Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Nazorat savollari:
1. Nima uchun 0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash 
tizimini isloh etish zaruriyati vujudga keldi?
2. Qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish, umumiy 
amaliyot shifokorlari tamoyillariga o ‘tish ilk bor qaysi me'yoriy 
hujjatda qayd etilgan?
3. 0 ‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh etishning 
asosiy tamoyillarini sanab о‘ting.
4. 0 ‘zbekistonda sogMiqni saqlash tizimini isloh etishning 
asosiy vazifalari nimadan iborat?
5. “0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini 
isloh etish Davlat dasturi” bo‘yicha islohotning asosiy yo‘nalishlari 
qanday?
6. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini isloh etishning 
asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
7. Uzluksiz tibbiy ta’lim kontseptsiyasining m ohiyati.
8. 
Aholiga 
malakali 
tibbiy 
yordam 
ko‘rsatishda 
ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining o‘mi va 
ahamiyati.
9. 2007 yil 19 sentyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini 
isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat 
dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonida sog‘liqni saqlash 
muassasalari tashkiliy tizimini qanday tarzda takomillashtirish 
ko‘zda tutilgan?
10. Mazkur Farmon bo‘yicha tuman (shahar) tibbiyot 
birlashmalarining asosiy vazifalari qanday?


IV Bob. BIOETIKA MUAMMOLARI
Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida jamiyatda insonlaming 
o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Tarixan insonlarning 
birgalikdagi hayoti va faoliyati jarayonida ma’naviyat deb 
ataladigan va ulaming xulqini tartibga soladigan m a’lum bir odat, 
qoida va me’yorlar majmuasi vujudga kelgan. “Etika” atamasi ilk 
bor Aristotel tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u xulq ma’naviyati 
falsafasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlami, ya’ni axloq 
nazariyasini anglatadi (A. A. Grando).
Huquq va etika bilim va amaliyotning ikki mustaqil sohasini 
tashkil etadi. Bunda huquq ma’naviyatning eng quyi chegarasi va 
ma’lum ma’nodagi minimumi hisoblanib, uning talablariga rioya 
etishda bilvosita yoki bevosita majburlashga imkon beriladi. Shu 
bilan birga etika, ma’naviyat talablari ulami ixtiyoriy, mustqil 
tarzda ijro etishni nazarda tutadi.
Ma’lum bir turdagi kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish axloq 
me’yorlarida o‘ziga xos xususiyatlarni vujudga kelishiga sabab 
bo‘ladi. Tibbiy xodimlaming etikasi birinchi navbatda insonlar 
sog‘lig‘i va hayotini saqlash maqsadiga yo‘naltirilgan.
Tibbiy etika - tibbiy xodimlar faoliyatining o‘ziga xosligi 
va jamiyatdagi o‘rni bilan belgilanadigan axloq me’yorlari va 
tamoyillari majmuasidir (Yu. D. Sergeev, 1988). U shuningdek, 
tibbiy faoliyatni tartibga soluvchi axloq me’yorlari va mezonlaridan 
tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida ham e ’tirof etiladi.
Shartli ravishda tibbiy etikani quyidagi tarixiy modellarini 
farqlash mumkin:
- Gippokrat modeli (eramizgacha 460-3 77yy. ). Mazkur 
modelning asosiy mazmuni “Qasamyod”da bayon etilgan. Ushbu 
model patemalizmga (lotinchadan pater - ota) asoslangan, asosiy 
tamoyili - “ziyon etkazma”.
- Paratselbs modeli (1493-1541yy. ). Bu model o‘rta 
asrlarda shakllangan bo‘lib, uning tamoyillari aynan Paratselbs


tomonidan nisbatan aniqroq bayon etilgan. Vrach tomonidan 
bemoming ishonchini qozonishga m o‘ljallangan oldingi modeldan 
farqli ravishda, bunda patemalizmga vrach va bemor o‘rtasidagi 
munosabatning shakli sifatida alohida ahamiyat beriladi. Ya’ni, 
vrachga xuddi ota, ruhiy ustoz sifatida, bemorga esa -belgilangan 
davolash tadbirlarini so‘zsiz bajaradigan farzand, tolib sifatida 
qaraladi. Ushbu modelga ko‘ra bemor va vrach munosabatlari o ‘z 
mohiyati bo‘yicha - vrachning muruwati natijasidir. Binobarin, 
modelning asosiy tamoyili ham - “ezgulik, muruvvat qil”.
- Deontologik model. Deontologiya atamasi (deon. (grech.)
- burch) ingliz faylasufi I. Bentam (1748-1832yy.) tomonidan 
kiritilgan bo‘lib, burch haqidagi ta ’limni anglatadi. Asosiy holatlar 
uning “Deontologiya yoki axloq haqidagi ta’lim” kitobida bayon 
etilgan (1831y. ). Ushbu model utilitarizm ta’limotiga asoslangan 
bo‘lib, asosiy tamoyillari - “burchga sodiqlik”, “foyda keltirish”.
Ta’kidlash lozimki, deontologiya axloqiy burch haqidagi 
ta’lim sifatida etikaning tarkibiy qismini tashkil etadi va vrach 
etikasini tibbiy faoliyatning u yoki bu vaziyatidagi ma’lum bir 
ko‘rinishi, ya’ni kasbiy axloqning amaldagi namoyishi hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan barcha uch model patemalizmga 
va antropotsentrizm ta’limotiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra 
odam oliy tirik mavjudot sifatida tabiatning barcha tirik va o ‘lik 
obyektlaridan foydalanish huquqiga ega. Mos tarzda ulaming 
asosiy tamoyillari tibbiy xodimlaming majburiyatlaridan tashkil 
topgan. Xususan, barcha muhtojlarga yordam berish, shifokor 
sirini saqlash, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, ziyon 
etkazmaslik, qiynash, shafqatsiz ko‘rinishdagi yoki inson qadr- 
qimmatini tahqirlovchi harakatlarda ishtirok etmaslik va sh. k.
- bioetika modeli. “Bioetika” atamasi 1970 yilda amerikalik 
olim V. R. Potter (191 l-2001yy.) tomonidan taklif etilgan. Bioetika 
bo‘yicha tashkil etilgan Strasburg simpoziumi (1990y.) ta’rifiga 
ko‘ra, bioetika - tibbiyot vabiologiy a fanlari rivojlanishi jarayonida 
vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy muammolami


o‘rganadigan bilim sohasidir. Amaliy etikaning bir qismi sifatida 
bioetika sohalararo fan bo‘lib, asosiy maqsadi tibbiyot va biologiya 
fanlari yutuqlarini tadbiq etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin 
boMgan salbiy oqibatlardan insonlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya 
qilishdir.
V. R. Potter o ‘zining “Bioetika-kelajakka yo‘l” (1971 y.) 
kitobida tibbiy-biologik va gumanitar fanlar orasida erda hayotni 
saqlash, 
ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyot 
oqibatlarini 
inobatga 
olish masalalarida mavjud muammolarni bartaraf etish uchun 
muloqotlami davom ettirish imkonini beradigan bioetika haqidagi 
zamonaviy tasaw ur asoslarini bayon etgan. Uning fikricha 
bioetikaning asosiy g ‘oyasi umuminsoniy qadriyatlami tibbiy- 
biologik dalillar bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqishdan iborat. Zero, 
inson tirik tabiatning ajralmas qismi va bu taraqqiyotning tsivilizatsiya 
bosqichida insoniyatni tur sifatida uzoq muddat yashab qolishi imkonini 
beradigan asosiy omildir.
A. Shveytseming 1924 yilda chop etilgan “Madaniyat va etika” 
nomli kitobi bioetikaning vujudga kelishida dastlabki bosqich sifatida 
muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu kitobda u universal etika g‘oyasini 
asoslab, uning mohiyatini “hayotni e’zozlash”, ya’ni barcha mavjudot 
-flora va faunaga ma’naviy munosabatda bo‘lishtamoyili tashkil etadi. 
A. Shveytser fikricha, ushbu munosabat keng qamrovli, universal va 
chegarasiz bo‘lishi lozim. Ilk marotaba universal etikada biotsentrizm 
ta’limoti e’lon qilingan bo‘lib, uning falsafiy asosini zo‘rlik ishlatmaslik 
strategiyasi, barcha mavjudotga ziyon etkazmaslik tamoyili - aximsa 
tashkil etadi. Aximsa yoglaming asosiy etik tamoyillaridan bin boiib, 
quyidagicha ta’riflanadi: tirik jonzotlarga so‘z, fikr, his va ong osti 
impulbslari bilan zarar etkazma. U Avestoda uch birlik sifatida namoyon 
b o ig a n - ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu ish ko‘rinishidagi qadimiy axloqiy 
tamoyillarga o‘xshashdir (Z. M. Muxamedova, 2004).
Bioetika antropotsentrik yo‘nalishdan voz kechib, biotsentrizm 
tamoyillari asosida barcha tirik mavjudotga hurmat va insoniy 
munosabatda bo‘lish zaruriyatini e’lon qilish orqali ma’naviyatni


tarbiyalash, madaniyat va dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladi.
Fundamental tibbiy-biologik fanlami tezkor rivojlanishi, 
yangi biotibbiy texnologiyalarning kashf etilishi ma’lum bir muhim 
vazifalami hal etish bilan bir qatorda, tibbiy etika doirasidan chetga 
chiqadigan o‘ta ahannyatli boshqa yangi muammolami yuzaga 
kelishigi sabab bo‘ldi. Masalan, genetikaning muvaffaqiyatlari, 
odam genomining ochilishi nafaqat ayrim to‘qimani, balki butun bir 
organizmni klonlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Transplantologiya 
sohasidagi muvoffaqiyatlar o‘z navbatida odam va murda donorligi 
masalasida qator yangi muammolami vujudga keltirdi. Sun’iy 
urugMantirish, surrogat onalikdan foydalanish keng tarqalmoqda. 
Zamonaviy reanimatologiya oldin umidsiz hisoblangan bemorlami 
hayotga qaytarmoqda. Jinsni o‘zgartirish borasida jarrohlik amaliyoti 
masalalari hal etildi va shu kabilar.
So‘nggi holatlar o‘z navbatida yangi savollami vujudga 
keltirmoqda:
- odamni klonlash mumkinmi?
- o ‘lim faktini qachon yuz bergan deb hisoblash lozim?
- qanday vaziyatda homilani tirik tug‘ilgan deb hisoblash 
mumkin?
- umidsiz bemorlarga necha marta reanimatsiya tadbirlarini 
o‘tkazish lozim?
- evtanaziya mumkinmi?
- hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan bemorlarga tibbiy 
yordam ko‘rsatish kerakmi?
Zamonaviy fan yutuqlariga nisbatan “ijtimoiy sezgirlik”ning 
ortishi, tekshiruv natijalarining ijtimoiy ambivalentligi (ham 
ezgulik va ham yovuzlik maqsadlarida foydalanish imkoniyati) 
muammoga o‘ta dolzarblik tusini beradi va bu o‘z navbatida 
tadqiqotlami olib borish va natijalami amaliyotga tadbiq etish 
bosqichlarida mos tarzdagi nazorat va boshqaruvni talab etadi (M.
S. Abdullaxo‘jaeva, 2007)
1947 yilda Nyumberg tribunali natsist jinoyatchilariga


nisbatan 
hukmni 
e ’lon 
qilgan. 
Sudlanuvchilar 
orasida 
kontslagerlarda saqlangan harbiy tutqunlarda turli xil noinsoniy 
tibbiy tajribalar o‘tkazgan 23 ta nemis tibbiyotchi olimlari ham 
bo‘lgan. Ular tomonidan inson a’zolariga turli xil yuqumli 
kasallik qo‘zg‘atuvchilari, zaharli-moddalar, o ‘ta past haroratning 
ta’siri, tez, arzon sterilizatsiya usullari, suyak, mushak, asab 
to‘qimalarining 
regeneratsiya 
imkoniyatlari 
o‘rganilgan, 
shuningdek suyakni ko‘chirib o ‘tkazish amaliyotlari bajarilgan. 
Natsist vrachlar tomonidan sodir etilgan yovuzliklar sud hukmiga 
“Yo‘l qo‘yiladigan tibbiy tajribalar” nomli maxsus boMimning 
kiritilishiga sabab bo‘lgan. Ushbu bo‘lim keyinchalik mustaqil 
ko‘rinish oldi va “Nyumberg kodeksi” nomi bilan mashhur bo‘ldi. 
U odamlarda tibbiy tajribalar o‘tkazish tartibini belgilovchi ilk 
xalqaro hujjat sifatida e’tirof etiladi. Ushbu hujjatda birinchi 
marta alohida olingan bir insonning manfaatlari jamiyat va fan 
manfaatlaridan ustun ekanligi e ’tirof qilingan.
“Nyumberg kodeksi” o‘n banddan iborat bo‘lib, ulaming 
birinchisida tibbiy va boshqa tajribalami o ‘tkazishda tajriba 
o‘tkazilayotgan shaxsning ixtiyoriy roziligi mutlaq ko‘rinishdagi 
asosiy shartlardan biri ekanligi ta’kidlangan. Kodeksda xavf va 
zarami minimal daraj agacha kamaytirish, xavf va foydani mutanosib 
tarzda taqsimlash zaruriyati, vrachlaming yuqori malakaga ega 
bo‘lishi, shuningdek sinovlarga olingan shaxsni istagan vaqtda 
tajribalardan voz kechish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.
0 ‘tgan asming ikkinchi yarmidan boshlab farmatsevtika 
sanoatining 
tez 
suratlarda rivojlanishi 
ham 
bioetikaning 
shakllanishiga turtki bo‘ldi. 1966 yil Germaniyada yuz bergan 
talidamid fojeasidan so‘ng, ya’ni uxlatuvchi vosita sifatida 
talidamid qabul qilgan homilador ayollardan 20 mingga yaqin 
bolaning nuqsonlar bilan (oyoq-qo‘lsiz) tug‘ilishi, ilmiy tadqiqotlar 
va klinik amaliyot o‘rtasidagi aloqalami tubdan o ‘zgartirib yubordi. 
Biotibbiy tadqiqotlarning maqsadi sifatida endilikda nafaqat 
samarali dori-darmonlar va tibbiy buyumlami ishlab chiqarish,


balki ulaming noxush oqibatlarini oldini olish ham inobatga olindi. 
So‘nggi holat esa ko‘proq vaqt va mablag‘ talab etadi. Dori- 
darmonlaming noxush oqibatlarini oldini olish (ya’ni, ulardan 
foydalanishda xavfsizlikka erishish) fannatsevtika bioetikasi 
predmetini tashkil etib, u o‘z navbatida klinik tajribalar o‘tkazishda, 
dori-darmonlami ro‘yxatdan o ‘tkazish, ishlab chiqarish va sotishda 
vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik va yuridik 
muammolami o ‘rganadi (D. A. Asadov va boshq., 2005).
1972 yil AQSHda ilm ahlini larzga keltirgan 1932-1972 у illar 
oralig‘ida 400ta erkakda zaxmning latent shaklini tabiiy tarzda 
kechishini o ‘rganish bo‘yicha o ‘tkazilgan tekshiruv natijalari chop 
etilgan. Binobarin, kam ta’minlangan aholiga taalluqli bo‘lgan 
bemorlarga imkoniyat bo‘lgan holatda lozim bo‘lgan davolash 
chora-tadbirlari o‘tkazilmagan. Natijada 1974 yil AQSHda maxsus 
komissiya tashkil etilib, uning ish yakunida Belsmontning “Ilmiy 
tadqiqotlar obyekti bo‘lgan odamlami himoya qilish bo‘yicha etik 
tamoyillar va qo‘llanmalar” (1978) hisoboti tuzildi. Ushbu hujjatda 
tekshiruvlar, ya’ni tajriba va amaliyotning farqli xususiyatlari, 
shuningdek etikaning shaxsga hurmat, foyda va haqqoniylik kabi 
uchta muhim tamoyillari shakllantirilgan.
1964 yil Xalqaro tibbiy assotsiatsiya Xelsinki deklaratsiyasini 
qabul qildi, unda vrachlar va boshqa mutaxassislar uchun ilmiy 
tadqiqotlar o ‘tkazishda foydalanadigan qo‘llanmaning asosiy 
tamoyillari bayon etilgan. Ushbu deklaratsiya doimo yangi 
m a’lumotlar bilan to ‘ldirib boriladi. Jumladan, Xelbsinkida 2000 
yil qayta chop etilgan deklaratsiya nashrida quyidagi tamoyillar 
keltirilgan:
- tekshiruv ishtirokchisining yoki u muomalaga layoqatsiz 
bo‘lsa, uning vakilining ixtiyoriy va m a’lumotli tarzda roziligi;
- tadqiqotchining tekshiriluvchi hayoti va sog‘lig‘i uchun 
javobgarligi;
- tadqiqotchining yuqori malakali bo'lishi;
- bemomi shaxs sifatidagi huquqlarining himoya qilinishi;


- tekshiriluvchining tadqiqotlami istagan vaqtda tark etish 
huquqi;
- tadqiqotlar bayonnomasini etika bo‘yicha qo'mitaga ko‘rib 
chiqish, tavsiyalar berish va klinik sinovlar ustidan monitoring 
o ‘tkazishi uchun taqdim etish.
Yangi tibbiy preparatlar va buyumlaming sifati, xavfsizligi 
va samaradorligining ahamiyatli ekanligini inobatga olib, 1990 
yil yirik farmatsevtika kompaniyalari vakillari tomonidan tashkil 
etilgan garmonizatsiya bo‘yicha Xalqaro konferentsiya (ICH) 
yangi dori-darmonlami ishlab chiqish, nazorat qilish va bozorga 
olib chiqish jarayonlarini standartlashtirish masalalarini ко‘rib 
chiqdi. Keyinroq ICHning lozim darajadagi klinik amaliyot 
(Good Clinical Practice - GCP) qoidalari bo‘yicha direktivalari 
tayyorlandi. Ular “Odamlar ishtirokida o‘tkaziladigan sinovlarni 
ishlab chiqish, o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazish va xabar qilish 
bo‘yicha xalqaro etika va ilmiy sifat standartlari” hisoblanadi. GCP 
bo‘yicha direktivalar klinik sinovlar o ‘tkazish bo‘yicha standart 
sifatida aksariyat farmatsevtika preparatlari va tibbiy buyumlar 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qabul qilingan.
Tibbiy-biologik fanlaming tezkor suratlarda rivojlanishi 
va ulaming natijalarini amaliyotda qo‘llashda salbiy oqibatlar 
xavfming ortishi, o ‘tgan asrning 80 yillari oxirida Evropa Ittifoqi 
tomonidan mos tarzdagi umumevropa hujjatini ishlab chiqishga 
sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng 1993 yilda Evropa Ittifoqi Bosh 
assambleyasi “Tibbiyot va biologiya yutuqlaridan foydalanish 
munosabati bilan inson qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish 
Konventsiyasi”ni qabul qildi.
Hozirgi vaqtda totalitarizm va zo‘ravonliklaming (insonlarda 
tajriba o‘tkazish, a’zo va to‘qimalar bilan amaliyotlar o‘tkazish) 
yangi shakllarini tashkil topishi, insonlami moddiy holati, ijtimoiy 
mavqei bo‘yicha tabaqalanish natijasida insonlararo munosabatlarda 
insoniylikning yo‘qolishi, tibbiyotning tijoratga aylanishi, nasi 
qoldirish bo‘yicha tabiiy qobiliyatning susayishi, oila institutining


inqirozi, erkak va ayol oppozitsiyasining fundamental tabiiy 
ko‘rinishining buzilishi, mikroorganizmlar ustida olib borilgan 
sinovlar oqibati sifatida yangi kasalliklaming vujudga kelishi 
insoniyat uchun jiddiy xavfni yuzaga keltirdi. Bunday vaziyatda 
ilmiy-texnika, jumladan tibbiy-biologik fanlar yutuqlaridan nojo‘ya 
maqsadlarda foydalanishga qaratilgan harakatlami oldini olish 
imkonini beradigan xalqaro bioetika qo‘mitalarini tuzish zaruriyati 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Turli xil ma’naviy-tibbiy va axloqiy 
dunyoqarashlaming mavjudligini e ’tirof etgan holda, Butun jahon 
sog‘liqni saqlash tashkiloti va Butun jahon tibbiy assotsiatsiyasi 
xalqaro tibbiy-etika kodekslari va kelishuvlari yordamida 
ushbu hamkorlikda yashash munosabatlarini boshqarib turadi 
(D. A. Asadov, Z. M. Muxamedova, 2005).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin