Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Tanosil yoki OlV-infektsiyasi (OITS)



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Tanosil yoki OlV-infektsiyasi (OITS)
kasalliklarini tarqatish
0 ‘zR Ж 113-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning subyekti 
aksariyat holatlarda tanosil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar yoki 
OlV-infektsiyasi bilan zararlangan (odam immuntanqisligi virusini 
yuqtirgan) shaxslar bo‘lib, ular tomonidan o ‘z kasalliklarini bilgan 
holda, boshqa shaxslarga tanosil kasalligi yoki OlV-infektsiyasini 
yuqtirishi yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirishi tushuniladi. Bunda 
tanosil kasalligining turi, xususiyatlari, shu jumladan davolash 
imkoniyatining mavjudligi va oqibatlari jinoyatga huquqiy baho 
berishda inobatga olinmaydi.
Keyinroq, 2010 yilda ushbu moddaga tibbiy xodimlaming 
javobgarligini ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi. Ushbu holatda 
boshqa shaxsga OIV-infektsiya/OITS yuqtirish kasb yuzasidan 
xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida sodir 
bo'lishi ko‘zda tutiladi. Shunday qilib, 0 ‘zR Ж 113-moddasining 
beshinchi bandida nazarda tutilgan jinoyat obyekti sifatida bemor, 
subyekti esa asosan tibbiy xodimlar, shu jumladan vrachlar va o‘rta 
tibbiy xodimlar bo‘lishi mumkin. Ushbu-moddaning, shu jumladan 
qabul qilingan o ‘zgartirishning mohiyati OIV-infektsiya/OITS 
tarqalishini oldini olishga qaratilgan.
Shuningdek, ushbu masalaga 1999 yilda maxsus qabul 
qilingan “Odam immun tanqisligi virusi (OlV-infektsiyasi) 
chaqiradigan kasalliklaming profilaktikasi to‘g ‘risida” 0 ‘zbekiston 
RespublikasiningQonuni bag‘ishlanganliginita’kidlashlozim. Unga 
muvofiq, OIV-infektsiya/OITS profilaktikasi bilan shug‘ullanish 
davlat tasarrufiga molik (4-modda) va qonunchilikka mos tarzda


davlat byudjeti, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslaming 
ixtiyoriy badallari, boshqa moliyaviy manbalar hisobidan 
moliyalashtiriladi (5-modda). Ushbu Qonunda OIV-infektsiyasi/ 
OITS kasalligi bilan og‘riganlar, ularning oila a’zolarini huquqlari 
va ijtimoiy ta’minoti (9-modda), OIV-infektsiyasi yuqtirganlar va 
OITS bilan kasallanganlar huquqlarining kafolatlanishi (10-modda) 
masalalari alohida keltirilgan
Qonunning alohida bir-moddasi (11-modda) o ‘z kasb 
vazifalarini bajarish davrida odam immuntanqisligi virusi bilan 
zararlanish xavfi mavjud bo‘lgan tibbiy xodimlami ijtimoiy 
himoyalash masalasiga bag‘ishlangan. Jumladan, ushbu toifaga 
mansub bo‘lgan tibbiy xodimlarga alohida imtiyozlami berish 
ко‘zda tutilgan.
Qonunga 
muvofiq 
OIV 
yuqtirgan 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari qon, biologik suyuqliklar, a’zo, 
to'qimalarini berish uchun donor bo‘lishi mumkin emas va tibbiy 
nazoratda bo‘lishi talab etiladi. OIV-infektsiyasi chet el fuqarosida 
aniqlangan holatlarda, ular qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda 
deportatsiya qilinishlari mumkin (6-modda).

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin