291 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz -
ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish sohasida koʻmaklashish, texnikaviy
va boshqaruvda yordam berish chora-tadbirlari tizimi;
-
davlat buyurtmalarini bajarishda kichik biznes ishtirokini taʼminlash;
-
yirik firmalar bilan integratsiya aloqalariga koʻmaklashish.
Iqtisodchi olim Nurislom Toʻxliyevning fikriga koʻra, Oʻzbekistonda XX
asrning 90-yillar boshida kichik biznesni rivojlantirish asosan uchta yoʻnalish boʻyicha
olib borilgan :
-
xususiylashtirish, yaʼni davlat ixtiyoridagi davlat mulkini xususiy sektorga
oʻtkazish yoʻli bilan kichik korxonalarni tashkil etish;
-
kichik korxonalarni yangidan tashkil qilish;
-
kichik korxonalarni yirik tuzilmalardan ajratish orqali monopoliyadan chiqarish,
turar joy va kommunal xoʻjaligini rivojlantirishda.
KBXTni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash nazariyasida, obyekt
komponentlari va jarayonlardagi aloqalar hamda munosabatlar jamlamasini tizim
sifatida qarab, u statik holatda emas, balki tashqi muhit bilan doimiy aloqada boʻlishi
talqin etiladi.Aytish mumkinki, KBXT ni qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish,
ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlar uchun juda murakkab va aniq
choralarni koʻrishni talab qiladigan jarayondir.
Jahon tajribasida kichik biznesni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash
amaliyotiga eʼtibor qaratsak, sohani qoʻllab-quvvatlash prinsipida davlat paternalizmi
(otalikka oluvchi) prinsipini alohida koʻrsatish mumkin. Buning mohiyati shundaki
kichik biznesni qoʻllab - quvvatlash uch xil yondashuv modeli orqali amalga oshiriladi.
Birinchi model proteksionistik (muhofazachilik) modeli boʻlib, unda
rivojlangan davlatlarning iqtisodiy inqirozdan chiqishdagi tajribasi va amaliyotini,
kichik biznesni qoʻllab - quvvatlashning maqsadli dasturlarini oʻzida aks ettiradi. Kichik
biznesning eng rivojlangan vatani Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotida katta
ahamiyatga ega samarali tadbirlar qatorida “Kichik biznesda innovatsion tadqiqotlar
dasturi” (SBIR) va “Kichik biznes texnologiyalari transferti dasturi” (STTR) kabi
dasturlar orqali soha qoʻllab-quvvatlanadi.
Ikkinchi model mazkur modelning aksi boʻlib, unda proteksionistik
(muhofazachilik) usullarini qoʻllamaydigan yondashuvdir. Jahon tajribasida bunga
misol qilib Fransiyadagi kichik biznesni qoʻllab - quvvatlashga yoʻnaltirilgan yirik
koʻlamli dasturlar qabul qilinmasligini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Uchinchi modelda ikkala model birlashadi. Jumladan, Buyuk Britaniyada
bunday yondashuvni kuzatish mumkin. Bu yondashuvda davlat darajasida eʼlon
qilingan kichik biznesni qoʻllab - quvvatlash chora - tadbirlari proteksionistik
boʻlmagan usullar yordamida amalga oshiriladi.