UDK 616.3(075)
51.1(50‘)+58
G38
G‘iyosov Z.A.
Vrach faoliyatining hususiy asoslari / Z.A. G'iyosov.
-Toshkent: «Tafakkur-Bo‘stoni», 2012. -168 b.
KBK 51.1(50‘)+58
Taqrizchilar:
A. I. Iskandarov
— Toshkent pediatriya instituti sud tibbiyoti
va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari
doktori,
professor.
R. J. Ruziev
— 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi I. Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti
direktori, huquqshunoslik fanlari doktori, professor.
Darslik namunaviy dasturga mos tarzda tuzilgan va unda
fuqarolar sog‘lig'ini saqlash borasidagi
qonunchilik asoslari,
0 ‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish, bioetikaning
zamonaviy muammolari, tibbiy yordam ko‘rsatishda turli xil
huquqiy munosabatlarning xususiyatlari,
shuningdek tibbiy
xodimlaming kasb huquqbuzarliklari bayon etilgan.
Tibbiy xodimlar javobgarlikka tortilgan holatlarda komission
sud-tibbiy ekspertizalar o4kazish masalalariga e ’tibor berilgan.
Oliy tibbiy o‘quv yurtlarining talabalari va rezidentlariga
m o‘ljallangan.
ISBN - 978 9943-362-61-1
©«Tafakkur-Bo‘stoni», 2012 й.
KIRISH
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur tushuncha har bir fuqaroning
jismoniy va ruhiy salomatiligini muhofaza etish va mustahkamlash,
uzoq hamda faol hayot kechirishi va sog‘lig‘ini yo‘qotganda tibbiy
va boshqa yordam olishiga qaratilgan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy,
madaniy,
ijtimoiy, ilmiy, tibbiy, sanitar-gigienik va epidemiologik
chora-tadbirlaming majmuasini o‘zida mujassamlashtiradi. Zero,
davlat fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza etishni tegishli qonun va
me’yoriy hujjatlar bilan belgilaydi va kafolatlaydi. Fuqarolaming
bu sohadagi huquqlarining buzilishi mos tarzdagi huquqiy
javobgarlikka olib keladi.
0 ‘zbekistonda huquqiy davlatning barpo etilishi, demokratik
j amiy atning vuj udgakelishi, fuqarolar sog ‘ lig‘ ini saqlash masalasiga
e’tiboming kuchayishi, jumladan, mamlakatda sog‘liqni
saqlash
tizimining isloh etilishi barcha tibbiyot xodimlarining faoliyatini
huquqiy jihatdan aniq me’yorlashni taqozo etadi. Fuqarolaming
sog‘lig‘i va hayoti faqat tibbiy faoliyat obyekti bo‘lmasdan, balki
turli xil huquqiy faoliyat jihatlariga ega. Binobarin, jamiyatda
huquqiy savodxonlik va madaniyat
darajasining ortishi ushbu
zaruriyatni yana bir bor ta’kidlaydi. Shu sababli tibbiyot xodimlari
faoliyatini huquqiy me’yorlash, fuqarolaming sog‘liqni saqlash
bo‘yicha qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish muammosi
alohida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Tibbiyot xodimlarida tegishli huquqiy tayyorgarlikning
yo‘qligi yoki uning etarli darajada emasligi fuqarolar sog‘lig‘ini
saqlash borasidagi ishlarga jiddiy ziyon keltiradi va sogMiqni
saqlash sohasida qonunchilikni ta’minlash darajasini pasaytiradi.
Bu esa o ‘z navbatida ayrim holatlarda tibbiyot xodimlari faoliyatiga
nisbatan ko‘plab e’tiroz, shikoyatlaming vujudga kelishiga sabab
bo‘lib, ularning
murakkab holatga tushishiga, ba’zan esa jinoiy
javobgarlikka tortilishiga olib keladi.
Har bir tibbiyot xodimi umum qabul qilingan axloqiy, etik va
huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda, nafaqat o ‘ziga yuklatilgan
vazifalarni aniq bilishi va sifatli bajarishi zarur, balki ushbu
vazifalami umuman yoki lozim darajada bajarmaganda yuzaga
kelishi mumkin boig an javobgarlik haqida to ‘liq
tasavvurga ega
bo‘lishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, tibbiy faoliyat faqat sogiiqni saqlash
sohasidagi qonunchilik bilan belgilanmay, balki keng m a’noda
fuqarolik, mehnat, oila, ma’muriy vajinoiy huquqlar ta’sir doirasiga
ham kiradi. Chunonchi, huquqiy m e’yorlarning buzilishi hollarida
belgilangan mas’uliyatni bilmaslik tibbiyot xodimlarini huquqiy
javobgarlikdan ozod etmaydi. Bu esa tibbiy faoliyat ko‘rsatishni
“yuqori xavf guruhiga mansub sohaga” aylantiradi.
Shunday qilib, vrach va
boshqa tibbiyot xodimlarida
huquqiy tayyorgarlikning talab darajasida boiishi ularda huquqiy
madaniyatni, davlat va jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatni
shakllantiruvchi asosboiib, sogiiqni saqlashsohasidaqonuniylikni
mustahkamlashga xizmat qiladi, fuqarolar so g iig in i saqlash bilan
bog iiq faoliyatda vrach va boshqa tibbiyot xodimlarining o ‘mini
va ahamiyatini oshiradi.
Qayd etilganlami inobatga olgan holda 2002 yilda
0 ‘zbekistonda oliy tibbiy ta iim dasturiga yangi fan - “Vrach
faoliyatining huquqiy asoslari” yoki boshqacha nomlaganda
“Tibbiyot huquqi” kiritildi. Bu fanni o ‘qitishda ko‘zda tutilgan
masalalami bilish tibbiyot xodimlarining mustaqil, erkin,
samarali
faoliyat ko‘rsatishidamuhim omil b o iib xizmat qilishi shubhasizdir.
Mazkur darslik ushbu fan bo‘yicha amaldagi tasdiqlangan
namunaviy dasturga mos tarzda yozilgan b o iib , unda tibbiy
faoliyatning turli huquqiy jihatlariga doir dasturda keltirilgan
masalalar yoritilgan.