Zararni qoplash bo‘yicha da’vo muddati
Da’vo muddati - shaxs o ‘zining buzilgan huquqini da’vo
qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.
Haqiqatdan ham, uzoq muddat o‘tgandan so‘ng bahsli holatlami
to‘g‘ri hal etish imkoniyatlari cheklanadi. 0 ‘zRFK 150-moddasiga
muvofiq, umumiy da’vo muddati - uch yil.
Da’vo muddati shaxs o ‘zining huquqi buzilganJigini bilgan
yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o ‘ta boshlaydi. Muayyan ijro
muddatiga ega bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati ijro
muddati tugagandan so‘ng о 4a boshlaydi ( 0 ‘zR FK 154-modda).
Shu bilan birga qonun da’vo muddatini hisoblash bilan bog‘liq
bo‘lgan alohida holatlami ko‘zda tutadi.
Shartnoma asosida tibbiy yordam ko‘rsatish
So‘nggi yillarda, ayniqsa sogiiqni saqlashning xususiy
tizimida shartnoma asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti keng
tarqalmoqda.
Fuqarolik qonunchiligigi muvofiq ikki yoki bir necha
shaxsning (jismoniy, yuridik) fuqarolik huquqlari va burchlarini
vujudga keltirish, o ‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuv
shartnoma deyiladi ( 0 ‘zR FK 353-modda). Fuqarolar va yuridik
shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma ko‘zda
tutilgan,
shuningdek qonunda ta ’qiqlanmagan harakatlami
bajarish maqsadida ham tuzilishi mumkin. Shartnoma tuzishga
majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan
holatlar bundan mustasno ( 0 ‘zR FK 354-modda). Demak, nafaqat
shartnoma, balki uning huquq va majburiyat ko‘rinishidagi
mazmuni ham tomonlaming erkin ixtiyorini aks ettirish lozim.
Shartnoma bo‘yicha taraf o ‘z burchlarini bajarganligi uchun
haq olishi yoki unga boshqa muqobil to ‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa,
bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo‘ladi. Aks
holda shartnoma haq talab etmaydigan deb hisoblanadi ( 0 ‘zR FK
355-modda).
Turli xil, shu jumladan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda haq
evaziga shartnoma tuziladi. Bunga muvofiq ijroji buyurtmachining
topshirig4iga bilan ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan xizmatni
bajarish (muayyan harakatlami qilish yoki muayyan faoliyatni
amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to'lash
majburiyatini oladi ( 0 ‘zR FK 703-modda).
Buyurtmachi o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini haq
evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda
va tartibda to‘lashi shart. Agarda ijrochi na o ‘zi na buyurtmachi
aybdor bo‘lmagan holda (masalan, tasodifiy holatlar vujudga
kelgani sababli) xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi
ijrochiga uning harajatlarini to‘lashi shart, bunda ijrochining xizmat
(xizmatlar) ko‘rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki
olishi mumkin bo‘lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining
aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda,
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada bashqacha tartib nazarda
tutilgan boim asa, xizmatlar bahosi butunlay to‘lanishi kerak ( 0 ‘zR
FK 705-modda).
Ijrochi haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini
umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan
zararni buyurtmachiga batamom to‘lashi shart, lekin bu to‘lov
shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki
baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas ( 0 ‘zR FK 706-modda).
Qonun haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor
qilish imkonini beradigan ma’lum bir holatlarni nazarda tutadi.
Xususan, buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom
to‘lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini
bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybi
tufayli bekor qilingan holatlar bundan mustasno.
Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga
etkazilgan zaraming hammasini to‘lash sharti bilangina haq evaziga
xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli,
shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan
mustasno ( 0 ‘zR FK 707-modda).
|