“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022
109
MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA TAFAKKUR USLUBLARI VA
SHAKLLARI
Xomidova Muxabbatxon Kamolxonovna
Farg’ona viloyati Quva tumani kasb-hunar maktabining
matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematika fanini o'qitish
jarayonida
o'quvchining tafakkurini hukm va tasdiqlar orqali oshirish va uning shakllari to'g'risida
so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar:
tafakkur, matematik tushuncha,
hukm va tasdiqlar, shakllantirish
bosqichlari, aksioma, teorema.
Аннотация:
В данной статье говорится о повышении мышления школьника
через суждения и утверждения и его формы в процессе обучения математике.
Ключевые слова:
мышление,
математическое понятие, суждения и
утверждения, этапы формирования, аксиома, теорема.
Abstract:
This article talks about increasing the student's
thinking through
judgments and affirmations and its forms in the process of teaching mathematics.
Key words:
thinking, mathematical concept, judgments and assertions, stages of
formation, axiom, theorem.
Matematikaning rivoji inson tafakkuri ta'sirida amalga oshadi. Shu sababdan
ham matematikani o'rganish o'rganuvchidan tafakkurni rivojlantirishni talab etadi.
Bunda matematik tafakkurning o'ziga xos usul va shakllaridan foydalanishga to'gri
keladi. Bu haqda ayniqsa fransuz matematigi Anri Puankare hamda German Veylning
matematik tafakkur haqidagi fikrlari, uni yoshlikdan tarbiyalab
borish zarurligini
tasdiqlaydi.
Tafakkur - inson ongida ask etgan ob'yektlar tomonlar va xossalarini ajratish va
ularni yangi bilim olish uchun boshqa ob'yektlar bilan tegishli munosabatlarda qo'yish
jarayoniga aytiladi. Umuman olganda, tafakkur ob'yektiv borliqning inson ongida faol
aks ettirish jarayonidir.
Tafakkur ham mazmun va shaklga ega. Alohida fikrlar tuzilmasi va ularni maxsus
birlashmalariga tafakkurning shakllari deyiladi. Tafakkurning shakllari quyidagilar:
tushuncha, hukm va tasdiqlar. Uning haqiqatliligi - ularni to'gri o'rganish, mustahkam
va ishonchli sistemani ta'minlaydi.
Tushunchalar ob'yektlaming turli xil sifatlari, belgilari
va xususiyatlarini aks
ettiradi, bunda birlik va umumiylik xossalari mavjud. Birlik xossalari faqat shu
ob'yektga tegishli bo'lib, uni boshqalaridan farqlovchi belgilarini o'z
ichiga oladi,
umumiy xossalari - ob'yektlarga tegishli muhim xossalarni ifodalash uchun