jarayonida vujudga kelib, moddiy va m a’naviy qadriyatlar yaratish
bilan bog‘liq bo‘ladi;
B.
Xodim, mehnat jamoasining bir a’zosi va bevosita ijrochisi
sifatida, ayrim huquqlarga ega bo‘ladi va unga aniq majburiyatlar
yuklatiladi;
V.
Xodim nafaqat jismoniy va aqliy imkoniyatlarini namoyon
etish uchun, balki o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qanoatlantirish uchun ham mehnat qiladi, bu esa mehnatga oid
munosabatlarga haqi to ‘lanadigan munosabat tusini beradi va
so‘nggi holat ulami jamoat tartibi asosida amalga oshiriladigan
faoliyatlardan farqlaydi.
G. Mehnat munosabatlarida fuqaro shaxsiy mehnati bilan
ishtirok etadi va aniq kasbi, lavozimi bo‘yicha belgilangan ishni
bajaradi (Y. Tursunov, 2004).
Mehnat qonunchiligigako‘ramajburiy mehnat, ya’nibiron-bir
jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash
ta’qiqlanadi. Ayni vaqtda, harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, favqulodda holatlar
yuz bergan sharoitlarda, sudning qonuniy hukmi kuchga kirganda,
shuningdek qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda ayrim
ishlami bajarish majburiy mehnat hisoblanmaydi ( 0 ‘zR MK
7-modda).
Dostları ilə paylaş: