta doira belgilanadi. Doiraning har biriga bittadan bayroqcha yoki tayoqcha qo‘yiladi. O‘yinchilar u jamoaga bo‘linib, saflanadilar. Jamoalar start chizig‘iga yaqin joyda turadilar.
O‘yinning borishi. Startdagi o‘yinchilar rahbarning signalidan keyin oldinga yugurib, to‘siq ustidan sakrab o‘tadilar, qarshilaridagi doiraning oldiga borib, bayroqchaning yuqoriga ko‘taradilar, Yana joyiga qo‘yadilar va to‘siqni yonlab o‘tib, o‘z joylariga borib turadilar. Bayroqchani oldinroq yuqoriga ko‘targan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi va o‘z jamoasiga bir ochko keltiradi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘alaba qozonadi.
O‘yin qoidasi.
1. Startdan belgilangan signal berilgach, yugurish mumkin. Signaldan oldin yugurib ketgan o‘yinchi boy bergan bo‘lib hisoblanadi.
2. Bayroqchani yuqoriga albatta ko‘tarib, so‘ng Yana joyiga qo‘yib qo‘yish lozim.
3. Birinchi o‘yinchilar startdan yugurib ketgan zahoti, ikkinchilari startga tayyorlanadilar, undan so‘ng uchinchilari va hokozo.
4. o‘yinchilar o‘z saflariga yugurib yoki yurib qaytib kelishlari mumkin.
Yugurib kelib yuqoriga sakrash o‘yinlari. Parashyutchilar.
O‘yin joyi. Maydoncha, zal.
O‘yinga tayyorgarlik. O‘yinchilar ikkita teng jamoaga bo‘linadilar. Zalga 3-4 metr oralatib uchta gimnastika o‘rindig‘i qo‘yiladi. Bular samolyotlar bo‘lib, parashyutchilar ularning ustidan sakraydilar. Har bir o‘rindiqning ikkala tomoniga 80 sm masofada diametri 30 sm ga teng bo‘lgan to‘rtta doira chiziladi. Bundan tashqari, o‘rindiqlardan bir metr masofa narida diametri 40 sm ga teng yana bitta doira chiziladi. Bu doiralar parashyutchilarning yerga aniq sakrab tushishlariga mo‘ljallangan.
O‘yinning borishi. Birinchi jamoaning parashyutchilari samolyotlarga chiqariladi. Ularning to‘rttasi o‘rindiqning o‘ng tomonidagi doiralarga sakrash uchun tayyorlanadilar. Rahbarning signali bilan parashyutchilar samolyotlardan o‘z doiralariga sakraydilar. Doiraga aniq va yumshoq sakrab, muvozanatni saqlab qolgan o‘yinchi o‘z jamoasiga bir ochko keltiradi. Shundan so‘ng bu jamoa o‘yinchilari dam olishga ketib, ikkinchi jamoa o‘yinchilari dam olish uchun emas, balki sakrash uchun samolyotlarga chiqariladi. Keyingi galda o‘yinchilar navbat bilan o‘rindiqlarning old tomonidagi doiralarga sakraydilar. Mashqni to‘g‘ri bajargan o‘yinchilar yana o‘z jamoasiga bittadan ochko keltiradilar. Ko‘proq ochko to‘plagan jamoa g‘olib chiqadi.
O‘yin qoidasi.
1. O‘yinchilar navbat bilan sakrashlari lozim.
2. O‘yinchi doiraga sakraganda uning chizig‘ini bosib olmasligi kerak.
Natijalar
11 yoshli yosh voleybolchilarni jismoniy rivojlanishlarini o‘rganish maqsadida 2015 yili noyabr oyida hamda 2016 yilni may oylarida ikki marta qayd qildik, olingan testlar natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
Tajriba jarayonida to‘plangan ma'lumotlar taxlilidan ayon bo‘ldiki, voleybolchilarning gavda uzunligi bo‘yicha olingan testlarda tajriba guruhi bolalari 3,9 smga, nazorat guruhi bolalarida 3,5 smga o‘lchamligi aniqlandi.
Gavda og‘irligi ko‘rsatkichida esa tajriba guruhi bolalari 2,5 kg ga, nazorat guruhi bolalari esa 3.2 kg ga ortganligi ma'lum bo‘ldi.
Voleybolchilarni ko‘krak qafasini kengligini (tik holatda) o‘lchaganimizda tajriba guruhi balalarida 2,3 sm ga nazorat guruhidagi tengdoshlarida 2,1 sm ga kengaygan.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘rsatkichida tajriba guruxi bolalarida 65 ml.ga nazorat guruhi bolalaridagi voleybolchilarda 45 ml.ga ortgan. Qo‘l panta kuchi tajriba guruhida o‘ng qo‘l 2,1 kg ga chap qo‘l 1,8 kg ga, nazorat guruhidagi tengdoshlarida esa o‘ng qo‘l 1,7 kg ga, chap qo‘l 1,4 kg ga qo‘shilgan. Tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashda harakatli o‘yinlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekan.
12 yoshli voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi
1 – jadval
Oyoqlarni 30 sm oralig‘ida ochib yerga o‘tirib tizzalarni bukmasdan oldinga engashish (marta)
O‘
16
4.0
6.5
16
3.7
5.5
Bir daqiqa davomida qo‘llarni bukib yozish (marta)
O‘
16
22
27
16
23
25
12 yoshli voleybol bilan shug‘ullanuvchi bolalarni jismoniy tayyorgarligini aniqlash maqsadida 2015 yil noyabr oyidan 2016 yilni may oyigacha ikki marta shug‘ullanuvchilardan testlar oldik. Olingan testlar 2-jadvalda keltirilgan.
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan ma'lum bo‘ldiki, 30 m.ga yugurishda tajriba guruhi bolalarida 0,4 soniyaga, nazorat guruxi bolalari 0,2 soniyaga natijalari yaxshilangan.
4x10 m.ga yugurishda esa tajriba guruxi voleybolchilari 0,4 soniyaga, nazorat guruxidagi tengdoshlari 0,3 soniya natijalari yaxshilanishi bilan tezroq yugurishgan.
Turgan joyida uzunlikka sakrash testlarida tajriba guruxi voleybolchilari 21,3 sm. ga nazorat guruxidagidagi tengdoshlari 11,2 sm. ga dastlabki sakrashga nisbatan uzoqlikka sakrashgan.
Oyoqlarini 30 sm oralig‘ida ochib yerga o‘tirgan holatda tizzalarni bukmasdan oldinga engashishda tajriba guruhi bolalari 2,5 sm ga nazorat guruhidagi voleybolchilar esa 1,8 sm ga egiluvchanligi ortgan.
Bir daqiqa davomida govdani bukib yozishda tajriba guruhi voleybolchilari 5 marta, nazorat guruhi tengdoshlari esa 2 marta ko‘proq bajarishdi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan ayon bo‘ldiki, harakatli o‘yinlarni muntazam va ketma – ketlikda olib borilishi natijasida shug‘ullanuvchilarni jismoniy rivojlanishlari yaxshilandi.
12 yoshli voleybolchilarning jismoniy rivojlanishi
2 – jadval
XULOSA
1. Ilmiy izlanishlardan ma'lum bo‘ldiki, bugungi kunda voleybol bo‘yicha o‘zbek tilida chop etilgan adabiyotlar kam. Ko‘rilgan adabiyotlarda voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirish bo‘yicha manbalar kam uchraydi.
2. Olib borilgan tadqiqotlardan ayon bo‘ldiki, hozirgi kunlarda voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirishga e'tibor qaratilgan bo‘lsada lekin har bir sifat uchun mashqlar majmuasi ishlab chiqilmagan..
3. Shug‘ullanuvchilarni jismoniy sifatlarini oshirishda bolalarni jismoniy tayyorgarliklari yetarli inobatga olinmayapti.
4. Hozirgi kunda voleybol bo‘yicha ishlayotgan murabbiylar bilan olib borilgan suhbatlardan aniqlandiki, jismoniy sifatlarni oshirishga qaratilgan vositalarni to‘g‘ri qo‘llashda ularda qiyinchilik tug‘ilmoqda.
5. Voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirishga yordam beruvchi asbob – anjomlar yetishmasligi aniqlandi.
6. Voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirish uchun to‘g‘ri vositalarni mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanishi natijasida bolalarning jismoniy tayyorgarligi yaxshilandi.
Amaliy tavsiyalar
1. Imkoniyat darajada tezlik bilan voleybol bo‘yicha adabiyotlar Chop etish kerak.
2. Voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirishda ularning yosh hususiyatlari, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarliklari hisobga olinishi kerak.
3. Jismoniy sifatlarning har biri uchun alohida – alohida metodlar ishlab chiqish.
4. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini oshirish uchun maxsus mashqlar ishlab chiqish.
5. jismoniy sifatlarni oshirishda turli vositalardan jumladan, harakatli o‘yinlardan to‘g‘ri foydalanish bolalarning harakat tayyogarligini oshirishda ham katta ahamiyatga ega.