Tamom bо‘lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari.
О‘zR JKning VI bobida tamom bо‘lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari nazarda tutilgan.
Qasddan sodir etiladigan jinoyatlar uchta bosqichdan iborat bо‘ladi. Bular quyidagilardir:
jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish;
jinoyat sodir etishga suiqasd qilish;
tamom bо‘lgan jinoyat.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish va sodir etishga suiqasd qilish va ularni sodir etish qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarni aniq xavf ostida qoldiradi. Shunga kо‘ra, bunday jinoyatlarda tamom bо‘lmagan jinoyat tarkibi, ya’ni jinoyatga suiqasd qilish tarkibi mavjud bо‘ladi.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rishni umumiy tarzda ifodalaganda, jinoyatni sodir qilish uchun aniq sharoit yaratadi. Aybdor bunda jinoyatga tayyorgarlik kо‘rishning obyektiv tomonini bajaradi.
Jinoyatga suiqasd qilishda esa, bevosita jinoyatni amalga oshirish harakatlari boshlanadi va jinoiy maqsadni qisman amalga oshirgan bо‘lishi mumkin Ammo aybdor о‘zining irodasiga bog‘liq bо‘lmagan holda jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Tamom bо‘lgan jinoyatda esa muayyan jinoyat tarkibining barcha belgilari tо‘la amalga oshiriladi.
Faqat tо‘g‘ri qasddan sodir etiladigan jinoyatlardagina jinoyat bosqichlari bо‘ladi. Quyidagi jinoyatlarda jinoyat bosqichlari bо‘lmaydi:
egri qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda;
ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda.
2. Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish Amaldagi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1-qismida jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish tushunchasi berilgan bо‘lib, unga kо‘ra “Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi о‘ziga bog‘liq bо‘lmagan holatlarga kо‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar tо‘xtatilgan bо‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish deb topiladi”, deyilgan.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish tarkibi alohida xususiyatga ega bо‘lib, u obyektiv va subyektiv tomondan namoyon bо‘ladi.