Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism



Yüklə 235 Kb.
səhifə11/18
tarix26.04.2023
ölçüsü235 Kb.
#103095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

5. Jinoyatga daxldorlik
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bо‘ladi.
Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yо‘l bilan qо‘lga kiritilgan narsalarni oldindan va’da bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bо‘ladi.
Oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi ( О‘z JK 31-moddasi).
Obyektiv tomondan, xabar bermaslik shaxsning jinoyatga tayyorgarlik kо‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki sodir etilganligini aniq bila turib, tegishli organlarga xabar bermaslik va unga qonunda yuklatilgan huquqiy majburiyatni bajarmaslikdan iborat harakatsizligida namoyon bо‘ladi.
Subyektiv tomondan, xabar bermaslik qasddan sodir etilgan jinoyatdir. Shaxs jinoyatga tayyorgarlik kо‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki sodir etilganligi haqida aniq bila turib, tegishli organlarga xabar bermaslik ijtimoiy xavfli qilmishligini fahmlaydi va buni xohlaydi.
О‘zR JK 54-moddasida belgilanishicha, jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.
Sud tanlaydigan jazo sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini kо‘rsatuvchi haqiqiy mezon, shuningdek aybdorning axloqan tuzalishiga yordam beruvchi eng qisqa yо‘l, mahkum va boshqa shaxslarning jinoyatlar sodir etishlarining oldini olishga imkon beruvchi amaliy vosita bо‘lishi kerak.
Sud jazo tayinlashda sudlanuvchining aybini tavsiflovchi holatlarni, uning ijtimoiy xavflilik darajasini, jinoyatning sodir etilish sharoitlarini va boshqa holatlarni inobatga olish bilan bog‘liq.
Sud jazo tayinlayotganida jinoyat qonunchiligi prinsiplaridan kelib chiqadi.
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi (JK 54-m. 2-q.).
О‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida nisbiy-aniq yoxud muqobil sanksiyalar belgilangan, bunda muqobil sanksiyalar avvalgilari bilan qо‘shilishi mumkin. Binobarin, sud Jinoyat kodeksi 54-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, nisbiy-aniq sanksiya doirasida jazoning muayyan turi minimumi va maksimumi doirasida jazo tayinlaydi, agar moddaning sanksiyasida muqobil jazolar nazarda tutilgan bо‘lsa, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga mos keladigan turdagi jazolardan birini tayinlaydi.


  1. Yüklə 235 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin