“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 260 Ijodkorlik va madaniyatlilik o’quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u
ijodkorlik sari boradi. Shuning uchun ham o’quv jarayonidan tashqari vaqtda
«Texnik loyihalash ijodiy asoslaru” kabi ilmiy izlanish yo’nalishidagi
to’garaklar tashkil etilsa, o’quvchilarning loyihalash ijodkorligi oshib boradi va
kasbiy mahoratli, ijodkor bo’lib yetishishiga sabab bo’ladi[2.449].
O’quv jarayonini kreativ yo’naltirish uchun:
1. O’quv jarayoni o’quv materialini berib borish, boshqa qiziqarli qo’shimcha
materiallarni taklif etish va o’quvchilarni izlanishga, ijodkorlikka yo’naltiruvchi
material asosida ularni o’z ehtiyoji, xohishi bilan yangilik sari yetaklash.
2. O’quv jarayonini ham shunday o’zgartirish kerakki, o’quvchilar o’quv
materiallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o’quv materiali o’sha
yaratuvchilikka xizmat qilsin.
3. O’quv materillariga yangi qo’shimchalar kiritish orqali evristik strategiya,
taktika, metod va usullar taklif etish orqali o’quvchilarning ijodiy fikrlashga bo’lgan
qiziqishini oshirish kerak[2.450 b.].
O’quvchilar faoliyatida yaratuvchanlik, ijodiy fikrlash sifatlari har qanday
vazifani, loyihani yechishda sermahsul hisoblanib, o’quvchilar kreativ sifatlarini
rivojlantirishda loyiha ishlarini bajarish yaxshi natijalar beradi. Tabiiy fanlardan bir
va ikki urug’pallali o’simliklarni taqqoslash bo’yicha o’tkaziladigan loyiha ishi
misolida quyida o’quvchilarning kreativ sifatlarini rivojlantirish yo’llarini ko’ramiz.
Insoniyat doimo atrof-muhit, o’simliklar va hayvonlarni, ularda sodir
bo’ladigan jarayonlarni, ularning bir-biriga o’xshashlik va farqli tomonlarini
aniqlashga qiziqib kelgan. O’simliklardan bir va ikki urug’pallalilarni ildizi, poyasi,
bargi, urug’ining ichki tuzilishidagi farqlarni aniqlashga muvaffaq bo’lingan.
Kelgusidagi vazifa esa, bu ma’lumotlarni o’quvchilarga o’rgatish va ularda kreativ
fikrlashni shakllantirish orqali ushbu o’simliklardan yuqori hosil olishga erishishdir.
Loyiha ishini bajarishdan oldin o’quvchilar bilan mavzu bo’yicha savol-
javob o’tkaziladi. Nazariy bilimlar takrorlanadi, ishning maqsadi aniqlanadi. Bu
loyiha ishini bahor faslida o’tkazish tavsiya etiladi.