va engil boiishini ta’minlash uchun ham amalga oshirilishi lozim,
chunki bu evtanaziya... uning o‘zi ham ulkan muruwatdir”.
Shunday qilib, F. Bekon bo‘yicha evatanaziya - “...hali
nafas
olayotgan shaxslaming hayotni tark etishini osonlashtirishdir..
boshqacha aytganda uning mohiyati o‘layotgan shaxslaming azob-
uqbatlarini engillashtirishdir.
Evtanaziya muammosi ancha chuqur tarixga ega. Qadimda
qator xalq, qabilalarda kasallik, keksalikdan vafot etish yo‘1 qo‘yib
boimaydigan, uyatli holat hisoblangan,
va bu kabi hollarda ular
turli xil yo‘llar bilan o ‘zlarini oidirishgan (qoyalardan tashlagan,
zahar ichgan, tundraga muzlash uchun ketgan va shu kabilar).
Evtanaziya har qanday ko‘rinishda tibbiy etikaning asosiy
tamoyillariga ziddir. Gippokrat “Qasamyodi”da ta’kidlangan
Men hech kimga so‘ralgan o ‘lim vositasini bermayman, va bu
maqsadga erishish yo‘lini ko‘rsatmayman...”. Ammo,
uning ayrim
zamondoshlari (Platon, Suqrot, Aristotel) ojiz, umidsiz, hayotga
layoqatsiz bemorlarni “oson o‘lim” bilan jonsizlantirishni tabiiy va
foydali deb hisoblashgan.
Mashhur rus huquqshunosi A. F. Koni axloqiy va huquqiy
nuqtai-nazardan istisno holatlarda aktiv
evtanaziya imkoniyatiga
yo‘l qo‘ygan. Bunda quyidagilaming bo‘lishi lozim deb
ta’kidlangan:
1. bemoming ongli va qat’iy talabi;
2.ma’lum va mavjud usullar bilan bemor azoblarini
engillashtirish imkoni bo‘lmasa;
3. vrachlar konsiliumi tomonidan
hayotni saqlab qolish
imkoni yo‘qligi aniq va ishonchli tarzda isbotlanganda;
4. huquq-tartibot idoralarini oldindan ogohlantirish bilan.
So‘nggi o ‘n yillikda tibbiyot fani,
jumladan reanimato-
logiyaning rivojlanishi, axloqiy qadriyatlami qayta ko‘rib chiqish
va insonning sog‘lig‘i emas, balki uning huquqlari ustuvor
ekanligini e’tirof etilishi evtanaziya mumkinligi masalasi o‘tkir
tus olishiga sabab bo‘ldi. Ushbu muammoning echimiga nisbatan
munosabatlaming bir xil emasligini qayd etish lozim.
Evtanaziyaning asosan to ‘rt turi farqlanadi: aktiv evtanaziya,
passiv evtanaziya yoki ortotanaziya, medikotanaziya va distanaziya.
Dostları ilə paylaş: