Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Individual va jamoa mehnat shartnomalari



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Individual va jamoa mehnat shartnomalari
Ishga qabul qilish vaqtida mehnat shartnomasi tuziladi. 
Mehnat shartnomasi mohiyati bo‘yicha xodim va ish beruvchi 
o ‘rtasida ma’lum bir mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni 
ichki mehnat tartibiga, shuningdek mehnat to ‘g‘risidagi qonunlar 
va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq 
evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasini tuzish 
haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, 
lavozimga saylanish va boshqalar) b oiishi mumkin ( 0 ‘zR MK 
72-modda).
Mehnat shartnomasida quyidagilar belgilangan bo ‘ lishi lozim: 
xodimning ish joyi; xodimning mehnat vazifasi - mutaxassisligi, 
malakasi, lavozimi; ishning boshlanish vaqti; mehnat shartnomasi 
muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati; mehnat 
haqi miqdori va boshqa shartlar. Alohida ta’kidlash lozimki, mehnat 
shartnomasini tuzish vaqtida xodimlarning qonunlar va boshqa 
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari 
darajasi pasaytirilishi mumkin emas ( 0 ‘zR MK 73-modda).
Mehnat shartnomalari nomuayyan muddatga, besh yildan 
ortiq boim agan muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish 
vaqtiga m oijallab tuzilishi mumkin. Agarda mehnat shartnomasida 
uning amal qilish muddati ko‘rsatiImagan boisa, mehnat 
shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. 
Qonunchilikka muvofiq nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat 
shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek 
muayyan ishni bajarish vaqtiga m oijallab qayta tuzilishi mumkin 
emas ( 0 ‘zR MK 75-modda).
Ishga qabul vaqtida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: pasport 
yoki uning o‘mini bosadigan boshqa hujjat; mehnat daftarchasi 
(birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno); 
harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma
oliy yoki o ‘rta maxsus o ‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g ‘risidagi 
diplom yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma


yoki qonunchilikka mos tarzda m a’lum bir ishni bajarish imkonini 
beradigan maxsus m a’lumot yoki maxsus tayyorgarlikdan 
o‘tganligi haqidagi hujjat. 0 ‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan 
shaxslar mehnat daftarchasi o ‘rniga asosiy ish joyidan olingan 
ma’lumotnomani taqdim etadi ( 0 ‘zR MK 80-modda).
Qator holatlarda ishga qabul qilishdan oldin dastlabki sinov 
belgilanishi mumkin. Ushbu sinov xodimning topshirilayotgan 
ishga layotqatliligini tekshirib ko‘rish, xodim mehnat shartnomasida 
shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi 
haqida bir qarorga kelishi uchun о ‘tkaziladi. Mehnat qonunchiligiga 
muvofiq ayrim holatlarda dastlabki sinov belgilanmaydi (homilador 
ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolar ishga qabul qilinganda 
va boshq.) ( 0 ‘zR MK 84-modda). Dastlabki sinov uch oydan ortiq 
bo‘lmagan muddatga belgilanadi ( 0 ‘zR MK 85-modda).
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf 
ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat 
shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Agarda dastlabki sinov 
muddati qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini 
bekor qilishni talab qilmagan bo‘Isa, shartnomaning amal qilishi 
davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda 
yo‘l qo‘yiladi ( 0 ‘zR MK 87-modda).
Korxona kasaba uyushmasi о ‘ z vakillik organlari yoki bevosita 
jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) ish beruvchi bilan 
jamoa shartnomasini tuzish zaruriyati haqida qaror qabul qilish 
huquqiga ega.
0 ‘zR MK 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi 
korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, 
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlami tartibga soluvchi 
normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomasi tuzishning asosiy tamoyillari 0 ‘zR MK 
30-moddasida keltirilgan. Ular quyidagilar:
qonun hujjatlari normalariga rioya qilish; 
taraflar vakillarining vakolatliligi;


jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi 
masalalami tanlash va muhokama erkinligi; 
majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
olinayotgan maj buriyatlarning haqiqatda baj arilishini ta’minlash; 
tekshirib borishning muntazamligi; 
javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasining tomonlari bo‘lib kasaba uyushmalari 
yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari, ikkinchi 
tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar 
hisoblanadi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi 
taraflar tomonidan belgilanadi. Jamoa shartnomasiga mehnatga 
oid, ijtimoiy, iqtisodiy, kasbga oid va boshqa masalalar borasida 
taraflaming o ‘zaro majburiyatlari kiritiladi.
Jamoa shartnomasida muassasaning iqtisodiy imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan qonunlar va 
boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan m e’yorlar va 
qoidalarda ko‘rsatilganga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari 
va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta ’tillar, pensiyalarga 
ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat 
safari harajatlari uchun kompensatsiyalar va boshqa qo‘shimcha 
imtiyozlar).
Basharti amaldagi qonunlarda me’yoriy tusdagi qoidalar 
jamoa shartnomasida mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita 
ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa shartnomasiga 
kiritiladi ( 0 ‘zR MK 37-modda).
Jamoa shartnomasining loyihasi muassasaning tuzilmalarida 
xodimlar tomonidan muhokama qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar 
hisobga olingan holda takomiliga etkazilgandan so‘ng mehnat 
jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferentsiyasi) muhokamasiga 
qo‘yiladi.
Jamoa shartnomasining amal qilish muddati taraflar 
tomonidan belgilanadi va belgilangan muddat tugagach, yangi 
shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‘zgartirguncha, 
to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin