“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 261 Loyiha ishini bajarish uchun kerak bo’ladigan jihoz va moddalar: bug’doy,
loviya donlari, yod, hovoncha, mato, lineyka.
Ishni bajarish ketma-ketligi:
1. Urug’larning kimyoviy tarkibini tekshirib ko’rish uchun, ulardan 2-3
donadan olib, havonchada yanchiladi va yod tomiziladi(kraxmalga sifat
reaksiyasi)(1-guruh);
2. Bir siqim bug’doy surp matoga yoki 5-6 qavatli dokaga tugib, iliq suv
sepiladi. Bu ish har 2-3 soatda takrorlanadi. Ertasi kuni matoni ochib ko’riladi va
bug’doy nishlagan bo’lsa uni olib, sellofan ustiga 1 sm qalinlikda yoyib qo’yiladi.
Vaqti-vaqti bilan iliq suv sepiladi, o’zgarishlar kuzatib, qayd etib boriladi. 3-4
kundan keyin o’sgan bugdoyni bir qismi havonchada yanchilib, yod tomiziladi (2-
guruh);
3. Loviya urug’lari 1 soat davomida iliq suvda ivitiladi va bir qismi sellofan
ustiga 1 sm qalinlikda yoyib qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan iliq suv sepiladi[4.87 b.],
o’zgarishlar kuzatiladi va qayd etib boriladi (3-guruh).
Bugdoy va loviyaning qolgan qismi maktab tajriba maydonchasiga
yumshatilgan nam tuproqqa 15 sm oraliqda, har xil chuqurlikda ekib qo’yiladi.
Vaqti-vaqti bilan suv beriladi. Urug’lar barglari hosil bo’lgach, ularni ildiziga
shikast yetkazmasdan, har bir o’simlikdan ikki donadan o’qituvchi hamrohligida
kovlab olinadi, ildizlari tuproqdan tozalanadi. Sinfxonasida o’simliklarning
o’xshashlik va farqli jihatlari taqqoslanadi.
Yuqorida keltirilgan algoritm asosida о’quvchi tajribani bajarganda unda
loyihani о‘tkazish, о‘lchash, kreativ fikrlash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi
samarali shakllanadi.
Kuzatishlar asosida quyidagi jadval to’ldiriladi:
Vaqt
Bug’doy ildizi
va poyasi o’lchami
Loviya ildizi
va poyasi o’lchami
Izoh
1- kun