qilib, tibbiy yordam lozim darajada ko‘rsatilmagan holatlaming
barchasi, shu jumladan bemorga qo‘pollik, hurmatsiz munosabatda
bo‘lish, shifokor sirlarini oshkor etish moddiy zarar etkazishdan
qat’iy nazar, ma’naviy zarami qoplash uchun asos boMishi mumkin.
So‘nggi yillardagi fuqarolik sudlov amaliyoti tibbiy
xodimlar va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq ma’naviy zarami
qoplash haqidagi da’vo arizalari
asosan fuqarolar tomonidan
berilayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, tibbiy xodimlar
va muassasalar ham fuqarolik huquqi subyekti maqomiga, fuqarolik
huquqi layoqatiga va fuqarolik muomala layoqatiga ega bo‘lib, ular
ham o‘zlarining mulkiy va nomoddiy ne’matlarini himoya qilishda
jismoniy yoki yuridik shaxslar kabi barcha huquqlarga egadir.
Taassufki, tibbiy xodimlar va muassasalarning ushbu huquqlaridan
foydalanishi amalda kamyob holat.
Tibbiy xodimlar amaliyotda moddiy va ma’naviy zararlami
qoplash bilan bir qatorda fuqarolik
huquqi sohasidagi yana bir
muammo - bemorlaming vasiyatnomalariga guvohlik berish
holatlari bilan ham to ‘qnashishi mumkin. Jumladan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1126-moddasiga muvofiq,
kasalxonalar,gospitallarvaboshqastatsionardavolashmuassasalarida
davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashab turgan
fiiqarolaming ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash
muassasalarining bosh vrachlari, ulaming davolash ishlari bo‘yicha
o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, shuningdek gospitallaming
boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari yoki
bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan
vasiyatnomalar notarial
tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladilar.
Dostları ilə paylaş: