Volume-18, Issue-1, September- 2022 228 viruslar natijasida hujayrada kechuvchi o’zgarishlar



Yüklə 32,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü32,86 Kb.
#189546
  1   2   3
228-230



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-18, Issue-1, September- 2022
 
228
VIRUSLAR NATIJASIDA HUJAYRADA KECHUVCHI O’ZGARISHLAR 
 
Qurbonboyeva Aziza Azizbek qizi 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi 
 
Annontatsiya: 
Ushbu maqolada viruslar haqida, hujayrada o’zgarish sabablari 
haqida aytib o’tilgan. 
Kalit so’zlar: 
Viruslar, mikrob, hujayra, olimlar, ilmiy izlanishlar, qo’zg’atuvchi. 
Viruslar (lotincha: virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, 
oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. 
Oʻtmishda "Viruslar" termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum 
agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning 
kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng Viruslar tushunchasi 
"mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu 
ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan Viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi 
D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli 
hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini 
isbotlagach, aniqlandi. 
Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir 
kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. 
Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik 
hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim Viruslar (mas., 
gripp Viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan 
kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi 
mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda 
milliardlab Viruslar vujudga keladi. Viruslarning koʻpayishi sitoplazmadagi 
aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab Viruslar molekulalari yigʻindisi mikroskop 
ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish 
xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi 
sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi Viruslarning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat 
baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi 
isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha Viruslar har xil fizik usullar 
bilan birmuncha aniq "oʻlchanga". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar 
yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi 
koʻpgina Viruslar yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi Viruslar tashqi 
koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. Viruslar tuzilishini elektron 
mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. 
Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil 



Yüklə 32,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin