290 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz takomillashtiruvchi yangi ilmiy dastur yaratishni va muammolarni tizimli hal etish
imkonini beradi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlashning uchta muhim
yoʻnalishini alohida taʼkidlash oʻrinlidir, bular:
-
tovar va xizmatlar bozorida talab va taklifni muvozanatini kuzatish va zarur
holda unga aralashish;
-
korxonaning ichki muhitini tartibga soladigan fiskal va kredit siyosatni amalga
oshirish;
-
mavjud davlat institutsional tizimning oʻz - oʻzini tartibga solish mexanizmini
yaratish.
KBXTning davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlanishiga ehtiyojmand ekanligini
zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi sabablarning doirasida oʻz faoliyatiga
koʻchaytirilgan talablarga mos boʻlishi kerakligini taqoza etadi. Ushbu sabablar
quyidagilardir:
-
mahsulot(xizmat) hayotiy (layoqatlilik) davrining qisqarganligi, tovarlarning turi
va bir martalik turkum mahsulotlar chiqarish hajmi koʻpayganligi sababli
tovar(xizmatlar) turlarini tezda oʻzgartirish imkonini beradigan yuqori oʻzgaruvchan
ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyoj;
-
mehnatni tashkil etish va taqsimlash nazoratining mutlaqo yangi shakllarini talab
qiladigan murakkab texnologiyalar;
-
mahsulotni sotgandan keyingi xizmat koʻrsatish va qoʻshimcha xizmat qiladigan
mahsulot sifatiga munosabatni tubdan oʻzgartiradigan mahsulot (xizmat koʻrsatish)
bozoridagi jiddiy raqobat;
-
ishlab chiqarish toʻlovlari tarkibining birdaniga oʻzgarishi; tashqi muhit
noaniqligini hisobga olish ehtiyoji.
Iqtisodiy adabiyotda davlat tomonidan kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashning
zarurligi nazariy jihatdan asoslangan va quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi deb
taʼkidlanadi.
-
mablagʻ toʻplashda yordamlash, jumladan, imtiyozli kreditlar, maxsus dasturlar
doirasida subsidiyalar berish, kreditlarni davlat tomonidan kafolatlash kabi moliyaviy
koʻmak berish;
-
tadbirkorga soliqlardan imtiyozlar berish, jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari va
kashfiyotlar uchun xarajatlar qismi hajmida foydadan olinadigan soliqdan chegirma
qilish, foyda hisobidan soliqqa tortilmaydigan maxsus maqsadlardagi jamgʻarmalar
tuzishga ruxsat berish, olingan foydani pasaytirilgan stavkalar boʻyicha soliqqa tortish;
-
jadallashtirilgan amortizatsiya;