Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism


Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish



Yüklə 235 Kb.
səhifə3/18
tarix26.04.2023
ölçüsü235 Kb.
#103095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish

Majburlov choralarini qо‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish. JK 87-moddasiga asosan, ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini e’tiborga olib, uni jazo qо‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyada kо‘rishga topshirilishi mumkin.
Besh yildan kо‘p bо‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, JK 87-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bо‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qо‘llash tо‘g‘risidagi masalani kо‘rib chiqishi shart.
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda о‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bо‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini tо‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo о‘rniga majburlov chorasi qо‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini kо‘rib chiqishi shart.
Majburlov choralari. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qо‘llaniladi:
a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr sо‘rash majburiyatini yuklash;
b) о‘n olti yoshga tо‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni о‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan tо‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan eng kam oylik ish haqining о‘n baravaridan oshib ketmagan bо‘lsa qо‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;
v) voyaga yetmaganni maxsus о‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus о‘quv-tarbiya muassasalarida bо‘lish muddati va shartlari О‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi (JK 88-m.).
Jazoni о‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish. Jinoyat kodeksining 89-moddasiga kо‘ra, о‘n sakkiz yoshga tо‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni о‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qо‘llanilishi mumkin.
Jazoni о‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida kо‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan mehnat va о‘qishga halol munosabatda bо‘lgan mahkumga nisbatan qо‘llanilishi mumkin.
Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar va ularning turlari
Amaldagi О‘zR JKning 35-moddasida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi berilgan bо‘lib, unga kо‘ra q[СПиТ:
1.Жиноят ҳуқуқи / Қилмишнинг жиноийлигини истисно қиладиган ҳолатлар]
ilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bо‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bо‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tо‘qqizinchi bobida qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning quyidagi turlari ifodalangan:
1) kam ahamiyatli qilmishlar (36-m.);
2) zaruriy mudofaa (37-m.);
3) oxirgi zarurat (38-m.);
4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-m.);
5) buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (40-m.);
6) kasb yoki xо‘jalik faoliyati bilan bog‘liq asosiy tavakkalchilik (41-m.).

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin