“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-18, Issue-1, September- 2022
228
VIRUSLAR NATIJASIDA HUJAYRADA KECHUVCHI O’ZGARISHLAR
Qurbonboyeva Aziza Azizbek qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
Annontatsiya:
Ushbu
maqolada viruslar haqida, hujayrada o’zgarish
sabablari
haqida aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Viruslar, mikrob, hujayra, olimlar, ilmiy izlanishlar, qo’zg’atuvchi.
Viruslar (lotincha: virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib,
oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar.
Oʻtmishda "Viruslar" termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum
agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster
bir qancha kasalliklarning
kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng Viruslar tushunchasi
"mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu
ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan Viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi
D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli
hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini
isbotlagach, aniqlandi.
Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir
kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi.
Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik
hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim Viruslar (mas.,
gripp Viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan
kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi
mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan
bir necha soatda
milliardlab Viruslar vujudga keladi. Viruslarning koʻpayishi
sitoplazmadagi
aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab Viruslar molekulalari yigʻindisi mikroskop
ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish
xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi
sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi Viruslarning oʻziga xos xususiyatidir.
Faqat
baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi
isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha Viruslar har xil fizik usullar
bilan birmuncha aniq "oʻlchanga". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar
yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi
koʻpgina Viruslar yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda
mozaikasi Viruslar tashqi
koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. Viruslar tuzilishini elektron
mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan.
Ularning
hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib,
u oqsil