Volume-25, Issue-1, January 2023 92 O’quvchilarni kasb tanlashlariga psixologik ko'maklashish


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 34,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.12.2023
ölçüsü34,93 Kb.
#170425
1   2   3   4
92-95

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-1, January - 2023
 
94
-farzandingizni qiziqish, qobiliyat va layoqatini yoshligidan kuzatib, rivojlantirib 
boring; 
-farzandingizni istak va maqsadlari bilan o’rtoqlashing; 
-farzand otasi yoki onasining kasbini davom ettirmoqchi bo’lsa bu juda yaxshi, 
lekin bunga uni siz majburlamang; 
-farzandingizni kasb tanlashi va kasbiy yetuklikka erishishi uchun iloji boricha 
yetarli sharoit yaratib bering; 
-farzandingiz kasb tanlashida o'z imkoniyatlari va shaxsiy sifatlaridan kelib 
chiqishi to'g'risida maslahatlar bering. 
Bozor iqtisodiyotiga yo'naltirilgan kasbiy yo'nalishi yoshlarda hozirgi iqtisodni, 
menejment boshqarish nazariyasini, bozor muhitidagi marketing faoliyati va mo'ljalni, 
patent olishga kirishni, ma'lumotlarni bilishi va ularni mohiyatini tushunish- buning 
uchun informatika va informatsiyalar asoslarini egallagan bo'lishlari kerak bo'ladi. 
O'smirni kasb tanlashida o'zini aniqa maqsadlarini anglab olishi va kasbga ega 
bo'lishga intilishi- bu ko'p qirrali jarayon hisoblanadi. Bunda 3 ta asosiy omillar 
birlashishi va ularga moslashishi kerak bo'ladi. Bular: 
Men xohlayman, Men eplay olaman, Men qila olaman omillaridir. 
"Xohlayman" -bu shaxsning intilishi, qiziqishi, xohlashi. 
"Eplay olaman" - bu insoniy imkoniyatlar (fiziologik va psixologik, shuningdek 
shaxsning ta'lim resurslari). 
"Qila olaman"-mehnat bozorining ehtiyojlari, insonni jamiyat, odamlar, oilasi 
va shu kabilar oldidagi majburiyatlari. 
Asosiysi tarbiyachi bo'lgan ota-onalar o'z bolalariga kasb tanlashida yordamchi 
hisoblanadilar. Ular bilan ochiq suhbat bolalar qaysi kasbga qiziqishlarini bilib 
olishlari va ularga yordam berishlari zarur. Agar bola tanlagan kasb ota-onaga 
yoqmasa uni ra'yini qaytarmagan holda nima uchun bu kasbni tanlagani va buning 
asosida nimalar yotganini bilib olishlari zarur.Asosiy omilni bilib olgach, o'z 
maslahatlarini berishlari mumkin bo'ladi. qo'llab -quvvatlash, ishonch bildirish va o'z 
maslahatlarini berishdan iborat. 
O'qituvchi va o'quvchi faoliyatining natijasi bu kasbga yo'natirishda yaqqol 
ko'zga tashlanadi. O'qituvchi faoliyatining natijasi o'quvchilardagi psixologik 
ko'rinishda o'z aksini topadi, ya'ni ularning bilimlarida, uddalay olishlarida, 
malakalarida, shaxsga xos tomonlarini ko'rinishida, dunyoqarashlarida, ma'naviy 
ehtiyojlarida o'z aksini topadi.
O'quvchilar faoliyatining natijasi- bu aniq bir kasbni tanlab olishlarida, uni 
bajarishni uddalay olishlarida, shu sohani olib borish imkoniyatlarida ko'rinadi.
Unutmang, inson kasbida jon saqlashi emas, balki shu kasbda yashashi kerak. 
Shundagina qilayotgan ishi haqiqiy sevimli kasbi hisoblanadi.

Yüklə 34,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin