Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism



Yüklə 235 Kb.
səhifə13/18
tarix26.04.2023
ölçüsü235 Kb.
#103095
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

Yengilroq jazo tayinlash

Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida qо‘llanilishi shart deb kо‘rsatilgan qо‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin (JK 57-moddasi).
Demak, birgalikda qilmishni, aybdorning shaxsini, uning ayb darajasi va shaklini, shaxsning jinoyat sodir etishdan avvalgi va keyingi xulqini, jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarni birgalikda aks ettiruvchi holatlar jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini ancha kamaytiruvchi holatlar ushbu jinoyat uchun nazarda tutilganidan yengilroq jazo tayinlashdek jazoni ancha yengillashtirish uchun asos deb topilishi mumkin.

  1. Aybdor о‘z qilmishiga chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lganida jazo tayinlash

Aybdor о‘z qilmishiga chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lganida jazo tayinlash qoidasi О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 571-moddasida belgilangan.
Ushbu modda О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi moddalardan bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 18 maydagi О‘RQ-245-sonli Qonuniga asosan kiritilgan.
Jinoyat kodeksining 571-moddasiga muvofiq, ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining «a» va «b» bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bо‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bо‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng kо‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam о‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.


  1. Yüklə 235 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin