Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Odil sudlovga qarshi jinoyatlar



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar
Tibbiy xodimlar orasida ushbu jinoyatlarning subyekti sifatida 
ko‘proq sud-tibbiy va sud-psixiatriya ekspertlari, shuningdek sud 
ekspertiza jarayoniga sud eksperti sifatida jalb etilgan boshqa 
sohalar vakillari bo‘lishi mumkin. Ulaming faoliyatiga nisbatan 
ushbu guruhdagi huquqbuzarliklardan “Yolg‘on guvohlik berish” 
(238-modda), “Surishtiruv vadastlabki tergovsirlarini oshkorqilish” 
(239-modda), “Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z 
zimmasidagi vazifalami bajarishdan bo‘yin tovlashi” (240-modda) 
kabi holatlar uchrab turadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq 
surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoki ishni sudda ko'rish 
vaqtida guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib, yolg‘on ko‘rsatma 
berishi yoxud ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berishi, 
shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g ‘ri tarjima 
qilishi yolg‘on guvohlik berish sifatida baholanadi. Shunindek, 
surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoki ishni sudda ko'rish 
vaqtida guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib, yolg‘on ko‘rsatma 
berishi yoxud ekspertning yolg‘on xulosa berishi yoxud tarjimonni 
noto‘g‘ri tarjima qilishi uchun pora evaziga og‘dirib olish, 
shuningdek, ularga yoki ulaming yaqin qarindoshlariga ruhiy yoki 
jismoniy tayziq o ‘tkazish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur 
qilish ham yolg‘on guvohlik berish sifatida tasniflanadi.


Surishtiruv va dastlabki tergov sirlarini surishtiruvchi, 
tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilish ham jinoyat 
sifatida baholanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda 
guvoh yoki jabrlanuvchining ko'rsatuv berishni, yoxud ekspertning 
xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan bo‘yin tovlashi jinoyat 
sifatida baholanadi. Shu bilan birga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik ko'rsatuvi 
berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun, 
shuningdek guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishini rad etganda 
javobgarlikka tortilmaydi.
Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan javobgarliklar 
“Sud ekspertining majburiyatlari” haqidagi “Sud ekspertizasi 
to ‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida, 
“Ekspertning huquq va majburiyatlari” haqidagi O'zbekiston 
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 68-moddasi ham 
keltirilgan. “Davlat sud ekspertiza muassasasi rahbarining 
majburiyatlari” 
haqidagi 
“Sud 
ekspertizasi 
to‘g‘risida”gi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida rahbar sud 
ekspertini yuqorida qayd etilgan jinoiy javobgarliklar haqida 
ogohlantirishi, undan bu haqida tilxat olishi va uni xulosa bilan 
birga ekspertiza tayinlagan shaxs (organga) yuborishi lozimligi 
ta ’kidlangan.
Tibbiy xodimlar faoliyatida 0 ‘zR JK 241-moddasi bilan 
tasniflanadigan huquqbuzarliklar ham uchrashi mumkin. “Jinoyat 
haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish”, ya’ni tayyorgarlik 
ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida 
aniq bilani holda xabar bermaslik, shuningdek, og‘ir yoki o‘ta 
og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish holatlarini 
anglatadi. Shunga ko‘ra bu kabi holatlarda fuqarolar tibbiy 
yordamga murojaat etganda tibbiy xodimlar bu haqida huquq- 
tartibot idoralariga xabar berishlari shart. Ushbu m a’lumotni rasmiy 
tibbiy hujjatga qayd etib qo‘yish (kimga, qachon, qanday ma’lum 
qilingan) maqsadga muvofiq.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin