yoki karaaytirishi mumkin ( 0 ‘zR FK 1012-modda).
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida tibbiy
yoki farmatsevtika faoliyatiga ham taalluqli bo‘lgan tovarning,
ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zaraming
o ‘mini qoplash masalasi alohida yoritilgan. Ya’ni, mahsulotning
(ishning, xizmatning) konstruktiv, retseptur yoki boshqa nuqsonlari
oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot
noto‘g ‘ri yoki etarli emasligi oqibatida fiiqaroning hayoti, sog‘lig‘i
yoki mol-mulkiga yoxud yuridk shaxsning mol-mulkiga etkazilgan
zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ulaming
aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida
bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi lozim ( 0 ‘zR
FK 1017-modda).
Bunday holatlarda zararni qoplash ayrim xususiyatlarga ega.
Mahsulotningnuqsonlarioqibatidaetkazilganzararjabrlanuvchining
tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi (masalan,
farmatsevtika faoliyatida dori-darmon, yoki boshqa vositalar,
tibbiy texnika va buyumlar) tomonidan qoplanishi lozim. Ishning
(xizmatning) nuqsoni oqibatida etkazilgan zarar ishni bajargan
yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi
lozim. Xuddi shu tartibda tovar (ish, xizmat) to‘g ‘risida to‘liq
yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida etkazilgan zarar
qoplanishi lozim ( 0 ‘zR FK 1018-modda).
Shu bilan birga tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi,
ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar engib bo‘lmas kuch ta’sirida
yoki iste’molchi tovarlami saqlash yoki ulardan (ishning
natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan
qoidalami buzishi oqibatida etkazilganligini isbotlagan hollarda
javobgarlikdan ozod qilinadi ( 0 ‘zR FK 1020-modda).
Dostları ilə paylaş: