Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqish
vakolati bo‘lgan organlar (manbador shaxslar)
Qonunchilikka
muvofiq
ma’muriy
huquqbuzarliklar
to‘g ‘risidagi ishlami:
- tuman (shahar) sudining m a’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi;
- xo‘jalik sudlari;
- shaharcha, qishloq va ovul fuqarolaming o‘zini o ‘zi
boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;
- voyaga etmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman
(shahar) komissiyalari;
- ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat
inspektsiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks
bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ко‘rib
chiqadilar.
So‘nggi idoralar qatoriga davlat yong‘in xavfsizligi
nazorati organlari, temir yo‘l transporti va metropoliten idoralari,
shahar yo‘lovchi tashish, xalqaro va elektr transport organlari,
mehnat bo‘yicha davlat huquqiy va texnik nazorati inspektorlari,
Mudofaa vazirligi organlari, Davlat sanitariya nazorati organlari,
0 ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki islilar vazirligi
va Milliy xavfsizlik xizmatining sanitariya nazoratini amalga
oshiruvchi tibbiy xizmatlari, davlat veterinariya nazorati organlari,
tabiatni muhofaza qiluvchi davlat organlari, bojxona organlari,
soliq organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi organlari, standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish organlari, statistika organlari va
boshqalar taalluqlidir.
Ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlikni surishtirish natijalariga ko‘ra
buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga
rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan
zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor
shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g ‘risidagi bayonnomani tuzadi.
Mazkur bayonnomada: bayonnoma tuzilgan sana va
joy, bayonnoma tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining
ismi; m a’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu
huquqbuzarlikning mohiyati; ana shunday huquqbuzarlik uchun
javobgarlikni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjat; agar guvohlar va
jabrlanuvchilar bo‘lsa, ulaming familiyalari va yashash manzillari;
huquqbuzaming tushuntirish xati; ishni hal qilish uchun zarur
bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Basharti, huquqbuzarlik
tufayli moddiy zarar etkazilgan bo‘Isa, bu ham bayonnomada
ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan shaxs vam a’ muriy huquqbuzarlik sodir
etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Guvohlar va jabrlanuvchilar
bo‘lgan taqdirda esa bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan
ham imzolanadi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani
imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib
qo‘yiladi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani mazmuni
yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va
mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo
chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
Alohida ta’kidlash lozimki, ma ’muriy huquqbuzarlik haqidagi
qonunchilikka muvofiq bayonnoma tuzishda huquqbuzarga
m a’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs sifatida 0 ‘zbekiston
Respublikasi M a’muriy javobgarlik to ‘g‘risidagi kodeksning
294-moddasida keltirilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilishi
shart. Xususan, qonunchilikka ko‘ra, shaxs ish materiallari bilan
tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o ‘z
iltimosini bayon etishga, ishni ко‘rib chiqish vaqtida advokatning
yuridik yordamidan foydalanishga, o ‘z ona tilida so‘zlashga va
taijimonning xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan
qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
M a’muriy
huquqbuzarlik
to ‘g‘risidagi
ish ma’muriy
javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Mazkur shaxsga ishni ко‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar
qilinganligi to ‘g ‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib
chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan
hollardagina ish uning ishtirokisiz ко‘rib chiqilishi mumkin. Shu
bilan birga qator holatlarda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning
qatnashishi shart. Bu kabi holatlarga sodir etilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar uchun jazo sifatida ma’muriy qamoqqa olish,
ashyolami musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib
qo‘yish choralarini qo‘llanish nazarda tutilgan hollar taalluqlidir.
Ma’ muriy huquqbuzarlikto ‘ g‘ risidagi ishlami ко ‘rib chiqishda
jabrlanuvchilar ishtirok etishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik
haqidagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li
bilan m a’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar etkazilgan shaxs
jabrlanuvchi deb topiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
ishlami ко‘rib chiqishda jabrlanuvchi ham ayblanuvchi berilgan
kabi huquqlarga ega bo‘ladi.
Maxsus bilimlarga ega bo‘lish zarurati tug‘ilgan hollarda
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ
(mansabdor shaxs) tomonidan ekspertiza tayinlanadi. Ekspertning
huquq va majburiyatlari, ekspertiza o ‘tkazishning protsessual
asoslari, ekspert xulosasiga talablar jinoiy va fuqaroviy ishlar
bo‘yicha tayinlanadigan va o‘tkaziladigan ekspertizalar kabidir.
Tibbiy xodimlaming faoliyatida turli xil ko‘rinishdagi
ma’muriy huquqbuzarliklar uchrab turishi mumkin. Xususan,
0 ‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksida fuqarorlarning huquq va erkinliklariga tajovuz
qiluvchi qator huquqbuzarliklar keltirilgan bo‘lib, ular qatoriga
tuxmat (40-modda), haqorat (41-modda), davlat tili (42-modda),
fuqarolaming
murojaatlari
(43-modda),
mehnat
haqidagi
(49-modda) qonun talablarining buzilishi, mehnatga ma’muriy
majburlash (51-modda) kabilami kiritish mumkin. Ta’kidlash
lozimki, yuqorida qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar ko‘proq
tibbiy xodimlaming emas, balki ko‘proq tibbiyot muassasalari
rahbarlarining faoliyatiga taalluqlidir.
Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qator huquqbuzarliklar
ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ular 0 ‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to ‘g ‘risidagi kodeksining
VI bobida keltirilgan. Ular qatoriga: engil tan jarohati etkazish
(52-modda), sanitariya qomm hujjatlarini buzilishi (53-modda),
epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (54-modda),
radiatsion xavfsizlikka doir qoida, me’yor, yo‘riqnoma va
boshqa talablami buzish (55-modda), giyohvandlik vositalari
yoki psixotrop-moddalami oz miqdorda g ‘ayriqonuniy tarzda
tayyorlash, olish, saqlash, tashish va jo ‘natish (56-modda) kabi
qilmishlar kiradi. Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan
holatlarda huquqbuzarlikning subyekti sifatida boshqa fuqarolar
bilan bir qatorda tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Ushbu guruhdagi qator huquqbuzarliklar bevosita yoki
bilvosita tarzda tanosil kasalliklari yoki OITS bilan bogiiqdir.
Ya’ni, tanosil kasalliklari yoki OITSga uchragan bemoming
kasallik yuqtirilgan manbani, shunindek o‘zi bilan aloqa qilib
tanosil kasalligi yoki OITS yuqishi xavfini yuzaga keltiradigan
shaxslami yashirishi m a’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi
(57-modda). Shuningdek, tanosil kasalliklari yoki OITS bilan
kasallanganligi haqida etarli m a’lumotlar bo‘lgan holatda
tekshiruvlarni rad etganda ham fuqarolar m a’muriy javobgarlikka
tortilishi mumkin (58-modda). Shu bilan birga OITS yuqqan-
yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda,
shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalami o ‘tkazishda xavfsizlik
etarli darajada ta’minlanmagan holatlarda ham tibbiy xodimlar
m a’muriy javobgarlikka tortiladi (59-modda).
0 ‘zbekiston
Respublikasining
Ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksining XIII bobida xususiy tibbiy amaliyot
faoliyatida ham uchrashi mumkin bo‘lgan savdo, tadbirkorlik
va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun javobgarliklar
keltirilgan. Bularga savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
(164-modda), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini
buzish (176-modda), shartnoma intizomini buzish (176l'modda)
taalluqlidir. Ushbu turdagi m a’muriy javobgarlikka aholiga pullik
xizmat ko‘rsatish, xo‘jalik hisobida ish bajarish jarayonida yo‘l
qo‘ygan huquqbuzarliklari uchun davlat va sog‘liqni saqlashning
boshqa tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy xodimlari ham jalb
etilishi mumkin
Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi va
m a’muriy javobgarlikni yuzaga keltiruvchi huquqbuzarliklar
0 ‘zbekiston Respublikasining M a’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi
kodeksining XVI bobida keltirilgan. Ulaming ayrimlari sog‘liqni
saqlash idoralari va muassasalari faoliyatida ham uchrab turadi.
Ya’ni, maxsusxizmatl ami, shujumladan teztibbiy yordamni qasddan
aldab chaqirganlik (199-modda), Davlat statistik hisobotlarini
taqdim etish tartibini buzish (215-modda) m a’muriy javobgarlikka
tortishga asos bo‘ladi. Agarda birinchi holatda huquqbuzarlik
subyekti fuqarolar bo‘lsa, ikkinchi holatda - sog‘liqni saqlash
idorasi va muassasalarining mansabdor shaxslaridir.
Dostları ilə paylaş: |