XI bob. TIBBIY YORDAM NUQSONLARI
Tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida
komission sud-tibbiy ekspertizaning asosiy vazifasi bemorga
ко‘rsatilgan tibbiy yordam sifatigabaho berishdan iborat.
Umum tomonidan qabul qilingan ayrim tushunchalami
amaldagi qonunchilik nuqtai-nazaridan tavsifini bayon etish
maqsadga muvofiqdir:
bemor
- kasallik mavjudligi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar
tibbiy yordamga murojaat etgan, ushbu yordamni va u bilan bog‘liq
bo‘lgan xizmatni olayotgan shaxs;
tibbiy yordam sifati
- tibbiy texnologiya va ulardan
foydalanish natijalari, ko‘rsatilgan tibbiy yordamni zamonaviy
tibbiyot fani, tibbiy yordam sifati standartlariga mosligini
tavsiflovchi belgilar majmuasi;
tibbiy standartlar
- tibbiy faoliyatning samaradorligini
baholash bilan birga fan va amaliyot yutuqlarini aks ettiruvchi
davolash-diagnostika chora-tadbirlaming hajmi va xarakterini
tartibga solingan ketma-ketligi.
So‘nggi yillarda tibbiy yordam ko‘rsatishda standartlashtirish
masalasiga aloxida e’tibor berilmoqda. Standartlar bemorga
ко ‘rsatiladigan tibbiy yordamning ко ‘rinishi vahajmini aniqlab olish
uchun zarurdir. Ular tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari
holatlarida o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertizalarda
tibbiy yordamning to‘g‘riligi, asoslanganligi, to‘laqonligi va o‘z
vaqtida ekanligi kabi masalalami hal etish uchun juda muhimdir.
Sog‘liqni saqlash tizimida standartlashtirish davolash
sifatini boshqaruvi bo‘yicha xalqaro tamoyillariga asoslanishi
lozim. U tibbiy yordam ko‘rsatishning turli bosqichlarida uslubiy
nomutanosibliklarvatibbiyxodimlarharakatidaginomuvofiqliklami
bartaraf etish orqali izchillikka erishish imkonini beradi. Shu bilan
birga standartlar tibbiy xodimlami ulaming talablariga mexanik
tarzda rioya etishga undamasligi lozim. Har bir holatda tibbiy
yordam ko‘rsatishga vrach ijodiy munosabatda bo‘lib, daliliy
143
tibbiyot tamoyillari asosida umum tomonidan qabul qilingan
standartlarga qo‘shimcha va o ‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlariga
ega bolishi lozim (P. R. Menliqulov, D. A. Asadov, 2005).
“Daliliy tibbiyot” yoki “dalillarga asoslangan tibbiyot”
atamasi ilk bor o‘tgan asming 90-yillari boshlarida Mak Master
universitetining bir guruh kanadalik olimlari tomonidan taklif
etilgan. Keyinchalik vujudga kelgan bir qancha tavsiflaming
mavjudligiga qaramay, 1996 yilda D. Sackett tomonidan taklif
etilgan tavsif: “Daliliy tibbiyot - aniq bir bemomi davolash
uchun klinik amaliyotning eng yaxshi natijalarini tanlab, ulardan
vijdonan, ishonchli va anglagan holatda foydalanish” nisbatan
keng tarqalgan. Bu bemorning manfaatlari yo‘lida foydalanish
uchun izlanish, taqqoslash va olingan dalillami keng tarqatishni
anglatadi. Daliliy tibbiyot vrachning individual klinik tajribasini
tizimga solingan eng yaxshi va mustaqil klinik tekshiruvlar bilan
uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi. Daliliy tibbiyot tamoyillarining
sog'liqni saqlash tizimiga tadbiq etilishi tibbiy yordam sifatini ham
xavfsizlik, samaradorlik, va, eng muhimi, qiymati nuqtai-nazardan
ham takomillashtirish imkonini beradi (D. A. Asadov, 2004).
Daliliy tibbiyot tamoyillariga asoslangan klinik amaliyot
bo‘yicha zamonaviy qoilanmalam i ishlab chiqish va tadbiq
etish tibbiy yordam sifatini oshirishning muhim shartlaridan
biridir. 2002 yilda JSST tomonidan klinik qoMlanmalar ishlab
chiqish metodologiyasi tayyorlangan. Shu yilning o ‘zida Klinik
qo‘llanmalar ishlab chiquvchilaming xalqaro tizimi - Guidelines
International Network (GIN) tashkil etilib, uning asosiy vazifasi
xalqaro hamkorlik asosida klinik qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha
dasturlar tuzish orqali ko'rsatilayotgan tibbiy yordamning sifatini
oshirishdan iboratdir.
Tibbiy yordam nuqsoni (TYON) huquqiy tushuncha bo‘lmay,
keng ma’noda umum tomonidan qabul qilingan qoida, yo‘riqnoma,
qo‘llanma, nizomlar talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada
bajarmaslik natijasida noxush oqibatlarga olib kelgan yoki olib
kelishi mumkin bo‘lgan holatlami anglatadi. Jinoiy huquq nuqtai-
144
nazaridan TYONga tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan va
sababiy bogiiqlikda bo‘lgan noxush oqibatlami vujudga keltirgan
nuqsonlar inobatga olinadi.
Tibbiy xodimlar harakatlarini obyektiv baholash uchun
takomillashtirilgan kompleks yondoshuvning bo‘lishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai-nazardan tibbiy yordam nuqsoning
mohiyati, vujudga kelish sababi, shuningdek kasallik yoki jarohat
oqibatiga ta’siri darajasini aniqlashni ko‘zda tutuvchi TYON
tasnifidan foydalanish dolzarb hisoblanadi (1 jadval).
Bunday yondoshuv nafaqat tibbiy xodimlar harakatlarini
baholash maqsadida
o‘tkazilayotgan komission
sud-tibbiy
ekspertizalar jarayonida, balki davolash-profilaktika muassasalari,
sog‘liqni saqlash idoralari, professional assotsiatsiyalar, sug‘urta
kompaniyalari komissiyalari tomonidan o‘tkazilayotgan idoraviy
va noidoraviy tekshiruvlar o ‘tkazishda ham ahamiyatlidir. Qayd
etilganlar tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tibbiy xodimlar
tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni baholash bo‘yicha
tuzilgan turli komissiyalar ishida lozim bo‘lgan ketma-ketlik va
izchillikni ta’minlaydi, ulaming faoliyatidagi nomutanosiblik,
qarama-qarshliklami bartaraf etadi.
Tibbiy yordam nuqsonlari qayd etilganda dastlab ulaming
mohiyatiga, ya’ni yo‘l qo‘yilgan kamchilikning mohiyati,
mazmuniga aniqlik kiritish lozim. Ushbu belgi bo ‘yicha nuqsonlami
to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: diagnostika, davolash, profilaktika
va boshqa nuqsonlar.
Birinchi guruhga - tashxisotdagi nuqsonlarga asosiy kasallik
(jarohat)ni aniqlamaslik, asosiy kasallik (jarohat) asoratini
aniqlamaslik, muhim xamroh kasallikni aniqlamaslik, kech tashxis
qo‘yish, va tashxisotdagi boshqa nuqsonlar taalluqli.
Davolashdagi nuqsonlar kechikib shifoxonaga yotqizish,
jarrohlik usulida davolashdagi kamchiliklar, tibbiy muolajalami
tayinlash va o‘tkazishdagi xatoliklar, tug‘ruqni noratsional olib
borish, dori-darmonlardan noto‘g‘ri foydalanish va davolashdagi
boshqa nuqsonlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
145
Profilaktikadagi nuqsonlar belgilangan sanitar me’yorlar,
qoidalami buzish, immunoprofilaktikadagi kamchiliklar va
profilaktikadagi boshqa nuqsonlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi guruhga - davolashdagi boshqa nuqsonlarga
transportirovka qoidalarini buzilishi, dispanser kuzatuvidagi
kamchiliklar, tibbiy hujjatlarni yuritishdagi xatoliklar va boshqa
nuqsonlar taalluqli.
TYON yo‘l qo‘yilgan joy bo‘yicha uch guruh farqlanadi:
shifoxonagacha bo‘lgan bosqich, shifoxona bosqichi va boshqa
muassasalar.
Shifoxonagacha bo ‘lgan bosqichga qishloq vrachlik punktlari,
tuman, shahar poliklinikalari, viloyat tashxisot markazlari, turli xil
statsionar muassasalaming poliklinika bo‘limlari, tez tibbiy yordam
va harbiy qismlardagi lazaretalar kiradi.
Shifoxona bosqichidagi muassasalarga: markaziy tuman va
shahar shifoxonalari (shu jumladan tug‘ruq bo‘limlari), viloyat
ko‘p tarmoqli markazlari, shifoxonalari, dispanserlari; klinik
shifoxonalar; shoshilinch tibbiy yordam tuzilmalari; tibbiy-
sanitariya qismlar; harbiy gospitallar kiradi.
Uchinchi guruhga sanatoriy-kurort muassasalari, bolalar
uylari, uydagi statsionar, qon quyish xizmati, TMEK, sog‘liqni
saqlashning nodavlat tizimi muassasalari xos.
Tibbiy xodimlar faoliyatidagi kamchiliklarga huquqiy baho
berish uchun TYON sabablarini aniqlash alohida ahmiyatga
ega. Binobarin, amaldagi qonunchilikka, jumladan 0 ‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, “Sud ekspertizasi
to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq
ekspertiza xulosasida huquqbuzarlik sabablari va uni vujudga
kelishiga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ulami bartaraf
etish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatilishi mumkin. Demak, TYON
sabablarini aniqlash nafaqat yo‘l qo‘yilgan nuqsonni obyektiv
baholash uchun, balki bu kabi holatlami kelgusida barataraf etish
uchun maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ham muhim
ahamiyatga ega.
Jadval.
T
ib
bi
y
yo
rd
am
n
u
q
so
n
la
ri.
Dostları ilə paylaş: |