Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 436,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.01.2023
ölçüsü436,17 Kb.
#79599
1   2   3   4
maktabgacha-ta-limda-axborot-va-innovatsion-texnologiyalarining-o-rni (1)

 
424 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
axloq me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan 
foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish 
bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija 
beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon, 
tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni 
joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs 
xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi.
Shu bilan birga AKT bolaga interfaol ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi 
bilimlarni tez o`zlashtirishiga va dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu 
interfaol kompyuter o`yinlari tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda 
Power Point dasturida va mashg’ulotda bolalar bilan birga o`ynash uchun yaratilgan 
bo`lishi zarur. Masalan, o`yin faoliyat markazida “Bino quramiz”, “Farqini top”, “Nima 
kam”, “Xatoni top”, “Qo`g’irchoqni kiyintiramiz”, “Shaklni joylashtir”, “Rasmni 
bo`ya” ta'limiy o`yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan 
bilimlarni bola zo`r qiziqish bilan o`zlashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan 
kompyuterlashtirilgan 
pedagogik 
texnologiyalarni 
taqqoslaydigan 
bo`lsak, 
kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter 
ekranida axborotning o`yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan 
diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida 
uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo`yilishi va ularninig to`g’ri 
yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim 
konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini 
yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy 
xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, 
bolalarda kompyuter va smartfonlardan to`g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, 
mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham 
mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini va 
zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim.
AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana biri 
zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining 
yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o`z bilim 
va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur. 
Xulosa o`rnida shuni ta‘kidlash joizki, axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
maktabgacha ta‘lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishda, uzluksiz metodik 
xizmat ko`rsatishda, metodik faoliyatni rejalashtirishda, pedagoglar, tibbiy xodimlar va 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Yüklə 436,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin