Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Ma’muriy jazo turlari va ularni qo‘Ilash tartibi



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Ma’muriy jazo turlari va ularni qo‘Ilash tartibi
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Ma’muriy 
javobgarlik 
haqidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir 
etganligi uchun quyidagi ma’muriy jazo choralar qo‘llanishi 
mumkin: jarima; ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli 
hisoblangan yoki bevosita uning predmeti bo‘lgan ashyoni haqini 
toiash sharti bilan olib qo‘yish; m a’muriy huquqbuzarlikni sodir 
etish quroli hisoblangan yoki bevosita uning predmeti bo‘lgan 
ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus 
huquqdan mahrum qilish; ma’muriy qamoqqa olish ( 0 ‘zR. MJhK 
23-modda).
Shu bilan birga ma’muriy huquqbuzarlikka asosiy yoki asosiy 
va qo‘shimcha jazo belgilanishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, 
ashyolami haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara 
qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida 
qo'llanishi mumkin ( 0 ‘zR. MJhK 24-modda).
Tibbiy xodimlarning ma’muriy kasb huquqbuzarliklari 
uchun aksariyat holatlarda jarima ko‘rinishidagi ma’muriy jazo 
belgilanadi.


Jarima davlat hisobiga pul undirish bo‘lib, uning miqdori 
huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy 
huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi 
belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Fuqarolarga va mansabdor shaxslarga solinadigan 
jarimaning miqdori farqlanadi. Ya’ni, fuqarolarga solinadigan 
jarimaning eng каш miqdori eng kam ish haqining ellikdan 
bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa - o‘ndan bir qismidan 
kam bo‘lmasligi kerak. Fuqarolarga solinadigan jarimaning 
eng ko‘p miqdori eng kam oylik ish haqining besh baravaridan
mansabdor shaxslarga esa - o‘n baravaridan oshmasligi kerak. 
Ayni vaqtda, istisno holatlarda alohida turdagi huquqbuzarliklar 
uchun fiiqarorlarga - eng kam ish haqining yuz baravarigacha va 
mansabdor shaxslarga esa - yuz ellik baravarigacha miqdorda 
jarima solinishi mumkin ( 0 ‘zR. MJhK 25-modda).
Qonunchilikka 
muvofiq 
joylardagi 
mahalliy 
davlat 
hokimiyati organlari jamoat tartibini saqlashga doir masalalar 
yuzasidan, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga 
solinmagan bo‘Isa, shuningdek tabiiy ofatlar va eidemiyaga qarshi 
kurash masalalari bo‘yicha ulami buzganlik uchun ma’muriy 
javobgarlikka torish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilishi mumkin 
( 0 ‘zR. MJhK 6-modda). Bunday holatlarda joylardagi mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan 
jarimaning eng ko‘p miqdori fuqarolarga eng kam ish haqining 
uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan 
oshmasligi kerak ( 0 ‘zR. MJhK 25-modda).
Ashyolami haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki 
musodara qilish ko‘rinishidagi jazo turlari xususiy tibbiy yoki 
farmatsevtika amaliyoti sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan 
yoki bevosita uning predmeti boigan ashyoni haqini to‘lash 
sharti bilan olib qo‘yish, shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, 
uni keyinchalik sotishdan iboratdir. Bunda tushgan pul ashyoning


sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish harajatlarini chegirib 
tashlagan holda topshiriladi. Musodara qilish esa shu ashyoning 
haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o ‘tkazishdan 
iboratdir. Musodara qilish haqida qaror tuman (shahar) sudining 
m a’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi, soliq va bojxona idoralari 
tomonidan qabul qilinadi.
Qonunchilikda ma’muriy jazo qo‘llashning ma’lum bir 
muddatlari ko‘zda tutilgan ( 0 ‘zR. MJhK 36-modda). Ya’ni, ular 
huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan 
huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan 
boshlab ikki oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu 
muddatlar ashyoni bojxona organlari tomonidan musodara qilish 
holatlariga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat 
ishini to‘xtatish to‘g ‘risida qaror qabul qilingan holatlarda ham 
m a’muriy jazo belgilash muddati farqlanadi. Bu kabi holatlarda 
jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini to‘xtatish 
to ‘g ‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan 
kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin