Miya o‘limini aniqlash muammosi
Murdadan a’zo va to‘qimalami olishda muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan masalalardan biri a’zolarning donordan olinadigan
muddatini, va u bilan uzviy bog‘liq holatda o ‘lim yuz bergan vaqtni
aniqlashdir. Tabiiyki, o‘z faoliyatini keyinchalik davom ettira
oladigan tirik a’zo va tirik to‘qimagina ko‘chirib o ‘tkazish uchun
olinishi mumkin. Shu sababli shaxsning o ‘limi va transplantantni
olish oralig‘idagi vaqtni imkon darajasida qisqartirish zaruriyati
tug‘iladi.
Klinik o‘lim organizmning hayot va o‘lim o ‘rtasidagi oraliq
bosqichi bo‘lib, yurak va nafas to‘xtagandan so‘ng qisqa muddat
oralig‘ida (5-6 daqiqa) bosh miyaning oliy qismlari faoliyati
davom etadi. Ushbu holatni huquqiy va etika nuqtai-nazaridan
o ‘lim sifatida baholash mumkin emas, binobarin organizmni qayta
tiriltirish imkoniyati saqlanadi. Keyinroq yurak va nafas faoliyati
tiklanmasa, bosh miyada orqaga qaytmas o‘zgarishlar vujudga
keladi va o‘lim yuz beradi.
Anesteziologiya
va
reanimatologiyaning
zamonaviy
imkoniyatlari insonni hamma vaqt hayotga qaytarish imkonini
bermasa ham, ammo miya o‘limidan so‘ng a’zo va to‘qimalarda
hayotiy jarayonlami uzoq muddat davomida saqlab turishi mumkin.
Shu sababli reanimatsion tadbirlami to‘xtatish va keyinroq a ’zo
yoki to‘qimalami olishning maqsadga muvofiqligi donorning
individ sifatida hayotga layoqatliligi masalasiga bog‘liq bo‘lib
qoladi.
Vrachlar konsiliumi tomonidan belgilangan tartibda o ‘lim
fakti qayd etilgandan so‘ng reanimatsion chora-tadbirlami yana
davom ettirishga ehtiyoj qolmaydi. Professor S. Ya. Doletskiy
qayd etganidek, “bemorning hayoti uchun kurashish, dogma
ko‘rinishidagi fikrlaming mavjudligiga qaramay, faqatgina uni
qutqarib qolishga umid bo‘lgandagina adolatlidir”.
Haqiqatdan ham, reanimatsion chora-tadbirlaming maqsadga
muvofiqligi va asoslanganligi faqat organizmning hayotiy muhim
faoliyatlarini to‘laqonli tiklash imkoniyatining mavjudligi bilan
belgilanadi. Bosh miya hujayralarining o‘Iimi yuz bergandan so‘ng
ularni davom ettirishdan ma’no qolmaydi.
Reanimatologiyaning zamonaviy yutuqlari xushni qayta
tiklashga umid qolmagan holda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi
yordamida yurak faoliyatini turg‘un saqlab turish imkonini beradi.
Bosh miya o ‘lgan, qon aylanish va nafas sun’iy tarzda ushlab
turilgan odamni tirik deb hisoblash mumkin emas (A. P. Gromov,
1976). V. A. Negovskiy (1977) fikricha, ongli hayotga hech
qachon qayta olmaydigan bunday holatni odam yoki shaxs sifatida
atab bo‘lmaydi, u qarindoshlari va yaqinlari uchun faqat ma’no-
maqsadsiz azob manbaiga aylanadi.
Miya o ‘limi haqida qaror qabul qilish va shundan
so‘ng reanimatsion tadbirlami to‘xtatish vakolati vrachlarga
berilgan. Hayotni sun’iy tarzda ushlab turish texnologiyasining
rivojlanishi munosabati bilan o‘lim faktini qayd etish masalasida
muammolar yuzaga kelishidan tashvishga tushgan Anesteziolog va
reanimatologlammg Xalqaro kongressi uzoq 1957 yildayoq o ‘sha
vaqtdagi katolik cherkovining rahbari Papa Piy Xllga murojaat etib,
o ‘lim va hayot o ‘rtasidagi chegarani aniqlashda qanday mezonlarga
amal qilish masalasiga aniqlik kiritib berishini so‘raganda, u o‘lim
faktini aniqlash vrachning ishi ekanligini e’tirof etgan. Zero, o‘lim
faktini qayd etish mas’uliyati ruhoniyga emas, balki aynan vrachga
taalluqli ekanligini cherkov ham ma’qullaydi.
Miya o iim i - bu mustaqil nafasning to‘xtashi va barcha
o ‘zak reflekslarini so‘nishi, qayta tiklanmaydigan hushsizlik holati
bilan namoyon boiadigan bosh miyaning, shu jumladan uning
o ‘zak qismlarining ham oiishidir (A. M. Gurevich, 1997). Miya
o iim i haqidaga bu kontseptsiya ilmiy asoslangan, etarli darajada
isbotlangandir. Ushbu fikr bosh miyada qaytmas o‘zgarishlaming
rivojlanishini odamning individ sifatida oiim iga tenglashtiradi.
Ayni vaqtda mazkur talqin o iim haqidagi odatiy tasavvurlarga
nafaqat mos kelmaydi, balki m a’lum m a’noda ulami inkor ham
etadi. Binobarin, u bo‘yicha yurak faoliyati, hayotning boshqa
belgilari saqlangan holatda odam о ig a n db hisoblanadi Shu
munosabati bilan o iim faktini qayd etish amaliyoti murakkab
va jiddiy ko‘rinish oladi. Mazkur jarayon tajribali mutaxassislar
konsiliumi tomonidan zamonaviy klinik va paraklinik tekshiruv
usullaridan foydalanilgan holda amalga oshirilishi lozim.
M a’naviy-axloqiy va huquqiy jihatlarini inobatga olganda
o iim vaqtini qayd etish mezonlari quyidagi talablarga mos boiishi
lozim:
1. Ilmiy asoslanganligi, ya’ni kimni qutqarish mumkin,
kimni esa - yo‘qligini ishonchli va etarli darajada aniq farqlash
imkonining mavjudligi;
2. Amaliy jihatdan qulayligi, ya’ni ko‘p mutaxassislar,
ortiqcha harakatni talab etmasligi;
3. Ob’ektivligi, lozim darajadagi malakaga ega boigan har
qanday mutaxassis tomonidan bir xilda tushunilib, qoilanilishi,
shuningdek har bir holatda to‘g ‘ri foydalanilganini tekshirish
imkoniyatining mavjudligi;
4. Jamiyatdagi hukmron madaniy va ma’naviy qarashlarga
mosligi.
Rossiya Federatsiyasining 1993 yilda qabul qilingan
“Miya o ‘limi tashhisi asosida odam o‘limini qayd etish haqidagi
Yo‘riqnoma”ga muvofiq miya o‘limi odam o ‘limiga tenglashtiriladi
va u ishlab turgan yurak va o ‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi fonida
bosh miya faoliyatinin to6liq va qayta tiklanmaydigan to‘xtashida
namoyon bo‘ladi. Miya o ‘limi tashhisini qo‘yishda uning vujudga
kelish sababi va mexanizmi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish
lozim. Dori-darmonlaming markaziy nerv tizimi va nerv-mushak
o ‘tkazuvchanligiga falajlovchi ta’siri, zaharlanishlar, metabolik
o‘zgarishlar va miyaning infektsion omil ta’sirida shikastlanishi
kabi holatlami istisno etilishi miya o ‘limi tashhisotining asosiy
shartlaridan hisoblanadi.
Ushbu yo‘riqnomaga muvofiq Rossiya Federatsiyasida miya
o‘limi tashxisi tajribali, soha bo‘yicha 5 yildan kam bolm agan ish
stajiga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan
qo'yiladi va tasdiqlangan shakldagi “Miya o‘limini aniqlash
bayonnomasi” bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tarkibida boshqa
mutaxassislar bilan bir qatorda anesteziolog-reanimatolog va
nevropatologning bo‘lishi shart ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Miya o‘limi tashhisini belgilangan tartibda qo‘yilishi va
mos tarzdagi hujjatning rasmiylashtirilishi reanimatsion chora-
tadbirlarni to‘xtatish uchun asos hisoblanadi.
Albatta, murdadan a ’zo va to‘qimalami ko‘chirib o ‘tkazish
uchun olish rejalashtirilgan holatlarda komissiya tarkibiga
a ’zolami olish va transplantatsiya amaliyotida ishtirok etuvchi
mutaxassislami kiritish mumkin emas.
0 ‘lim faktini qayd etuvchi aniq mezonlaming yo‘qligi tibbiy
xodimlar faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi bilan
bir qatorda, ulaming ayrim holatlarda murakkab vaziyatda qolishiga
sabab bo‘ladi. Miya o ‘limi haqida aniq va ishonchli tarzda tuzilgan
tibbiy-huquqiy tushunchaning mavjudligi vrachga reanimatsion
tadbirlarni to‘xtatish haqida asosli qaror qabul qilish imkonini
beradi.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to ‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston
Respublikasining Qonuniga muvofiq o‘lim faktini qayd etish tartibi
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilanadi (40-modda). Chet davlatlar tajribasi ushbu tartib (qoida,
yo‘riqnoma) asosan anesteziolog-reanimatolog va nevropatologlar
tomonidan ishlab chiqilishi lozimligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
1992 yil 21 oktyabrdagi 551 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
“Murdalar sud-tibbiy ekspertizasi qoidalari”ga muvofiq (11 ilova, 1.
13 band) murdaning sud-tibbiy ekspertizasi ilk murda o‘zgarishlari
vujudga kelgandan so‘ng (murdaning sovushi, murda dog‘i, murda
qotishi) boshlanishi mumkin. 0 ‘limdan so‘ng transplantatsiya
uchun a ’zo va to ‘qimalami imkon darajasida qisqa muddatlarda
olish lozimligini inobatga olib, qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘lim
fakti qayd etilib, mos tarzdagi hujjat rasmiylashtirilgan holatda
yuqorida qayd etilgan o ‘zgarishlar rivojlanishini kutmasdan murda
tekshiruvini boshlashga imkon beradi. Ushbu hujjatning bir nusxasi
ekspertiza tayinlangan sud-tibiy ekspertga topshiriladi, va sud-
tibbiy ekspertiza muassasi arxivida xulosa nusxasi bilan birgalikda
saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |