Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Xodim va ish beruvchi huquqlari



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Xodim va ish beruvchi huquqlari
Qonunchilikda xodim va ish beruvchining huquqlari aniq 
belgilangan. Ya’ni, har bir xodim: qonun hujjatlarida belgilangan 
eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi; dam 
olish; xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda 
ishlash; kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
ish bilan bog‘liq holatda sog‘lig‘iga, yoki mol-mulkiga etkazilgan 
zaraming о‘mini qoplash; kasaba uyushmalariga hamda xodimlar 
va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa 
tashkilotlarga a ’zo bo‘lish; keksayganda, mehnat qobiliyatini 
yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda


nazarda tutilgan boshqa holatlarda ijtimoiy ta’minot olish; o ‘zining 
mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya 
qilish va malakali yuridik yordam olish; jamoalarga doir mehnat 
nizolarida o ‘z manfaatlarini quwatlash huquqiga ega ( 0 ‘zR MK 
16-modda).
Boshqa huquqlar qatorida ish beruvchi qonunchilikda 
belgilangan tarzda shartnomalarni tuzish va ulami bekor qilish, 
xodimdan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ishni toMaqonli 
bajarishni talab etish huquqlariga ega ( 0 ‘zR MK 17-modda).
Mehnat qonunchiligida xodim va ish beruvchining asosiy 
majburiyatlari keltirilgan. 0 ‘zR MK 176-moddasiga muvofiq 
xodim o‘z mehnat majburiyatlarini halol, vijdonan bajarishi; mehnat 
intizomiga rioya qilish; ish beruvchining qonuniy farmonlarini 
o ‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat 
muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi 
talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab 
asrashi shart. Shuningdek, xodimning mehnat vazifalari ichki tartib 
qoidalarida, intizom to ‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada 
qabul qilinadigan lokal hujjatlarda aniq belgilab qo‘yilishi 
ta’kidlangan.
0 ‘zR MK 177-moddasiga muvofiq ish beruvchining 
majburiyatlariga xodimlar mehnatini tashkil etish, qonunda va 
boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan 
mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat va ishlab chiqarish 
intizomini ta’minlash, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish, 
xodimlaming ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarash, ulaming 
mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borish, ushbu Kodeksga 
muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi kiradi.
Shuningdek, ish bemvchi xodimdan uning mehnat vazifalari 
doirasiga kirmaydigan ishlami bajarishni, qonunga xilof yoki xodim 
va boshqa shaxslaming hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, 
ulaming sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni 
talab etishga haqli emasligi ta’kidlangan.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin