“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 259 Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o’quvchilarni izlanishga,
ijodkorlikka, erkin va mustaqil fikrlashga o’rgatadigan metodlar zarur. Shunday
metodlardan biri – bu kreativ ta’lim metodidir.
Kreativlikni o’rganishda mamlakatimizda J.Yo’ldoshev, F.Yo’ldosheva,
O’.Tolipov, M.Usmonboyeva, O.Quddusovlarning, xorijiy davlatlarda esa,
N.V.Rojdenstvenskaya, A.V.Tolshin,
T.Toivanena, L.Halkilahtia, H. Ruismaki
T.Lyubort, S.Tordjmanlarning ishlari diqqatga sazovordir.
Kreativlik – bu joylashgan kontekstiga mos keladigan yangi mahsulotni
yaratish qobiliyatidir. Bu mahsulot g’oya, musiqiy asar, hikoya, hattoki reklama
bo’lishi mumkin [3.17 b].
Kreativ ta’lim metodi o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga
yo’naltirilgan bo’ladi. Ayniqsa muammoli, loyihalashtirilgan va jadallashtirilgan
ta’limlarning qo’llanishi o’quvchilarda yaratuvchanlik, bunyodkorlik
qobiliyatlarini o’sishiga olib keladi.
Lekin kreativ ta’lim metodi asosida tashkil etilgan darslar jarayonida o’quvchi
qabul qiluvchi ob’yektdan ijodkor (kreativ) sub’yektga aylanadi. Pred-metni
(tomoni, mazmuni) o’zlashtiruvchi o’ziga nisbatan yaratuvchanlik bilan yondashish
asosida o’zlashtirib oladi. Har bir faktik materialga ijodiy va tanqidiy qaray olad.
Olinayotgan o’quv materiali unga yangicha qarash, qo’shimcha materiallarni olish,
o’zlashririshga yo’l ochadi. Ko’pincha bunday hollar o’zlashtirishga evristik
yondashuvni shakllantiradi. Bu esa malakali mutaxassislarni kelajakda olgan bilim,
ko’nikmasining faqat ijrochisigina bo’lib qolmay, balki o’z kasbiy faoliyatiga
ijodkorlik, yaratuvchanlik asosida qarashga olib keladi.
Hozirgi kun ta’lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham ijodiy fikrlaydigan
malakali mutaxassislarni va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni tarbiyalash va
tayyorlashdan iborat.
Agar ta’lim jarayoni o’quvchilar faolligiga asoslangan muammoli,
dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo’nalishga
ega bo’lib, o’quvchilarning faolligi tufayli u yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi.