423 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi:
birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga tayyorlash
samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi doirasi va
dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual, ijtimoiy-hissiy va
ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan maktabgacha ta‘lim tashkiloti
hamkorligining yanad mustahkamlanishi va qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir.
Texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot,
ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o`rgatish bo`yicha to`garak mashg’ulotlari boladagi
qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.
Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bollarning aqliy
intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha
yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o`quv
dasturi asosida bilim va ko`ikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya
texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan 6-7 yoshli bola axborot
zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan maktab ta‘limiga jismonan
shay, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo`llanadi.
Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi tayyorlov guruh
xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish masalalarini
hal etish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning
AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda.
Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
bir necha yo`nalishlarda o`z ifodasini topadi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bolalar bilan bo`lgan masofaviy ta‘lim-
tarbiya jarayonida foydalanish;
b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan masofaviy ta‘limda pedagoglarning ota-
onalar bilan hamkorlik jarayonida foydalanish;
c) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan metodik ishlarni tashkil etishda, ta‘lim
sifatini oshirishda tarbiyachilar bilan ishlash jarayonida foydalanish.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagoglari
oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o`yinlarini va
ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi
kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet
tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim.
Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi
hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb
etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230